SARIQ DEVNI MINIB
II BOB
SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM
Bir jihatdan olib qaraganda, oyim uyga kiritmay to‘g‘ri ish
qilgan ekan. Nega desangiz, o‘sha paytlarda men sehrli qalpoq
axtarib egasi ko‘chib ketgan hovlilarni, go‘ng tepalarni, eski-
tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv
qilib yurgan edim. Bir oy avval Qashqir qishloqda turadigan
buvim biznikiga mehmonga kelib sehrli qalpoq haqida ertak
aytib beruvdi. Qalpoqni kiyib olgan azamat yigit biram ishlar
qiladiki, biram qahramonliklar ko‘rsatadiki, agar eshitsangiz,
og‘zingiz ochilib qoladi. U hammani ko‘rib turadi. Uni esa hech
kim, eng ko‘zi o‘tkir odamlar ham ko‘rolmaydi.
– Buvi, buvijon, o‘sha qalpoqning rangi qanaqa? – deb
so‘radim hovliqib.
– Oq jundan to‘qilgan.
– Uni qayerdan topsa bo‘larkin?
– O‘sha qahramon qarib-chirib o‘layotganda qalpoqni shu
atrofdagi hovlilardan biriga yashirib ketgan, bolam.
– Topsa bo‘larmikan?
– Nega bo‘lmas ekan? Izlasang, albatta topasan, o‘g‘lim.
Xullas, o‘sha kechadan buyon oromimni yo‘qotganman. Ke-
chasi-yu kunduzi tinim bilmay sehrli qalpoq axtaraman. Ishon-
sangiz, izlamagan joyim qolmadi. Faqat eski qishloqning chek-
kasidagi tashlandiq bir uy qolgan, xolos. Bu hovli kimniki –
hech kim bilmaydi. Hatto, oyim ham aniq bir narsa ayta olmadi.
5 7
Kechqurun uyga kirishdan mahrum bo‘lgach, oyim aytyapti
deb qo‘shnimizdan ikkita nonni qarzga oldim-da, qorong‘i
tushishi bilan o‘sha hovli tomon yo‘l oldim. Tashlandiq uydan
xunugi bo‘lmas ekan. Qaysi burchakka qaramang, ajinami,
alvastimi ko‘zini lo‘q qilib menga baqrayib turganga o‘xshaydi.
Hatto, nazarimda, ikki marta bo‘ri ham ko‘ringandek bo‘ldi.
Keyin bundoq sinchiklab qarasam, ikkovi ham mushuk ekan.
Men titkilamagan burchak qolmadi. Teshikki bor, hammasiga
qo‘l suqib ko‘rdim...
Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o‘tirib qolibman.
Mudray boshladim. Yo‘q, men uxlamasligim kerak dedim
o‘zimga o‘zim. Keyin shartta o‘rnimdan turib sal ichkariroq kir-
dim. Molxona bo‘lsa kerak, oxurda bir to‘p latta yotibdi. Ora-
sini titkilagan edim... topdim, ishonasizmi, topdim, xuddi o‘sha-
ning o‘zi! Oq mayin jundan, chekkasiga ipakdan chiroyli
hoshiya tikilgan!
– Salom, qalpoqcham! – qichqirib yubordim.
– Salom, Hoshimjon! – degan ovoz eshitildi.
– Men seni axtarib yuruvdim.
– Men seni kutib yotuvdim...
Boshimga ildim-u uy tomon qush bo‘lib uchdim. Axir men
uning chinakam sehrli qalpoq ekanini sinab ko‘rishim kerak edi-
da... Sinab ko‘rdim ham. Ko‘cha eshikning ustidan oshib
to‘ppa-to‘g‘ri uyga kirib bordim. Oyim tepki mashinada Donoga
ko‘ylak tikib o‘tirgan ekan. Yonginasiga borib:
– Oyi, – dedim ingichka ovozda. Oyim boshini ko‘tarib, u
yoq-bu yoqqa qaradi-yu, «tavba» deb ko‘kragiga tuflab qo‘ydi.
Sekin borib lagandagi sovuq oshni yeya boshladim.
– Oysha, akangdan darak bo‘lmadi-ku? – deb so‘radi oyim.
– Bilmasam, – deb qo‘ydi bir chekkada dars tayyorlab
o‘tirgan singlim.
– Bechora qayerlarda qolib ketdi ekan?
– O‘zingiz-da, bo‘lar-bo‘lmasga urishaverasiz.
5 8
Shu payt sovuq osh tomog‘imga tiqilib hiqichoq tutib qolsa
bo‘ladimi, bunaqasiga ilgari hech uchramagan edim. O‘ziyam
naq o‘n besh daqiqa nag‘ma qildim-da.
– Tavba! – dedi oyim u yoq-bu yoqqa qarab.
– Tavba! – dedi singlim ham yoqasini ushlab.
Demak, qalpoqcham chindan ham sehrli ekan, deb o‘yladim-
da, termosdan choy quyib ichgan edim, hiqichoq bosildi.
O‘shangacha ham hech birlari meni ko‘rishmadi. Sekin xolo-
dilnikning yoniga bordim-u, eshigini ochib boshimdan qalpoq-
chani oldim. Oyim bilan singlim baravariga o‘rnilaridan turib
ketishdi.
– Qayoqdan paydo bo‘lib qolding? – ikkovlarining ham sa-
voli shu bo‘ldi.
– Xolodilnikning ichida yotuvdim, – deb yuboribman bilmas-
dan. Oyim bechora qo‘rqqanidan andak bo‘lmasa yig‘lab
yuborayozdi. Darrov meni issiq bag‘riga olib yuz-u ko‘zla-
rimdan o‘pa ketdi.
– Bolaginam, muzlab qolay debsan-ku! – dedi u tinmay.
Issiq ko‘rpaga o‘rab qaynoq-qaynoq choy ichirishdi. Har choy
ho‘plaganimda jo‘rttaga bir inqillab qo‘yaman. Ichimga issiq
kirishi bilan huzur qilib uxlab qolibman.
Ertasiga birinchi qilgan ishim qishlog‘imizda yashaydigan
Soraxon folbinning ishlarini tekshirib ko‘rish bo‘ldi. Meni biron
kishi komissiya qilib tayinlagani yo‘q-ku, lekin shunchaki o‘zim
qiziqib qoldim-da. O‘qituvchimiz unga ishonmanglar, hammasi
yolg‘on deydi. Yolg‘on bo‘lsa, nega xolamning shuhrati shun-
chalik yoyilib ketadi? Rom ochirib, dardiga davo so‘rash uchun
odam shunaqangi ko‘p keladiki, shunaqangi ko‘p keladiki,
qishlog‘imizdagi medpunkt uning oldida ip esholmaydi. Undan
keyin, kelganlar quruq kelishmaydi. Birovi shoxdor qo‘y, birovi
sariq echki, birovi qog‘ozga o‘ralgan pul, bir xillari katta tog‘o-
rada to‘rt quloqli somsa tashlab ketishadi. Men bilan o‘qiydigan
o‘g‘li Mirobiddinxo‘janing kerilganini aytmaysizmi, bir o‘zi-
ning ikkita velosipedi bor. Tunov kun bittasini minib biroz
5 9
6 0
sayohat qilgan edim, qosqonini egib qo‘ygan ekanman, aka-uka
meni tutib olib rosa do‘pposlashdi.
Odamlar:
– Soraxon folbin to‘ppa-to‘g‘ri Xudo bilan gaplashadi! –
deyishadi. Mirobiddinxo‘ja bo‘lsa maqtanib:
– Bizning uydan Xudoning ovozi eshitilib turadi! – deydi.
Ishqilib, ana shu narsalarni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim-u,
ertalab nonushtadan so‘ng to‘ppa-to‘g‘ri folbin xolamning uyiga
qarab yo‘l oldim. Hovlisida yettita xotin, beshta chol, uchta
bola o‘tirishibdi. Hammasi ham kasal bo‘lsa kerak, rangi oftob
urgan xamakdek
1
sap-sariq. Qalpoqni kiyib sekin ichkari kirdim.
Folbin xolam qorong‘i uyda o‘tirib olib rom ochyapti,
qarshisida bola qo‘ltiqlagan mening oyimga o‘xshagan cho‘ziq
yuzli bir ayol o‘tiribdi.
– O‘g‘lingni sariq jin uribdi, qizim, – dedi folbin xolam.
Shu payt uyning pollari ostidanmi, qalin devorlari orasi-
danmi, shiftidanmi – qayoqdanligini aniq anglay olmadim-ku,
– lekin sariq jinlarning jarang-jurung qilib o‘yinga tushayotgani,
childirma chalayotgani eshitilib, qo‘rqqanimdan dodlab yubo-
rayozdim. Xayriyatki, oldimda folbin xolam, bolali ayol o‘tiri-
shibdi. Bo‘lmasa, kim biladi, nimalar qilib qo‘ygan bo‘lardim.
Vahimali ovozlar tinishi bilan g‘oyibdan:
– Ovm-i-i-in! – degan surnaynikiga o‘xshash ingichka ovoz
eshitildi.
Folbin xolam davom etdilar:
– Sariq echki so‘yib, terisiga bolangni o‘raysan.
– Ovm-i-i-in! – degan ovoz eshitildi yana g‘oyibdan. Ketidan
haligi vahimali jarang-jurunglar jo‘r bo‘ldi. Folbin xolam bolali
ayolning qo‘rqqanidan o‘ynab turgan ko‘zlariga tikilib:
– Xudo o‘zi shifo beradi, ana, arshi a’lodan uning tabarruk
ovozi eshitilyapti, eshit! – deb qo‘ydi.
Bu gal jarang-jurung eshitilmadi-yu, lekin qisqa-qisqa qilib
aytilgan «ovmin» eshitildi. Boshimda qalpoqcham bor. Jinlar
1
Xamak – hali pishib yetilmagan, xom qovun.
6 1
baribir meni ko‘rolmaydi deb o‘zimga o‘zim dalda berdim-da,
ular bilan uchrashish niyatida ovoz qaysi tomondan kelayot-
ganligini aniqlash uchun shoshilib tomga chiqdim. Qalin devor
orasiga narvon tushirilgan ekan. Sekin pastga tushdim. Uyning
osti podval, o‘rtada so‘ppayib bir xum turibdi. Shu choq folbin
xolamning uyiga yana bir kishi kirgandek bo‘ldi. Uning: «Oh,
otaginam, otaginam, sizga qora dev hamla qilibdi, suf, suf, suf»,
– degani eshitildi. Bu ovoz tinib ulgurmasdan xumning ichidan
jarang-jurung bilan childirma sadolari yangradi, ketidan «ov-
min» ham eshitilib qoldi. Avvaliga qo‘rqqanimdan bezgak tut-
gandek dag‘-dag‘ qaltiradim. Keyin o‘zimni bosib sekin borib
mo‘ralasam, xumning ichida o‘zimizning Mirobiddinxo‘ja o‘ti-
ribdi. Bilaklariga har xil shiqildoqlar taqib olgan, qo‘lida do‘p-
pidan sal kattaroq o‘yinchoq childirma! «I-ye, ha, shaytonning
o‘zlari shu yerda ekanlar-da, yashavorsinlar-e! – dedim kulgim
qistab, – sariq jin ham o‘zlari bo‘lsa kerak?» Shu paytda shuna-
qangi achchig‘im chiqdiki, shunaqangi achchig‘im chiqdiki,
cho‘ntagimdan to‘g‘nag‘ichni olib bor bo‘yicha yelkasiga san-
chib yuborganimni o‘zim ham sezmay qolibman.
– Voy-dod! – deb qichqirdi Mirobiddinxo‘ja. Folbin xolam:
«Otaginam, kasalingiz g‘oyat og‘ir, ana, quloq soling, parilarim
faryod chekyapti», – deb javray boshladi. Kap-katta xotinning
yolg‘on so‘zlaganini ko‘rib, yana jahlim chiqib ketdi. Ko‘zimga
Mirobiddinxo‘ja alvastidan ham xunuk ko‘rinib ketdi, naza-
rimda. To‘g‘nag‘ichni yana sanchib yuboribman.
– Oyijon! – deb qichqirdi Mirobiddinxo‘ja.
– Ovozingni o‘chir! – boshidan xumning ichiga bosdim.
– A! – Mirobiddinxo‘janing ko‘zi xuddi jon berayotgandek
ola-kula bo‘lib ketdi. – Sen kimsan o‘zi, ayt, kimsan?
– Men Azroyilman.
– Azroyil?
– Ha, Azroyilman, joningni olgani keldim.
– Oyijon! Men o‘lyapman...
– Dodlama, – deb boshiga bir shapaloq urdim, – menga qara,
Hoshim degan bolani taniysanmi?
6 2
– Taniyman, Azroyilbobo, taniyman.
– Tanisang, nega unga velosipedingni berib turmading?
– Berdim-ku?
– Nega uni akang bilan ikkovlashib urdilaring?
– Tavba qildim, endi urmaymiz.
– Baribir, hozir joningni olaman, – shunday deb jo‘rttaga
bo‘g‘moqchi bo‘lgandek ikki qo‘limni tomog‘iga olib bordim.
– Jon Azroyilbobo, bu gal jonimni olmang, kechiring.
– Nega odamlarni aldaysan?
– Oyim aytdilar-da...
– Oying nima dedi?
– Ovmin deysan dedi. Undan keyin mana bu shiqildoqlarni
chalib, childirmani do‘pillatasan dedi.
– Yolg‘on, o‘zing ham maktabga borib uyimizdan Xudoning
ovozi eshitiladi degansan.
– Aytdim-ku, oyim o‘rgatdi deb.
– Oying nima deb o‘rgatdi?
– Ko‘cha-ko‘yda yurganingda, maktabga borganingda shun-
day deb aytasan dedi.
– Demak, hammasi yolg‘onmi?
– Yolg‘on, Azroyilbobo, yolg‘on.
– Yolg‘onligini maktabga borib aytasanmi yoki joningni olib
qo‘ya qolaymi?
– Aytaman, bugunoq aytaman.
– Bo‘lmasa seni sinab ko‘raman. Hozircha joning o‘zingda
tursin. Uy vazifalarini yaxshilab tayyorlagin, Hoshim degan bola
so‘rasa yo‘q demagin...
Tashqariga chiqib endi nima qiliq ko‘rsatsam ekan deb o‘y-
lanib qoldim. Hali folbin xolam bolali ayolga dori berayotga-
nida xaltasiga ko‘zim tushib qoluvdi. Ana o‘sha xaltachalarni
ham bir tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Har xil chitdan tikilgan
katta-kichik beshta xaltacha bor, hammasida ham o‘zimizning
aptekalarda sotiladigan oddiy dorilar: birida penitsillin, birida
biomitsin, boshqasida yurak o‘ynoqni bosadigan poroshok.
6 3
Xudoyi taolo ato qilgan noyob dorilar deb xolajonim ana shu-
larni pullayotgan ekan. Yashavorsinlar-e dedim o‘zimga o‘zim,
hali shoshmay tursinlar, o‘zlarini ham bir uyaltirib qo‘yma-
sammi...
Folbin xolamning cho‘ntagiga qo‘l solib besh-o‘n so‘m
oldim-da, darhol tug‘uruqxona oldidagi aptekaga yugurdim.
O‘sha yerdan ichni suradigan har xil dorilar olib keldim.
Xaltachalardagi dorilarni olib, o‘rniga o‘shalarni ehtiyotlik bilan
joylab qo‘ydim. Oradan o‘n-o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas, xolam-
ning obro‘lari ham bir pul bo‘ldi. Sen hali bizni ataylabdan
zaharlamoqchi bo‘ldingmi deb, ichi surib darmondan ketgan
bemorlar xolamni tutib olib rosa do‘pposlashibdi...
Ishlarim yurishgandan yurishib ketdi. O‘zim xursand, kayfim
chog‘, ashula aytganim-aytgan. Baholarim ham joyida – nuqul
besh! Ilgarigidek uy vazifangni bajargan bo‘lsang menga berib
tur, deb birovlarga yolvorib ham o‘tirmayman. O‘qituvchila-
rimizning uyiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib
o‘sha yerda ko‘chiraman-qo‘yaman. Obro‘yim ham shunaqangi
oshib ketdiki, o‘qituvchilar menga kulib boqadigan bo‘lib qo-
lishdi. Faqat og‘zaki so‘raladigan fanlardan hamon mazam yo‘q-
roq. Lekin unga ham bir vaj topib qo‘yganman.
– Mening og‘zaki nutqim rivojlanmagan, yozma ravishda
talab qilaveringlar, – deyman-da, o‘qituvchilarimning o‘zlaridan
ko‘chirib olgan konspektlarni sal boshqacharoq qilib o‘qib bera-
veraman.
Xullas, ishlarim har jihatdan yurishib ketgan edi. Sinfkomi-
mizni amaldan tushirib o‘rniga meni saylamoqchi bo‘lib turish-
gan edi-yu bir xatoga yo‘l qo‘yib, butun maktabda sharman-
da-yu sharmisor bo‘ldim, rostini aytsam, bir pulcha obro‘yim
qolmadi.
Darsdan qaytayotganda hech kim sezmasa kerak deb,
o‘zimga va eng yaqin do‘stim bo‘lmish Qosimjonga yettita
fandan a’lo baholar qo‘yib, chorak tugamagan bo‘lsa ham,
cho‘zib o‘tiramanmi deb, chorak baholarini ham chiqarib qo‘ya
6 4
qolgan edim. Bu ishni avval ona tili o‘qituvchimiz, so‘ngra
fizika o‘qituvchimiz payqab qolibdi. O‘sha soatdayoq hammaga
oshkor bo‘libdi. Ertasiga maktabga borishim bilan direktorning
kabinetiga chaqirishdi. Kirsam, yettita o‘qituvchi qator o‘tiribdi.
Qosimni ham chaqirtirib kelishdi.
– Hoshim, beriroq kel-chi, – dedi Otajon Azizovich barmog‘i
bilan jurnaldagi bahoni ko‘rsatib, – bu baholarni kim qo‘ydi?
– Bilmasam.... – dedim yelkamni qisib.
– Sen qo‘ydingmi? – so‘radi Qosimdan direktor.
– Nimani? – mendan battarroq hayron bo‘lib dedi Qosim.
– Ikkoving maslahatlashib qilgansan bu ishni. Ochiqchasiga
iqror bo‘linglar, – dedi o‘qituvchilardan biri.
– Yo‘q, bu ish Qosimdan chiqqan, – dedi boshqasi,– nega
desanglar, Hoshim so‘nggi paytlarda ancha tuzalib qoldi. Ba-
holari ham nuqul besh...
O‘tirganlarning hammasiga bu fikr ma’qul tushdi shekilli, har
tomondan bechora Qosimga savol yog‘dira boshlashdi. Qarasam,
do‘stimning ahvoli chatoq – ko‘zida miltillab yosh tomchilari
ko‘rinyapti. Yo‘q, qilg‘ilikni men qilib, jabrini birov tortmasligi
kerak! Shartta o‘rtaga chiqdim:
– Kechirasizlar, bu ishni men qilganman.
– Nimaga?! – sakkiz kishi birdaniga shu savolni berdi.
– Ha, men qilganman. Qosimning bu ishdan mutlaqo xabari
yo‘q. Undan keyin, xullas, bu ishni men qilganman...
Tamom, hali aytganimdek, obro‘ ikki pul bo‘ldi. Aytilmagan
gap-u, qilinmagan nasihat qolmadi. Mendan shu ketishda keta-
versam, tuzukroq odam chiqmas emish, agronom ham, injener
ham, zootexnik ham bo‘la olmas emishman.
– Yo‘q,– dedim qaysarligim tutib,– mendan agronom chiqadi,
albatta.
– Chiqmaydi! – sakkizovlari bir ovozdan takrorlashdi.
– Bo‘lmasa zootexnik bo‘laman.
– Ilmsiz bo‘lsang, zootexnik tugul molboqar ham bo‘lolmay-
san!
6 5
– Bo‘la olaman.
– Gapni ko‘paytirma, bo‘lolmaysan! – achchig‘i chiqib dedi
direktor.
– Bo‘laman, bo‘laman, bo‘laman! – dedim-da, eshikni tarsil-
latib yopib chiqib ketdim. Men o‘qimay turib ham boshimda
shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham,
injener ham, shoir-u artist ham bo‘la olaman deb qattiq ishonar
edim. «Ha, albatta, bo‘laman, – deb takrorladim o‘zimga o‘zim,
– bularga, menga ishonchsizlik bilan qarayotgan mana shu qadr-
don o‘qituvchilarimga o‘zimning kimligimni ko‘rsatib qo‘ya-
man...»
O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u
shuhrat taratib o‘qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda
qoldirish niyatida safarga otlandim.
Xayr, jonajon qishlog‘im, hayqirib, toshdan toshga urilib
oqayotgan zilol suvli anhorlar, poyonsiz mevazor bog‘lar,
hammangizga xayr. Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham
yaxshi qoling. Endi sizlarga hech kim tosh otib shoxingizni
sindirmaydi, tanangizga mix qoqib ozor bermaydi!
Mehribon oyijonim, sho‘xliklar qilib ko‘nglingizni og‘ritgan
bo‘lsam, qaysarligim tufayli o‘ksitgan bo‘lsam, kechiring meni!
Qo‘ng‘ir sochli singillarim, sizlar ham yaxshi qoling. Har xil qi-
ziqchiliklar qilib sizlarni qiqirlatib kuldiradigan, maktabdan
qaytayotganingizda sho‘x bolalar urganda tarafingizni oladigan
akangiz yoningizda yo‘q endi. Sog‘inganda, ko‘nglingiz o‘ksi-
ganda rasmga boqing. Lekin yig‘lamang. U albatta keladi,
qahramonliklar ko‘rsatib qaytadi. O‘z o‘qituvchilariga o‘qi-
masdan turib ham agronom bo‘la olishi mumkinligini, artist
bo‘lib hammani o‘ziga mahliyo qila olishi mumkinligini ko‘rsa-
tib qo‘yadi. Ha, albatta, ko‘rsatadi. Ko‘ksi to‘la orden bilan
qaytadi.
Xayr!
Ey, chala qolgan uy vazifalari, sizlarga ham xayr!
Yarim tunda qishloqdan chiqib borar ekanman, ko‘zim jiqqa
yosh, ammo qalbim shodliklarga to‘la edi.
6 6
III BOB
Dostları ilə paylaş: |