Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Ertakning uchinchi tugashi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/74
tarix02.01.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#42372
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
S. ahmedov, R. Qo‘chqorov, sh. Rizayev a d a b I y o t umumiy o‘ (1)

Ertakning uchinchi tugashi
Kuchukcha chopib ketaveribdi, chopib ketaveribdi... Birdan
qulog‘iga qandaydir maxluqning: «Vov-vov! Vov-vov!» degan
g‘alati ovozi chalinibdi-yu, taqqa to‘xtabdi.
«Qulog‘imga tanish va issiq eshitilyaptimi?» – o‘zicha
o‘ylabdi kuchukcha. – Garchi bu qanaqa jonivor ovozi ekanini
bilmasam ham, yuragimga jiz etib tekkanday bo‘ldi-ya».
– Vov-vov!
– Balki bu jirafadir. Yo‘q, bu timsoh bo‘lsa kerak. Ha, bu
xuddi o‘sha serjahl timsoh... Ehtiyot bo‘lish kerak.
Kuchukcha butalar orasiga bekinganicha «vov-vov!» degan
ovoz kelayotgan tomonga emaklab ketibdi. Yo xudoyim, bu
ovoz uning yuragini buncha o‘ynatib yubormasa!
Bu hech shubhasiz, kuchuk bo‘lishi kerak!
To‘ppa-to‘g‘ri! Tag‘in kelib-kelib kimning kuchugi deng: ku-
kulagan ovozni eshitib haligina o‘q uzgan ovchining kuchugi
bo‘lib chiqsa-ya!
– Salom, kuchuk!
– Salom, kuchuk!
– Nega bunaqa ovoz chiqaryapsan?
– Ovoz! Shuni bilib qo‘yki, bu shunchaki ovoz emas, balki
hurishdir.
– Hurish deysanmi? Hali sen hurishni bilasanmi?
– Bilganda qandoq. Axir, ko‘rib turibsan-ku, filga o‘xshab
dunyoni boshimga ko‘tarayotganim yoki sherga o‘xshab na’ra
tortayotganim yo‘q.
– Unda menga ham o‘rgat hurishni.
– Iye, hali sen hurishni bilmaysanmi?
– Yo‘q...
– Unday bo‘lsa, quloq sol. Bu mana bunday qilinadi: «Vov-
vov!..»
– Vov-vov! – kuchukcha birdaniga hura ketibdi. Sevinchi
ichiga sig‘may: «Nihoyat, yaxshi ustozni topib oldim!» deb
o‘ylabdi o‘zicha. Shu topda dunyoda undan baxtiyor maxluq
yo‘qday tuyulibdi unga.


9 1

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin