«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə209/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: She’riy kitoblar,
Foydalaniladigan adabiyotlar: A.Oripovning va “Saylanma”. E.Vohidovning “Saylanma” asarlari
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
Darsning rejasi:
a) She’riy kitoblar bilan tanishtirish
b) She’rlardan ifodali tarzda o’qish
c) Baxru-bayt o’tkazish
She’rlardan namunalar
Yana bahor keldi. Yana olamda

Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot.


Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!
Tashbih axtarmangiz ushbu g‘azaldan,

Naqd joyda nasiya ne kerak asli?


Ayon bir xislating bordir azaldan,
Seni atamishlar uyg‘onish fasli!
Yellar ham uyg‘ondi ishqalab kaftin,

Oftob ham yuksaldi — tik kelar quyosh.


Togiar ham yuk tashlab ko‘tardi kiftin,
Bezavol maysa ham silkitadi bosh.
Tarnovlar bo‘g‘zida lola ham ko‘rkam,

Terak uchlarida izg‘ir mavjudot.


Hattoki tuyg‘usiz, chirik xazon ham
Yashil po‘panakdan bog‘labdi qanot.
Hovliqma jilg‘alar chopar beega,
Qushlar qiy-chuviga to‘lmish dala, bog‘.
Sening visolingdan quvonmay nega,
Bahor, sog‘intirding axir ko‘p uzoq!
Yaldo kechasiday rutubatli qish

Soldi ruhimizga og‘ir bir surur.


Sen kelding, uyg‘ondi yana sho‘x olqish,
Yig‘lagan ko‘zlarga tushgan kabi nur.
Ha, mangu zavollik bo‘lmas olamda

To suyin socharkan abri naysonlar.


Men sizni eslayman ammo shu damda,
Manguga ko‘z yumgan aziz insonlar.
Azaliy hukmini o‘qidi hayot,

Necha bor samo ham ko‘mdi quyoshin.


Iqboli sajdagoh bo‘lganlar, hayhot,
O‘zlari tuproqqa qo‘ydilar boshin
O‘n oykim, so‘nmishdir u tanish na’ra.
Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.
Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,
O, surur kuychisi, dongdor zamondosh.
Hamsuhbat bo‘lmadim (kim edim zotan),

Tavob ham qilmadim gulshan makoning.


Lekin she’r bahosi muxlisgadir tan,
Qanday cheksiz edi ruhiy poyoning!
Bugun-chi, ne kezar o‘tli qoningda!

Evoh, unda na she’r, na may, na safo.


Bu qanday muloqot? Ne hol? Yoningda
Joy olmish o‘zga bir suyukli daho.
Beqiyos edi u she’r lochini!

Xayoli bamisli Ko‘ragoniydek.


Gar tarix evrilsa, shuhrat tojini
Unga kiygizardi Sulton Ulug‘bek.
Balxdan horib qaytgan Alisher misol

Endi to‘lg‘azgandi cho‘kkan dovotin.


Ketdi bir pok siymo, teran bir xayol,
Qoldirib dunyoda hech o‘chmas otin.
Baqo-yu bebaqo ayon buyuklik

O‘tdi so‘nggi damda bosh egib quyi.


Faqat bilganidan qolmas tiriklik,
Mana, gulga cho‘mmish Chig‘atoy bo‘yi
Bu sokin elda ham ivirsir bahor,

O‘chgan xotiralar chirog‘in yoqib.


Qarayman, qabrlar yastanmish qator,
Ma’sum binafshadan sirg‘alar taqib



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin