«Tarixi Rashidiy»dan:«U turli go‘zal fazilatlar, maqtovgaloyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi».
Hasanxo‘ja Nisoriy: «Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi edi».
Javoharla’l Neru:«Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan».
Monstyuart Elfiston: «Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir».
Rumer Goden: «Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko‘tarildi. O‘z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o‘lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi».