Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Kerak o‘z chobuki qotilvashi majnunshiorimkim, Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni samand etmas



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə178/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Kerak o‘z chobuki qotilvashi majnunshiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni samand etmas.
Bularning barchasi ko‘ngil tufayli sodir bo‘ladi.

Ko‘ngul uz charx zolidin, fiibin yema kim, oxir
Ajal sarishtasidin o‘zga bo‘ynung‘a kamand etmas.
Kunlardan bir kun yorning iliq mehr ko‘rsatib qolishi ehtimoli («Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa») ham yo‘q emas. Ana shunda ko‘z tegmasligi uchun lirik qaramon isiriq solishga tayyor. Ammo bu isiriq donachalari muhabbat urug‘lari bo‘lishi shart:
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Ushbu g‘azal faqat mazmuni bilangina emas, balki shu mazmunga xos va muvofi bo‘lgan shakliy jihatlari, tasvir vositalari bilan ham e’tiborga molik. Xuddi shuning uchun ham mazkur g‘azal hozir ham archamizning e’tiborimizni tortadi, ko‘ngillarga zavq-u huzur beraveradi.

QIT’ALAR

Qit’a Navoiy lirikasida alohida mavqega ega bo‘lgan janrlardan biridir. U shakliga ko‘ra g‘azalga yaqin turadi. Undan faqat dastlabki bayt qofiasining erkinligi bilan farqlanadi. Uning qofialanish tartibi a : a, d : a, e : a, f : a, ... ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda, qit’aning eng kichik shakli ikki baytdan iborat bo‘ladi. Qit’aga aniq chegara qo‘yilmagan. U ko‘proq falsafi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy masalalarni tilga olishi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, mumtoz adabiyotda ayrim janrlar (masalan, ruboiy, tuyuq) uchun qat’iy


vaznlar belgilab qo‘yilgan. Qit’a bu jihatdan ham erkindir. U aruzning istalgan vaznida yaratilishi mumkin.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin