Asar 8 majlisdan iborat: dastlabki majlislar xronologik tartibda, ya’ni vaqtning qadimdan shoirning zamonasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qamrovida olingan. Keyingi majlislarda ijodkorlarning yashash joylariga ko‘ra tuzilgan, ya’ni bunda mintaqaviy (geografi) tamoyil amal qilgan. Yettinchi majlis Temur va emuriylarga, sakkizinchi majlis esa birgina Husayn Boyqaroga atalgan. Asar faqat adiblarning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan cheklanib qolmagan. Unda adabiyot nazariyasi, she’r san’atlari, madaniy hayot voqealari ham o‘ziga xos tarzda aks etgan. Ayrim maqolalarda adiblarning shaxsiy fazilatlari, alohida xususiyatlari ham ochib berilgan. Masalan, mashhur shoir Yahyo Sebak haqida shunday deydi: «Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko‘p ulum va fununda mohir erdi. Sanoe’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen». Biz Navoiyning aruz ilmini Darvesh Mansurdan o‘rganganligini yaxshi bilamiz. Darvesh Mansur esa Yahyo Sebakdan tehsil olgan. Bu yerda mana shu «vosita» nazarga olingan. Asarda Navoiyning shaxsiy hayotiga, tarjimayi holiga aloqador ko‘plab fakt va voqealar ham aks etgan. Jumladan, ikkinchi majlisda Mavlono Sharafidin Ali Yazdiy haqida gapirib turib, o‘zi bilan bevosita bog‘liq bir hodisani ham qayd etadi. Taqdir taqozosi bilan (Xurosondagi nomunosib shart-sharoit tufayli) Alisherlarning oilasi ham o‘z yaqinlari bilan Iroqqa yo‘l olishadi. Ular Taft shahrida bir muddat dam olish uchun to‘xtashadi. Bu shaharda mashhur tarixchi olim Sharafidin Ali Yazdiy yashar erdi. Tasodifan, jamoa shu olim yashaydigan joy yaqinida to‘xtagan ekan. U kishi o‘ynab yurgan bolalardan birini chaqiradi. Bu bola yosh Alisher edi. «Faqir alar sari borurg‘a muvaffaq bo‘ldum. Har
neki so‘radilar javob ayttim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dag‘i so‘rdilarkim, maktabg‘a boribmusen? Dedimkim: boribmen. Dedilarki, ne yergacha o‘qibsen? Dedimkim, «taborak» surasig‘acha. Dedilarkim: bu jamoa atfoli (bolalari)din biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno bo‘ldung. Sening uchun fotiha o‘quli (o‘qiylik) deb o‘z fotihalarig‘a musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi (otasi) va ul xayl ulug‘lari
kelib, Mavlono xizmatida anvoyi niyozmandlig‘lar (iltijo va iltifotlar) qilg‘ondin so‘ngra, faqirg‘a andoq shuur hosil bo‘ldi angakim, «ne kishi erkandurlar».
Navoiy aruz ilmiga bag‘ishlab «Mezon ul-avzon» degan asar ham yozgan. Unda aruz vazning mohiyati, tuzilishi, bu vaznning turlari, juzv va ruknlari, bahrlari haqida ma’lumot beradi. Bu asarida tuyuq, qo‘shiq, chinga (yor-yor), muhabbatnoma, aruzvoriy, turkiy singari she’riy shakl va janrlar haqida
ham ma’lumot beradi. Xondamir qayd etganiday: «Haqiqatan, ul hazratning she’r nozikliklari to‘g‘risida mahoratlarining ko‘pligi bu risoladan anglanadi. Chunki o‘tmishdagi shoirlar sezgilarining nuri tushmagan bir qancha maqbul bahrni aruz doirasiga qo‘shganlarki, u qimmatli nusxa mutolaa qilinsa, bu nukta ma’lum bo‘ladi».
Navoiy muammo haqida «Mufradot» nomli bir asar ham yozgan. Alisher Navoiy yirik va hassos tilshunos olim hamdir. Uning 1498-yilda yaratilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari tilshunosligimiz xazinasidagi bebaho gavhardir. Unda alloma adib, o‘z tili bilan aytganda «nazm gulistonining andalibinag‘masaroyi» sifatida eski o‘zbek tilini, uning badiiy uslubini ilmiy-nazariy jihatdan har tomonlama asosladi, turkiy til imkoniyatlarini amaliy jihatdan isbotlab ko‘rsata oldi. Alisher Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligiga alohida urg‘u qaratadi. O‘zbek tilidagi ifoda imkoniyatlarining boyligini namoyish qiladi. Har bir so‘zdagi ma’no nozikliklarini juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan ko‘rsatib beradi. U arab, fors, hindiy tillari qatorida o‘zbek tilining ham eng qadimiy tillardan biri ekanligini alohida ta’kidlaydi. Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda bayon etadi. Buning uchun u fors-tojik tilini jalb etadi. Biroq biror o‘rinda ham u xolislikdan chekinmaydi. Adib turkiy tildagi yuzta fe’lni keltirib, ularning ma’nosini anglatadigan so‘zlarning fors tilida mavjud emasligini ko‘rsatadi. Yoki so‘z ma’nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg‘u beradi. Asarda yig‘lamoq fe’lining eng baland va doimiy ma’nosi qayd etiladi. Uning yonidagi yig‘lamsinmoq fe’lida esa ma’noning ozayishi hisobiga yangilanishi aks etadi. Ingramoq
va singramak ham yig‘lash ma’nosini beradi. Faqat ularda «dard bila yashurun ohista yig‘lamoq» ma’nosi ustunroq. Siqtamoq esa «yig‘lamoqda mubolag‘adur». Turkiylarda «biyik un bila», ya’ni qattiq tovush chiqarib yig‘lash ham bor. Bunga o‘kurmak deyiladi. Adib firini davom ettirib shunday yozadi: «Chun o‘kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo‘qtur». Bunday firlar keltirilar ekan, adib ularni ko‘pincha she’riy
misralar vositasida tasdiqlaydigan misollarni ham keltiradi. Jumladan, qabog‘ so‘zining ma’nosi ko‘z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma’noni ifodalaydigan alohida so‘zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi.
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
Alisher Navoiy ona tilidagi so‘zlarning barcha imkoniyatlaridan imkoni boricha to‘liqroq foydalanishga harakat qildi. Zamondoshlari tilidagi faol va nofaol so‘zlarni o‘z asarlariga kiritib, ularning bizning zamonamizgacha yetib kelishini ta’minladi. O‘zi ko‘plab yangi so‘zlarni yaratdi, oldindan qo‘llanib kelayotgan so‘zlarning yangicha ma’no tovlanishlarini kashf qildi, tilning ifoda imkoniyatlarini amaliy jihatdan ham juda kengaytirdi. Olimning sinonimlar, omonimlar, atamashunoslik borasidagi firlari ham qadrlidir. Asarda it, tush, yoq, bor, sog‘in, tuz singari so‘zlarning bir necha ma’nolarni ifodalay olish imkonini ko‘rsatuvchi misollar keltirilgan. Jumladan, ko‘k so‘zining osmon, kuy, kuylamoq, qadoq, sabza – o‘t-o‘lan ma’nolarida qo‘llanilishi ko‘rsatiladi. Ayrim so‘zlarning to‘rt, besh, olti ma’noda qo‘llanishiga misollar keltiradi.
Alisher Navoiy hassos tilshunos sifatida forsiy til amaliyotida turkiy tildan o‘tgan so‘zlarga ham e’tibor qaratadi. Masalan, tubichoq, arg‘umoq, yaka, yobu, totu singari ot turlarini, dastor, qalpoq, to‘ppi, shirdog‘, yog‘lig‘ singari bosh kiyimlarini, qo‘rchi, suvchi, qushchi, qo‘ruqchi, kiyikchi, kemachi, qo‘ychi singari kasb va hunarlarning nomlarini forsiylar ham turkiycha so‘zlar bilan yuritishi ko‘rsatiladi.
Shundan so‘ng adib «bu xalq orasida paydo bo‘lg‘on tab’ ahli salohiyat va tab’larin o‘z tillari turg‘och o‘zga til bila zohir qilmasa erdi» degan istakni bildiradi. Yana qo‘shib qo‘yadiki, «agar ikala til bila aytur qobiliyatlari bo‘lsa, o‘z tillari bila ko‘prak aytsalar erdi... agar mubolag‘a qilsalar, ikala til bila teng aytsalar erdi». Garchi asar ona tilining imkoniyatlari va qonuniyatlari borasida bahs yuritsa-da, unda adabiyotshunoslikka oid ko‘plab fir va mulohazalarni ham ko‘rish mumkin. Xususan, so‘z ma’nolari orasidagi tafovutlar, qofia, vazn, she’r tuzilishiga oid qaydlar shular jumlasiga kiradi. Unda Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy, Hofi Sheroziy singari ko‘plab buyuk so‘z ustalarining ijodlariga oid qaydlar ham mavjud. Asarda Husayn Boyqaroning turkiy tilga alohida e’tibor bergani, uning rivojini ko‘zda tutib maxsus farmonlar chiqargani ham aytib o‘tiladi: «Va iltifot va ehtimom1 yuzidin ba’zi ma’nilar topib, nazm qilurg‘a hukmlar ham joriy bo‘ldi». Olim «Sab’at abhur» («Yetti dengiz») nomli bir lug‘at ham
tuzgan. U arab tilining izohli lug‘atidir. Navoiy 1485–1488-yillarda «Tarixi anbiyo va hukamo»
(«Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi») kitobini yozadi. Bu kitobda payg‘ambarlar tarixi Odam Atodan boshlab yoritilgan. Ikkinchi qism obidlar (Allohga toat-ibodat qiluvchilar), uchinchi qism esa hakimlar haqida. Bu qismda Luqmoni hakim, Fishog‘urs (Pifagor), Jomosb, Buqrot (Gippokrat), Suqrot, Jolinus (Galen), Batlimus (Ptolemey), Buzurjmehr va boshqalar haqida ma’lumotlar berilgan. Muhimi, ular haqida o‘quvchilarda dastlabki tasavvurni uyg‘otish uchun ularga xos bo‘lgan eng muhim fazilatlar, xususiyatlar sanab o‘tiladi. 1488-yilda «Tarixi muluki ajam» («Ajam shohlari tarixi») yaratiladi. Bu asarlar adibning tarix ilmini juda chuqur bilganligining yorqin nishonasi. Unda tarixiy shaxslarning, hakimlarning hikmatlaridan namunalar ham keltiriladi: Buqrot hakim «debturkim, umr qisqadur, ish uzun. Oqil uldurkim, bu qisqa umrni bir nimaga sarf qilg‘aykim, zaruratroqdur, ya’ni oxirat maslahati va Tengri taolo rizosi». Yoki, «Aristotilis hakim Afltunning shogirdidur, Iskandarning vaziri erdi. Aning so‘zlaridin budurkim, podshoh ulug‘ rud (soy, daryo)ga o‘xshar va atboi (tobelari, tarafdorlari, izdoshlari) arig‘larg‘akim, ul ruddin ayrildilarkim, ud rud suyig‘a har hol bo‘lsa, arig‘larg‘a hamul holdur. Ul chuchuk bo‘lsa, bular chuchuk; ul achig‘ bo‘lsa, bular achig‘; ul sof bo‘lsa, bular sof; ul loy bo‘lsa, bular loy. Pas, podshohg‘a vojibdur – g‘oyat hikmat va e’tidol (o‘rtachalik, yarashiqlilik, to‘g‘rilik) bila, to mulk barqaror bo‘lg‘ay. Yo‘qki, barchag‘a nima bergay bee’tidolliq (nomavzunlik, yarashiqsizlik) bila, to mulk buzulg‘ay». Navoiyning diniy mavzularda qalam tebratgani ham yaxshi ma’lum. «Siroj ul-muslimin» («Musulmonlik chirog‘i»), «Arba’in» («Qirq hadis»), «Munojot» («Tavba-tazarru») shular jumlasidan. Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» («Ulug‘lik xushbo‘yliklarini taratuvchi muhabbat shabbodalari») asari tasavvuf tarixiga ag‘ishlangan. Bu kitob, aslida, Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» («Pok zotlar huzuridan esgan do‘stlikning xush islari») kitobining erkin tarjimasidir. Bu kitobda tasavvuf tarixi, uning nazariyasi, buyuk so‘filarning hayoti va faoliyati yoritib berilgan. Xoja Ahmad Yassaviy, Adib Ahmad
(Yugnakiy), Shayx Fariduddin Attor, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Shayx Kamol Xo‘jandiy, Nosir Xusrav, Mavlono Lutfi, Mavlono Ashraf, Sayyid Nasimiy, Shamsuddin Muhammad Hofi Sheroziy singari buyuk adiblarning hayoti va ijodiga oid lavhalar ham shu kitobdan o‘rin olgan. Kitob tasavvufga oid hikmatli so‘z va o‘gitlarni ham jamlagan. Ularning ayrim namunalari bilan tanishishimiz mumkin:«Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa,to‘yib ovqatlanishdir». (Abu Sulaymon Doroniy)«Igna bila tog‘ni qozmoq takabburni ko‘ngullardin chiqarmoqdin osonroqdur». (Abuhoshim So‘fi)«Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») ham axloqiydidaktik g‘oyalar targ‘ibiga bag‘ishlangan. U ayrim hadisi shariflrning she’riy talqinidir. Unda hadislardagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli, ta’sirchan tilda, she’riy shaklda talqin qilinadi.
Navoiy – tarixiy-memuar ruhidagi qator asarlarning ham muallifi Bu silsilaga «Vaqfia», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari kiradi. Alisher Navoiy ichki intizomga muntazam rioya qilar edi. Shuning uchun u hatto o‘z maktublarini ham tartib bilan
saqlab qo‘ygan. Natijada 1499-yilda «Munshaot» («Maktublar») degan kitobi tuzilgan edi. Maktublar turli kishilarga yozilgan. Xususan, Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li Badiuzzamon mirzoga, o‘g‘ilxoni Mir Ibrohimga yozilgan maktublar yuksak saviyasi, go‘zal badiiyati va katta tarbiyaviy jihatlari bilan e’tiborlidir.
Dostları ilə paylaş: |