Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

Aftidan, 
Allah 
Turkiyaning noshud hukumatini
jazolam oqchi b o ‘Igan shekilli, uni aqldan ozdirib qo'ydi
” (tarj. 
bizniki). 
Ibora, aslida, “Alloh bandasini jazolam oqchi bo‘lsa, 
avvalo, uni aqldan urib qo‘yadi” . Bu usul mantiqni nihoyatda 
kuchaytirishga, ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi.
Ommaviy-siyosiy matnlar garchi ilmiy-ommabop (OAV) 
matnlariga o ‘xshab ketsa-da, ulardan ko‘ra o ‘quvchi uchun 
tushunarliroq bo‘lishi bilan farq qiladi. Agar ommaviy axborot 
vositalaridagi 
matnlar 

nim a? ”, 
“qayerda?”,
",
qachon? ”
so‘rog‘iga javob bo‘lishi talab etilsa. ommaviy-siyosiy matnlar 
“nima uchun?”, “qanday?”,

nega? ”, “qanday qilib ? ”, “qanday
tarzda?”, 
“qanday 
m aqsadda?”
kabi 
savollar 
yechimini 
ta’minlashi lozim. Ayni mana shular o ‘quvchining asosiy e ’tiborini 
siyosiy fikrlararo ancha chuqur bogMiqlarga qaratadi. Lekin 
mualliflar savollardan har doim ham o ‘rinli foydalanavermaydilar. 
B a’zan matnda savollar qatorlashib ketadi, bundan mualliflar 
o‘quvchining diqqat-e’tiborini bir nuqtaga qaratish 
uchun 
foydalanadilar. Lekin bunday usul o ‘quvchi matnni idrok etishini
49


qivinlashtiradi. Savol o ‘rinsiz b o is a yoki muvaffaqiyatsiz chiqsa, 
ommabopligini y o ‘qotadi.
Mantiqiy ta’kid uchun terminlarni ajratib ko‘rsatish maqsadga 
muvofiq b o ia d i. Buning uchun termin kursivda, qora, qoramtir 
bo‘yoqlarda beriladi. Albatta, barcha terminlar emas, balki, 
mantiqiy urg‘u tushganlarigina shunday berilishi o^quvchiga asosiy 
e ’tiborni nimaga qaratish lozimligini anglatadi. Obrazli ifodalash 
ommaviy-siyosiy asarlarda ham uchraydi. Chunki quruq terminlar 
bilan bayon etish, fikrni ifodalash matnni o ‘quvchi uchun zerikarli 
b o iish ig a olib lceladi. Obrazli ifodalashga quyidagi hollardagina 
y o i qo‘yish mumkinligini muharrir doimo yodda saqlashi kerak:
1) o iin li b o isa . Bu - asaming turi, janri, maqsadiga ko‘ra
aniqlanadi;
2) obrazlilik vositasi savodli tanlangan b o isa . U obraz bilan 
uni yaratuvchi o ‘rlasidagi b o g iiq lik soxtalashtirilmasligi, y a ’ni 
zciT na-zo‘raki b o im aslig i kerak;
3) obrazli ifodalovchi vosita j'ordamida narsa, voqea, hodisaga 
berilayotgan tavsif aniq b o is a . Ommaviy-siyosiy asarda obrazning 
aniqligiga qo‘yiladigan talab narsa, hodisalar mohiyatini idrok 
etilgan ilm-fan yordamida ochib berilishiga imkon beradi;
4) obrazli ifodalash vositasi ijodiy (yangi) b o is a . Ommaviy- 
siyosiy asarlarda obrazli ifoda qolip (forma)ga aylangan vosita 
b o im aslig i kerak.
Xullas, 
ommaviy-siyosiy 
asarlar 
mafkuraviy, 
siyosiy 
mavzularda b o ia d i, ularda mafkura va siyosatga oid terminlar 
ko‘plab uchraydi. Shunga qaramay, ular ilmiy asarlardan farq 
qiladi. Agar ilmiy asarlar o ‘quvchiga sof ilmiy g ‘oyalar, 
qonuniyatlar, farazlar bilan tanishish imkonini bersa, ommaviy- 
siyosiy asarlar o ‘quvchining amaldagi mafkura va siyosat haqida 
tushunchaga ega qilishdan iborat. Bunga erishish uchun u 
tashviqiy, ta rg ib iy tavsifga ega bo iad i. Shu jihatdan ham u ikki 
maqsadga qaradladi. Birinchisi, muayyan mafkura va siyosatga 
ishontirish (tashviq), ikkinchisi, infonnatsiya berish, xabardor 
qilish (targ'ib). Terminlardan ham ana shu maqsadda foydalaniladi, 
ular ommaviylashtiriladi.
50


6-BOB. 0 ‘Q UV A D A B IY O TLA R ID A T E R M IN L A R N IN
B E R IL IS H I
• 
D arslik - adabiy tu r sifatida.
• 
0 ‘q u v adahiyoti ta h riri.
• 
D arslik lard a til va uslubning o‘rni va aham iyati.
l-§ . D arslik va q o ‘llan m alar - ad abiy o tning alohida tu ri
Darslik o ‘quv adabiyotlarining shunday turiki, unda ilm va 
madaniyatning zamonaviy darajasida muayyan sohaga oid bilimlar 
asosi tadrijiy ravishda bayon etiladi.
Darsliklar 
muayyan 
yoshdagi 
va 
ijtimoiy 
guruhlarga 
bcriladigan ta’lim va tarbiyaning maqsad liamda vazifasiga javob 
beradigan tarzda yaratiladi.
Darsliklar ta ’limning har bir bosqichi va ta ’lim muassasasining 
turiga 
m o‘ljallangan 
b o ‘ladi. 
Shunga 
ko‘ra, 
um um ta’lim 
maktablari, litsey, kollej, institut, universitetlardagi ta’limga 
m o‘ljallangan darsliklar rnazmun. mundarijasi, ilmiylik darajasiga 
ko‘ra farqlanadi.
Ikki bosqichli oliy ta ’lim tizimiga o ‘tilgandan so‘ng darsliklar 
differensiyasi yuz berdi. Endi bakalavriatura hamda magistratura 
bosqichida tahsil oluvchilar uchun darsliklar yangi avlodini 
yaratish boshlandi. Bugungi kun darsliklari uzoq tarixiy rivojlanish 
yo'lini bosib o ‘tgan. Uning tarixi Shumer loy taxtachalaridan 
boshlanadi. M iloddan 4,5 ming (bugungi kundan 6,5 ming) yil 
avval loy taxtachalarga darslik vazifasini o ‘tovchi matnlar bitilgan. 
Bitiklar ilmiy bilimlar tizimidan iborat b o ‘lib, undan darslik 
sifatida foydalanganlar. Ilk darsliklar bugungi kundagi geometriya, 
arifmetika deb atalmish fanlarning ibtidosi, bundan tashqari diniv 
ta'lim otga oid b o igan. Fanlarda tobora sohaviylashuvning yuz 
berishi natijasida geometriya, algebra, astronomiya, tilshunoslik, 
ritorika va b. dan darsliklar yuzaga kela boshlaydi.
Hozirgi zamon darsliklari fanning o ‘quv programmasiga qat’iy 
amal qilingan holda yaratiladi. Boshqacha aytganda, o ‘quv
51


programmasi darslik rejasi hisoblanadi. Har bir darslik qoidaga 
ko'ra, oliy ta ’lim vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etiladi.
0 ‘quv adabiyoti deganda, muayyan ta’lim tizimi sharoitida 
bilim berish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi nashriy asarlar majmui 
tushuniladi.
0 ‘quv adabiyotlarining mavzu doirasi shu qadar kengki, u 
barcha fanlarnigina emas, balki jamiyat amaliy faoliyatining ham 
barcha turini qamrab oladi. Aytish mumkinki, miqdoriy jihatdan 
o ‘quv adabiyotlar mamlakatdagi barcha nashrlarning uchdan bir 
qismini tashkil etadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, o ‘quv 
adabiyotlari qaysidir darajada ilm yoki amaliy faoliyat bilan 
bog:liqdir. Shunga ko‘ra, unda ilmiy va kasb-hunar yoki faoliyat 
sohasiga 
oid 
terminlar 
b o ‘lishi, 
tabiiy. 
Lekin 
o ‘quv 
adabiyotlarining maqsadi (vazifasi) ilmiy yoki ishlab chiqarish -
texnikaviy adabiyotiamikidan farq qiladi.
Q ‘quv adabiyotining vazifasi o ‘quvchiga o ‘quv fanini 
o'rgatish, butun ilmni emas. Fan, birinchi navbatda, o ‘zida ilmning 
asosiy qonunlari va usullarini aks ettiradi. Ularni bilish keyingi 
keladigan materialni o ‘zlashtirish imkonini beradi.
0 ‘quv adabiyoti faqat ta ’lim berish uchun emas, balki 
tarbiyaviy vazifani bajarish uchun ham xizmat qiladi. Quyidagilar 
uning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan bo‘1ib hisoblanadi:
o'quvchilarda fikrlash (mulohaza yuritish)ning muayyan 
shaklini rivojlantirish;
- muayyan estetik qarashlami yuzaga chiqarish;
- a n ’anaviy, milliy, axloqiy m e’yorlami o‘stirish;
- fahm-farosatli, didli, b o iish g a erishtirish va h.k.
0 ‘quv adabiyotining ilmiy adabiyotdan yana bir farqi 
shundaki, u mutaxassis boim aganlarga m oijallangan bo‘ladi. 
Ilmiy-ommabop adabiyotdan farqi esa muayyan fanga yaqinligi, 
bobning aniq tizim gaegaligi, materialni tushuntirishdagi o 'zigax o s 
usulida ko‘rinadi. Darslikdagi biror-bir mavzu (qism)ga ilmiy- 
ommabop asardagidan farqli o‘laroq, o ‘qituvchi tomonidan 
q o ‘shimchalar qilinadi.
52


Darslikdagi ilmiy terminlar ilmiy-ommabop adabiyotlardagi 
singari izohlanmaydi, muqobili bilan almashtirilmaydi. Ular 
matnda asl holicha beriladi va tushuntiriladi. 0 ‘quvchi ulami 
yodida mustahkam saqlashi uchun har bir qism, bob yoki fasldagi 
terminlar tayanch so‘z va birikmalar tarzida ayrimlangan qism 
boshida ro ‘yxat tarzida beriladi.
Bundan tashqari, darslik yoki o ‘quv q o ‘llanma so‘nggida 
umumiy holda, alifbo tartibida terminlar izohli lug‘ati ilova etiladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin