Topshiriq:A.Navoiyning hayoti va ijodi haqida (jarayon guruh holatida amalga oshiriladi)
“Tushunchalar tahlili” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: mazkur metod talabalarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo’llaniladi.
Jarayonni amalga oshirish bosqichlari:
-talabalar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
-talabalarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan so’zlar tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (yakka yoki guruhli tartibda);
-talabalar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo’llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
-belgilangan vaqt yakuniga yetgach, o’qituvchi berilgan tushunchalarning to’g’ri va to’liq izohini o’qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
-har bir ishtirokchi berilgan to’g’ri javoblar bilan o’zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o’z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Dostları ilə paylaş: |