Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə190/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Davron meni o‘tkardi sari somondin,
Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin,
Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma,
Nelarki, boshima kelmadi davrondin.
Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi. Biroq u o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda – Movarounnahrda emas, balki undan ancha olisda – Hindistonda amalga oshdi. Adibning o‘zi bu hodisadan doimo iztirobda bo‘lganligi asarlarida juda yorqin tarzda aks etgan:
Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafi va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. U Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid «Mubayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni ixtiro qildi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi. Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofi, xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi. Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur
nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmuasida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi
istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi. 1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg‘armasi Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur ma’lumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar, 10 ga yaqin hujjatli, videofimlar yaratildi. Jamg‘armaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (BAA), Moskva (RF), O‘sh (Qirg‘iziston), Toshkent, Namangan shaharlarida bo‘limlari mavjud.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin