«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə198/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Qadim-qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar solib kelgan urushlar tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo‘lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qishloqlar kultepaga aylangan. Shuning uchun ham yuragida odamzodga mehr muhabbat bo‘lgan har qanday inson urushni qattiq qoralagan, hamisha unga qarshi chiqqan. Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa, olimlar, san’atkorlar, shoir-u yozuvchilarning xizmati kattadir. Chunki ular yaratgan asarlardan, ilgari surgan g‘oyalardan millionlab kishilar bahramand bo‘ladi.
Afsuski, fan-texnika rivojlanib, qurol-yarog‘lar takomillashib borgani sari urush qurbonlarining ham soni ortib, u keltirgan vayronkorliklarning ko‘lami kengayib bordi. Eng oxirgi - Ikkinchi jahon urushida ellik milliondan ortiq odam halok bo‘ldi.
Erkin Vohidovning «Nido» dostoni ham xuddi ana shu urush va u olib kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqidadir. Bu doston qisman avtobiografik xarakterga ega, ya’ni shoirning tarjimayi holi bilan bog‘liqdir. Chunki uning ayni qalam ushlab, savod chiqarish davri ana shu urush yillariga to‘g‘ri keladi.
Doston yigirma yil avval urushda halok bo‘lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o‘tib ketgan bo‘lsa-da, hamon uning jarohatlari bitgani yo‘q. Hamon yer qa’ridan «O‘g‘lim!» degan nido yangrab turadi. Bu nidoning ma’nosi nima? Shu o‘rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‘z oldidan to‘p-to‘p bo‘lib jangga ketayotgan odamlar o‘ta boshlaydi. Yoshgina bolakay hali urush nima ekanligini to‘liq tasavvur qila olmaydi. Biroq ko‘p o‘tmay bu bolakay ko‘cha changitib yurgan olis, sokin qishloqda ham urush o‘z fojiali qiyofasini namoyon eta boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi,

Qo‘ltiqtayog‘i bor,


Bir oyog‘i yo‘q.
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o‘q...
Yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:

Xol aka qaytganda uyga to‘satdan,

O‘g‘li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan,
Tik turgan joyida yig‘layveribdi.
Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo‘lishsa ham qaytib kelishibdi. Ammo el-yurtning tinchligi, farzandlarning baxtiyor kelajagi deb jon bergan insonlar qancha!


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin