8 3
darining kasbi novvoy bo‘lib,
Jannining bolaligi, adibning o‘zi
ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va
ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi. Jannining otasi nisbatan
erta vafot etadi. Tirikchilik og‘irlashgach,
ularning oilasi boshqa
shaharga ko‘chib ketadi. Janni bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi
usta yoki rassom bo‘lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egal-
lashni orzu qilgan edi. Biroq kambag‘allik tufayli o‘zi orzu
qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi.
Chunki bu yerda o‘quvchilarga
ovqat va kiyim-kechak tekin
berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, Rodari bu maktabda ikki yildan
ortiq o‘qiy olmaydi.
Yosh Janni universitetga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda bosh-
lang‘ich maktabda o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi.
Maktabdagi
o‘quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lish,
ularning fe’l-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o‘rganish
Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida
shakllanishida jiddiy
omil bo‘ldi deya olamiz. Yosh o‘qituvchi Janni Rodari o‘quv-
chilari bilan uzoq suhbat qurar, ularning ba’zan javob berish
mushkul bo‘lgan xilma-xil
savollaridan zavqlanar, bu savollarga
javob berish uchun turli xil voqealarni hikoya qilib berardi.
J. Rodari bu jarayonda o‘zi ham bilmagan holda kichik ertaklar
to‘qir, ularni yosh do‘stlariga aytib berar edi.
Keyinchalik u
o‘zi to‘qigan ertaklarni qog‘ozga tushira boshlaydi. Ana shu
tarzda yozuvchining ilk to‘plami – «Quvnoq she’rlar kitobi»
yuzaga keladi. Shundan keyin u Italiyada va boshqa mamla-
katlarda mohir ertakchi adib sifatida taniladi.
Yozuvchining
«Chippolinoning sarguzashtlari», «Telefonda aytilgan ertaklar»,
«Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida», «Osmondagi tort»,
«Televizorga kirib qolgan Jip», «Rim ertaklari», «Uchtadan
oxiri bor ertaklar» kabi mutoyibaga boy, ta’sirchan hikoyalar
turkumi maydonga keldi. Bu asarlarning ko‘pchiligi o‘zbek tili-
da ham nashr etilgan.