Adabiy afsonalar janrining dolzarbligi



Yüklə 42,5 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#116434
Adabiy afsonalar janrining dolzarbligi


Adabiy afsonalar janrining dolzarbligi

Folg’klor o‘zining muhim tomonlari bilan ijodkor uchun har jihatdan e’tiborli va qimmatli ekanini qadimiy va hozirgi zamon adabiyoti tajribalari ko‘rsatib berdi. O‘zbek yozuvchilari folg’klor asarlarini chuqur o‘rganib borganlari va undan ijodiy foydalanganlari sari folg’klor va yozma adabiyotning o‘zaro munosabati tobora takomillashib o‘z samarasini bera boshladi. Xalq og‘zaki ijodi yozuvchi va shoirlarning g‘oyaviy-badiiy jihatdan o‘sishida, uslub xilma-xilligini yaratishda katta ijodiy maktab bo‘lib qoldi. Yozma adabiyotda o‘z ifodasini topgan folg’klor syujetlari va motivlari yozuvchi mahorati tufayli qayta sayqal topib, original asar sifatida yozma adabiyot mulkiga aylandi. So‘z san’atining bu ikki shakli o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tarixi juda qadim zamonlarga, ya’ni yozma adabiyotning yuzaga kelish davrlariga borib taqaladi.


Qadim zamonlardan har bir davr ijodkorlari ertak mavzularidan foydalanib keladilar. Ko‘hna SHarqda Abulqosim Firdavsiy, Rudakiy, Nizomiy, Jomiy, Navoiy bedil, Fuzuliy, Berdaq, Gulxaniy, Muqimiy kabi buyuk siymolar o‘z ijodxonalarida xalq og‘zaki ijodidan oziqlanib, ajoyib samaralarga erishdilar, o‘lmas obrazlar yaratishda folg’klor xazinasidan qanday ta’lim olish, nimalarni o‘rganishning ibratli tajribalarini berdilar.
XX asr yangi o‘zbek adabiyotining chinakam xalqchilligi va yuksak badiiyati uchun kurashgan, uning mustahkam poydevorini qurishda jonbozlik ko‘rsatgan Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Fitrat, H.H.Niyoziy xalq og‘zaki ijodi materiallarini qayta ishlashda ibrat bo‘larli o‘ziga xos maktab yaratishdi. G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemir, Maqsud SHayxzoda, Sulton Jo‘ra singari o‘zbek yozuvchilari bu maktab an’analarini o‘ziga xos yo‘lda izchil rivojlantirdilar.
Hozirgi adabiy jarayonda ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlarimiz ham ba an’analarni davom ettirishmoqda. 9 So‘z san’ati bilan xalq og‘zaki ijodining o‘zaro ta’siri va munosabati xususida so‘z borganda, san’atkorning folg’klor asarlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasligi, ularga taqlid qilmay, o‘z ijodiy niyati, uslubi, qarashi jihatidan yondashishi ko‘zda tutiladi. Bevosita folg’klor syujetlari asosida yaratilgan adabiy ertaklar (ertak-dostonlar, ertakshe’rlar) va xalq ijodi poetikasiga suyanib yaratilgan folg’klor motividagi asarlar haqida fikr bildirilsa, yuqorida ta’kidlangan asarlarda, xalq ijodidagi o‘zaro yaqin va ohangdosh bo‘lgan syujetlarning tahliliga alohida o‘rin beriladi. Agar Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida, asosan, “Malikai Husnobod” ertagi syujetiga asoslangan va boshqa yaqin xalqlarning shu motivdagi ertaklariga suyangan bo‘lsa, “Semurg‘” ertak-dostonida shoir konkret bir xalqning ertagini asos qilib olmaydi, balki unda aql bovar qilmaydigan qahramonliklar haqida hikoya qiluvchi “Kenja botir” ertagi, yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytaruvchi Semurg‘ haqidagi SHarq xalqlari ertaklari va boshqa folg’klor asarlari, chunonchi, “Zevarxon” dostonining syujet yo‘nalishidan foydalanadi. Masalan, parizodning shartiga binoan yovuz devni yengish yo‘lidagi Bunyodning sarguzashtlari beixtiyor Kenja botirning sarguzashtlarini eslatadi. Agar Kenja botirning mushkullarini oson qilgan uchar ot bo‘lsa, Bunyodning butun sinovli hayoti davomida Semurg‘ qush hamkor va madadkor bo‘ladi. parizod qo‘ygan shartlar ertak va dostonlardagi, masalan, “Alpomish” dostonidagi Oybarchin shartlarini eslatadi. Lekin shoir, folg’klor asarlaridan farqli o‘laroq, shoh oilasida tarbiya topgan parizodni o‘z va’dasida turmaydigan, mardlik va vafoning qadriga yetmaydigan takabbur shoh qizi sifatida tasvirlaydi. SHoir folg’klor asarlaridagi shart qo‘yish pryomidan uning salbiy xususiyatlarini ochish maqsadida foydalanadi. Aslini olganda, parizod tomonidan qo‘yilgan shartlar asar syujetini harakatga keltiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Natijada voqealar birin-ketin bog‘lanib ketadi. Sinov shartlari esa yozuvchining qo‘lida voqea rivojining kaliti bo‘lib xizmat qiladi. SHoirlar ertak-dostonlarni yaratishda xalq ertaklari mazmunini she’riy yo‘l bilan qayta hikoya qilish yo‘lidangina borganlari yo‘q. Ular o‘z ertaklaridagi badiiyatni yuksaltirishda, fikrlarini dalillashda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan eng zarur voqea va syujetlarni, tasvirlash usullarini saralab oldi va ulardan mohirlik bilan foydalandi. 10 Ular folg’klor asarlaridagi eng ko‘p tasvir usullarining yozuvchi badiiy fantaziyasini boyitishi mumkinligini o‘z ijodlari misolida yaqqol ko‘rsatishdi. SHuni ham ta’kidlash zarurki, har bir yozuvchining folg’klordan oziqlanish printsipi turlicha va o‘ziga xosdir. Agar Hamid Olimjon adabiy ertak (ertak-doston) larida folg’klor asarlarining shakli, obrazlari, mubolag‘ani tasvirlash usullari, obrazlar talqinini saqlashga moyillik sezilsa, Oybek dostonlarida folg’klor namunalarini o‘z ijodiy labaratoriyasida shunday qayta ishlaydiki, natijada asarda folg’klor materiallarining mazmuni va ruhigina saqlanib qoladi (“O‘ch”, “Baxtigul va Sog‘indiq” dostonlari). Folg’klor motivlari asosida, uning ta’sirida yaratilgan epik asarlar orasida ertakdostonlar keng o‘rin egallaydi. Agar Zafar Diyor boshqird xalq ertaklari syujeti asosida “Burgut” she’r-ertagini yaratgan bo‘lsa, o‘zining tarbiyaviy mavzudagi bir ertak-dostonini “Yangi ertak” deb ataydi. Bularda shoir voqeani hikoya qilish, fikrni ifodalashda xalq ertaklari shakli va tasvir usulini qo‘llaydi. Bu o‘rinda tojik xalq ertagi asosidagi “Zangori gilam”, “Qaldirg‘och”, “Jannat ” nomli yangi ertaklarni (shoirning o‘zi alohida ta’kidlaganidek, bular chindan ham Yangi mazmundagi ertaklardir) yaratgan Sulton Jo‘raning izlanishlari ham xarakterlidir. Bularda shoir ertaklardagi tasvir uslubi va poetik vositalardan unumli foydalanadi. Masalan, u “Qaldirg‘och” ertak-dostonida tasvirni ertaklardagiday boshlab, o‘quvchini bevosita voqea tafsiliga olib kiradi.: SHu qushlar orasida, Atlasning qorasiday, Har qanoti qush kabi, Otilganda tosh kabi – Bir qaldirg‘och bor edi To‘shchasi chipor edi. SHoir o‘zining “Zangori gilam” adabiy ertagida folg’klor motivida original epik asar yaratishning yorqin namunasini ko‘rsatdi. Ertak ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda xalq o‘rtasida keng tarqalgan shu nomli ertak syujetidan keng foydalanilgan. Asar voqeasi xalq ertaklaridagidek: Bor ekanda, yo‘q ekan, 11 Och ekanda, to‘q ekan, – zaylida boshlanadi. SHoir xalq ertaklari bilan qorishib ketgan oddiy syujet zaminida xalqimizning asrlar bo‘yi orzu qilgan ezgu niyatlari amalga oshganini kishilarning sevinch va shodlik kayfiyatlarida ifodalaydi. Ma’lumki, ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixida ko‘plab ijodkorlar xalq ertak va dostonlari bilan bir qatorda, afsona va rivoyatlarga ham murojaat qilib kelishgan. Birgina so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodining o‘ziyoq bu fikrimizga misol bo‘la oladi. Yozma adabiyotning turli janrlarida maydonga kelgan asarlarga asos bo‘lgan manbalardan biri Aleksandr Makedonskiy haqidagi afsonalardir. Uning haqida G‘arb va SHarq mamlakatlarida juda ko‘p tarixiy va badiiy asarlar bitilgan. Aleksandr Makedonskiy obrazi uni bo‘rttirib izohlovchi, ilohiylashtiruvchi uydirma va to‘qima ta’riflar orqali keng tarqalgan. Bu xil hangomalar esa turli afsona va rivoyatlarning yuzaga kelishiga turtki bergan. Bu tarixiy manba va afsona-rivoyatlar jahon xalqlarining og‘zaki va yozma ijodida yaratilgan badiiy asarlarga asos va turtki bo‘lgan. SHu jumladan, shoh Iskandar mavzui SHarq klassiklarining “Xamsa”larida ham o‘z tasvirini topgan. SHunday qilib, xalq ijodi va tarixiy manbalar asosida yaratilgan Iskandar haqidagi badiiy asarlar har bir yozuvchining o‘z ideali, dunyoqarashi bilan izohlanadi. Mumtoz adabiyotimiz vakillari Iskandarga bag‘ishlangan dostonlarida o‘tmish voqealari orqali o‘z zamonining dolzarb muammolarini aks ettirishga muvaffaq bo‘ldilar. Folg’klor syujetlaridan yana biri shoxli Iskandar haqidagi ertak-afsona bo‘lib, u G‘arbda ham, SHarqda ham turli millat vakillari o‘rtasida keng tarqalgan. Ertak mazmunicha, Iskandarning boshida shoxi bor emish, u buni sir tutadi. SHuning uchun sochini olgan har bir sartaroshni qatl etadi. Bora-bora sartaroshlar soni kamayib, so‘nggisi kelganda, shoh sirni fosh etmaslik sharti bilan uni omon qoldiradi. Qat’iy so‘z bergan usta bu sirni hech ichiga sig‘dira olmay, quduqqa aytadi. Davrlar o‘tib, u yerlar qamishzorga aylanadi. Bu qamish-an nay yasab chalgan cho‘pon sirdan ogoh bo‘ladi. SHu tarzda sir oshkor bo‘ladi.
Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin