«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə201/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytilganini ko‘p ko‘rgansiz. O‘zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro musobaqalarda sportchimiz g‘olib kelib, bayrog‘imiz ko‘tarilganida, madhiyamiz yangraganini g‘urur va iftixor bilan kuzatgansiz. Faqat tantanalarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u — bizning davlatimiz ramzi, mustaqilligimiz ramzidir. U — dunyodagi qanchadan qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kelayotganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning so‘zlari muallifini bilasizmi? Uni yozgan Abdulla Oripov bo‘ladi.
Abdulla Oripov — bugungi o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan. Mashhur shoir, tarjimon, jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg‘ular uning «Onajon» she’rida juda samimiy ifodalangan. So‘ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.
Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi. To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi. She’rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo‘ldi. Dastlabki she'rlari o‘quvchiligida bosildi. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo‘ldilar.
Abdulla Oripov 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo‘limini tamomlaydi va nashriyotlarda islilaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi. Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish — manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o‘ziga qaratib oladi. Unga o‘z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
So‘ng o‘nlab kitoblari bosildi. Buyuk italyan shoiri Dantening «Ilohiy komediya» asarini juda katta mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qildi. Amir Temur haqida «Sohibqiron» nomli drama yozdi. O‘z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi. Ayni paytda, qanchadan qancha she’rlari xorijiy tillarga tarjima qilindi. Yurtimizdagina emas, chet mamlakatlarda ham dovruq qozondi. Uni XX asr jahon adabiyotining ko‘pgina vakillari tan oldilar.
Bugun Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi» matni muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oliy Majlis deputati. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat Mukofoti laureati. 1998-yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin