JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–18_Issue-1_December_2022 120 — Polshada silez tili, ukrainlarda rusin tili, Latviyada latgal tili shevami, alohida
tilmi — siyosiy bahslarga sabab bo‘ladi;
— italyan tili, kurd tili, aslida, bir-biridan uzoq ko‘plab tillardan tashkil topgan
birlashmalardir;
— rumin va moldavan tillari bir-biridan farq qilmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi;
— serb, xorvat, boshnoq, qoratog‘ (chernogor) tillari deyarli farqlanmaydi, lekin
alohida tillar hisoblanadi;
— bolgar, makedon, pomak tillari farqlanmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi.
Shunday qilib, tilshunoslikda til va sheva farqlanmaydi. Ilmiy tadqiqotlarda
terminologiyani tartibga solish uchun quyidagi tushunchalar qabul qilingan:
— yozma adabiy me’yoriga ega gapirish tipiga “til” atamasi qo‘llanadi;
— yozuvi yo‘q til “dialektal kontinuum” deyiladi;
— til yoki shevaligi noaniq gapirish tipi “idiom” deb yuritiladi.
Demak, til til bo‘lishi uchun, avvalo, uning yozma me’yori bo‘lishi kerak. Lekin
yozma me’yor so‘zlashuv tilidan uzoq bo‘lishi mumkin. Bu holda nima qilish kerak?
Tilning qaysi variantini “to‘g‘ri” deb qabul qilish lozim? Buning uchun, avvalo, adabiy
tilning
vazifalarini
tushunib
olishimiz
zarur.
Adabiy tilning vazifasi nima?
Adabiy til, avvalo, yozma tildir. Ba’zan uning og‘zaki versiyasi ham ishlab
chiqiladi, lekin doim emas. Yozma tilning asosiy vazifasi — turli uzoq-yaqin shevalar
vakillari tushunadigan umumiy me’yor bo‘lib, u fuqarolar manfaatiga xizmat qilish
lozim. Hamma hujjatni o‘z shevasida yozsa, bu xaos keltirib chiqaradi. Shunaqa
xaosning
oldini
olishga
adabiy
til
xizmat
qiladi.
Xitoyda adabiy tilning ahamiyati yanada muhimroq. Xitoy tilining shevalari bir-
biridan uzoq bo‘lib, amalda har biri alohida tilga aylanib bo‘lgan. Lekin xitoylarning
bari bir xil iyerogliflardan foydalanadi, belgilarni har xil o‘qib, bir xil tushunadi. Shu
bois iyeroglif yozuvini saqlab qolish Xitoy uchun favqulodda muhim siyosiy
ahamiyatga ega: xitoylar yozuvda bir-birini tushunadi, bu esa, o‘z navbatida, barcha
bir millatligi haqida tasavvur hosil qiladi (ya’ni ayirmachilikning oldini oladi).
Adabiy til qanday shakllanadi?
Vazifasidan kelib chiqib adabiy til shevalar asosida ishlab chiqiladi: u shevadan
bir nima, bu shevadan bir nima olinib, barchaga tushunarli umumiy shakl hosil qilinadi.
Shundan kelib chiqsak, adabiy me’yorni tilning “to‘g‘ri” varianti deb hisoblash
xatodir. Bu — shunchaki jamiyatga xizmat qilish uchun ishlab chiqilgan sun’iy
konstrukt. Uni “to‘g‘ri” deb hisoblash kerak emas. U tilning shartli, konkret vazifaga
ega shakli ekanini unutmaylik.
Buni bilsak, “yozma tildagi to‘g‘ri, shevadagi noto‘g‘ri” deb hisoblanishiga
hamda shevalarning adabiy tilga yaqinligi bo‘yicha iyerarxiyasi mavjud bo‘lishiga
chek qo‘ygan bo‘lamiz, ya’ni barcha shevalarning mavqeyi bir xil bo‘ladi. Bunday