8 2
!
Siz aka-uka Grimmlar,
Sharl Perro, Hans Kristian Andersen
hamda boshqa adiblar qalamiga mansub
ertaklar va bu asarlar
asosida yaratilgan kino va sahna asarlari bilan tanishsiz.
Esingizda bo‘lsa, 5-sinfda Hans Kristian Andersenning «Bulbul»
nomli ertagini o‘rgangansiz.
Bilasizki, ertaklarda afsonaviy, o‘ylab topilgan
voqealar tasvirlanadi. Biroq ular zamirida kishini
ezgulikka, xayrli ishlarga undovchi, insonni ma’na-
viy jihatdan go‘zallashtiradigan sehrli bir kuch
mavjud. Kattalarning ham, kichiklarning ham er-
taklarni birdek yaxshi ko‘rishi shundan bo‘lsa,
ajab emas.
Italiyalik ertakchi Janni Rodari
yuqorida biz nomini tilga
olgan buyuk ijodkorlardan ancha keyin yashab o‘tgan bo‘lsa-da,
o‘zining mo‘jizali, o‘quvchini hayratga soluvchi ertaklari bilan
jahon bolalarining qalbini rom etgan adibdir.
Janni Rodari 1920-yilning 23-oktabrida
Italiya shimolidagi
Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Jannining
bolalik yillari mashaqqatli kechdi.
Uning otasi Juzeppe Ro-
Dostları ilə paylaş: