Darsning maqsadi
|
Ta’limiy:talabalarning Navoiy lirikasi haqida olgan bilimlarini shakllantirish;
|
Tarbiyaviy: talabalarni qadriyatlarni qadrlashga o’rgatish va nutq madaniyatini shakllantirish.
|
“Pinbord” texnologiyasi
Pinbord (inglizchadan: pin- mahkamlash, board – yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o‘quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.
Muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish va guruhlashni malgam oshirishga, jamoa tarzda yagona yoki aksincha qarama-qarshi pozitsiyani shakllantirishga imkon beradi
O‘qituvchi taklif etilgan muammo bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon qilishni so‘raydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ommaviy aqliy xujumning boshlanishini tashkil qiladi (rag‘batlantiradi)
Fikrlarni taklif qiladilar, muhokama qiladilar, baholaydilar va eng optimal (samarali) fikrni tanlaydilar. Ularni tayanch xulosaviy fikr (2 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan) sifatida alohida qog‘ozlarga yozadilar va doskaga mahkamlaydilar
Guruh namoyondalari doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:
1) yaqqol xato bo‘lgan yoki takrorlanayotgan fikrlarni olib tashlaydilar;
2) bahsli bo‘lgan fikrlarni oydinlashtiradilar;
3) fikrlarni tizimlashtirish mumkin bo‘lgan belgilarini aniqlaydilar;
4) shu belgilar asosida doskadagi barcha fikrlarni (qog‘oz va raqlaridagi) guruhlarga ajratadilar;
5) ularning o‘zaro munosabatlarini chiziqlar yoki boshqa belgilar
yordamida ko‘rsatadilar: kollektivning yagona yoki qarama-qarshi pozitsiyalari ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |