Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Lekin sehrli qalpoqchaning kuchiga ortiqcha



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/74
tarix02.01.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#42372
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
S. ahmedov, R. Qo‘chqorov, sh. Rizayev a d a b I y o t umumiy o‘ (1)

Lekin sehrli qalpoqchaning kuchiga ortiqcha
ishongan Hoshimjon ustozlarining «ilmsiz bo‘lsang,
zootexnik tugul, molboqar ham bo‘la olmaysan»
degan gapiga o‘jarlik bilan, «bo‘laman, bo‘laman,
bo‘laman», deydi-da, eshikni tarsillatib yopib maktab-
dan ketadi. Maktabini, jonajon qishlog‘ini tark etadi.
Dastlab ishlari yurishgandek bo‘ladi – u sehrli qalpoqcha
yordamida ishyoqmas, dangasalar, lo‘ttiboz kimsalarning rosa
dodini beradi. Ularni qilmishiga yarasha jazolaydi. U jinday quv,
ayyor, bir qadar lofchi bo‘lsa-da, aslida sofdil, ko‘ngli toza bo-
la. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi. Tezroq katta bo‘lgi-
si keladi, sehrli qalpoqcha yordamida turli kasblarni egallashga
harakat qiladi. Ularni bir qadar egallaydi ham, biroq bilimsiz-
ligi, tajribasizligi tufayli pand yeydi. Biror-bir maqsadga eri-
shish uchun sehrli qalpoqchadan tashqari bilim ham kerakligini
unutib qo‘yadi. Shuning uchun ham qaysi kasbga qo‘l urmasin,
ishi chappasiga ketadi.
Agar siz «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi» ro-
manlarini to‘liq o‘qib chiqsangiz, sehrli qalpoqcha tufayli turli
mutaxassisliklarni egallagan Hoshimjon har safar chuv tushishi
sabablarini bilib olasiz.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari ko‘p-
gina jahon xalqlari tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan, ita-


5 6
liyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga
sazovor bo‘lgan.
Bolalarning sevimli yozuvchisi X. To‘xtaboyev 1982-yilda
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», 1991-yil-
da esa «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» kabi yuksak unvonlar
bilan taqdirlangan.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin