1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
ALISHER NAVOIY RUBOIYLARI HAQIDA Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy «Funun al-balog‘a» asarida (hijriy 840 – milodiy 1436–1437-yillar) o‘z davridagi o‘nta she’riy janrlarga tavsif beradi (qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida – «Xazoyin ulma’oniy»da she’riy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassislar
ko‘p marta ta’kidlashgan. «Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tasavvuf g‘oyalari targ‘ibiga bag‘ishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, «Ro’a aboka yuro’uka» («Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi») hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan: