1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni,
Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon yamoni bil oni.
Demak, ko‘pchilik («el») bir fir bildirar ekan, bu tasodifi bo‘lmaydi. Ular bir kishidan o‘zini olib qochsa,
o‘sha odam elning yomoni bo‘ladi. Buning sababi esa o‘sha kishining fe’l-atvoridir («ahvolida idbor nishoni»). Bunday odamning yomonligi faqat o‘zi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni «ulus baloyi joni», ya’ni «elning joniga bitgan balo» sifatida ta’riflmoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam o‘zining yoki o‘zi mansub bo‘lgan elninggina emas, balki butun «olam elining yomoni»dir. Shoirning «yamon» so‘zini ikki marta qo‘llashi orqali aytmoqchi bo‘lgan firi alohida
ta’kidlanyapti. Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go‘zalliklari madh etiladi. Adib lirikasida yuksak insonparvarlik, ezgulik g‘oyalari ruboiy orqali ham aks etgan. Navoiyning «Xazoyin ul-ma’oniy» asari, aslida, to‘rtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida «Chor
devon» – «To‘rt devon» nomi bilan mashhur bo‘lgan edi. Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy o‘rgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov shunday deb yozgan edi: «Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat «Xazoyin ul-ma’oniy»ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon – «G‘aroyib us-sig‘ar» yoki «Navodir ush-shabob», yoxud «Favoyid ul-kibar»ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulug‘
shoirlarimizdan biri bo‘lib qola berar edi».
Bunga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obro‘ va martabaga ega bo‘laverar edi. «Xazoyin ul-ma’oniy»da Navoiy o‘z zamonasidagi deyarli barcha lirik janrlar namunasini bergan. Ular orasida g‘azal, qasida, ruboiy, tuyuq, qit’a, muxammas, musamman, tarji’band, tarkibband, mustahzod, masnaviy, soqiynoma, muammo, sevgi
va sadoqat ulug‘lanadi. Ayni paytda adolatsizlik, jaholat, loqaydlik, e’tiqodsizlik qoralanadi. Adib she’riyatining mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ularda falsafi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy fir va mulohazalar yuksak badiiylik bilan ifoda etilgan. Navoiy she’riyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, ma’naviyatining boyishiga katta hissa qo‘shadi.