1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Savol va topshiriqlar 1. Shoir g‘azallaridan biridagi: «Bu kun vaslingni tark aylab, tilar jannatni zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, bu ne nodon xaloyiqtur?» tasvirini sharhlashga urinib ko‘ring.
2. Shoirning: «Ishqinda qaro boshim oqardi, Bir boqmadi ko‘z qarog‘i birla» misralaridagi she’r san’atlarini aniqlang, ularning badiiy vazifasini ko‘rsating.
3. Atoyining: «Umrumni sening qullug‘ingga sarf qilibmen, Ey o‘z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi?» tarzidagi hayrati va so‘rog‘i zamiridagi ma’noni izohlang. Unda qo‘llangan nido san’atining mohiyatini izohlang.
4. Nido shе’riy asarda shoirning murojaat qilgan obyеktidir. Atoiy shе’rlarini o‘qib, bu san’atning o‘llanishiga e’tibor bеring. Ular bajarayotgan vazifalarni aniqlashga harakat qiling.
5. Shе’rda ayrim istioralar qo‘llangan. Ularni toping va badiiy vazifalarini ko‘rsatishga harakat qiling.