«Mini test», «Blits-so‘rov», «Blits-testlar», «Kichik guruhlarda ishlash», «Muammoli vaziyatni o‘rganish», «Test-ekspress», «Debatlar», «Rezume» texnologiyalari kabi o‘nlab zamonaviy metodlarni foydalangan holda darslarni tashkil etish o’quvchilar bilim saviyasining oshishi uchun xizmat qiladi.
“Kim nimani yaxshi ko’rar?” maqolasini o’qitishda “Klaster” usulidan foydalanish mumkin. Bunda o’qituvchi sinf xattaxtasiga yoki maxsus qog’ozga quyidagi chizmani ko’rsatishi
Bu orqali o’quvchilarda maqolada keltiriladigan shaxslar haqida tushuncha hosil bo’ladi, ularning ta’rifiga e’tiborlari ortadi. Shundan so’ng esa maqolani “zanjir” usulida o’qitilishi maqbuldir.
Dars jarayonida “tanlab o’qish”ning ham samarasi yaxshi bo’ladi. Chunki o’quvchilar bunday o’qish jarayonida o’quvchilardan sinchkovlik va katta e’tibor talab qilinadi.
Bu esa shubhasizki, mavzu bo’yicha beriladigan bilim sifatini yanada oshiradi. “Tanlab o’qish” uchun o’qituvchi yo’naltiruvchi vazifasini o’tashi ayni muddaodir, chunki shunda o’quvchilar o’rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelishining oldi olinadi.
Masalan, o’qituvchi bir o’quvchiga maqoladagi eshonlar haqidagi fikrni o’qing deb aytsa,
“Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh o’rnig’a to’ylarda to’n kiyub ko’p oshab, ko’p uxlashni yaxshi ko’rurlar”
Ikkinchi o’quvchiga maqoladagi tabiblar haqidagi fikrni o’qing deyishi mumkin: “...
dolchin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha qutisida yo’q narsalardan murakkab doru va ma’junlar yasab, bechora nodon xalqni pulini lishni yaxshi ko’rurlar”.
Ana shu tariqa maqoladagi boshqa shaxslar ta’rifiga ham o’quvchlarni yo’naltirish orqali ularga maqolaning mohiyatini aniqroq tushuntirishimizning imkoni yaratiladi.
Ushbu maqola o’rgatilayotgan dars jarayonida o’quvchilar guruhlariga alohida-aohida topshiriq berishning ham anchayin afzal tomonlari bor. Chunki bunda guruhlardagi o’quvchilarga izlanuvchanlik talabi ortadi. Misol tariqasida,
1-guruhga: maqoladagi diniy nom va qarashlarni topib,
daftaringizga yozing;
2-guruhga: maqoladagi oilaga oid joylarni topib, daftaringizga yozing;
3-guruhga: maqoladagi ilmga xos nomlar va ta’riflarni topib, daftaringizga ko’chirib yozing.
Bunday tarzda mashqlar bajartirish o’quvchilarning darsga qiziqishlarini orttirishi tabiiy. Shuning uchun ham darslar
jarayonida bu kabi usul, metod va topshiriqlardan foydalanish orqali darsning sifati va samaradorligi ortadi.
Maqola bir qator oqib chiqilgandan so’ng darsning mustahkamlash qismida “tezkor savol javob”dan foydalanish ham mumkin. Bunda
Eski zamonlarda insonlar qanday yashaganlar?
Ular kelgusi avlod uchun qanday yodgor qoldirganlar?
Maqoladagi qadimiy tasvirlardan misol keltiring.
Ijodkor sanoye nafisaga qo’yilgan ilk qadam sifatida nimani ko’radi?
Sanoye nafisaga keying qadamlar haqida fikr bildiring.
Sanoye nafisaning adabiyot davri haqida gapiring.
Tor qanday paydo bo’lgan?
Ijodkor fikricha, eng ruhlik san’at qaysi?
Darsni yana
“Zig-zag” usulidan foydalanib ham davom ettirish mumkin.
O’quvchilarga savollar varaqalari tarqatiladi. Varaqalarning birinchi tomonida savollar yozilgan bo’ladi, ikkinchi tomonida esa javoblar bo’ladi. Lekin javob old tarafdagi
savolning javobi emas, boshqa savolning javobi bo’ladi. Savolni olgan o’quvchi savol bilan barchani tanishtiradi. Shu savolning javobi kimning savol varaqasining orqasida bo’lsa shu o’quvchi javob beradi. Javob bergan o’quvchi o’z savolini o’qiydi. Bu savolning javobi kimda bo’lsa u javob beradi. Dars shu tarzda davom ettiriladi. Bu usulda savol-javob o’tkazishda zig-zag shakli hosil bo’ladi.