1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
31-33-mavzu. Mustaqillik davrida nasr (3 soat, B1+:1 soat) XX asr o‘zbek adabiyotining dunyo adabiy jarayoniga uyg‘unligi. Adabiy jarayonni tashkil etuvchi ijodkor – badiiy asar – o‘quvchi(tanqidchi) uzvlaridagi o‘zaro munosabatlarning faollashuvi. Jahon adabiyoti saboqlari, xalq ijodi va mumtoz adabiyotimiz ilg‘or an’analaridan oziqlanish hozirgi adabiy jarayonni harakatga keltirib turuvchi omillar ekanligi. Adabiyotimizning milliy o‘ziga xosligi saqlangan holda voqelikni badiiy idrok etish va tasvirlashda yangi-yangi shakllarning ifoda etilishi. Adabiyotda ijobiy va salbiy obrazlar emas, balki butun murakkabligi bilan inson obrazi turganligi, unda insonga, vatanga va fidokor xalqqa muhabbat tuyg‘ularining ustivor tamoyiliga aylanganligi.
Hozirgi o‘zbek nasri rivojida taniqli nosirlar bilan bir qatorda yosh adiblarning qo‘shayotgan hissalari. Prozada inson ma’naviyati sarhadlarini yangicha qamrov, yangicha estetik sathlarda o‘lchashga intilishning vujudga kelishi. Nasrimiz badiiyati sathlariing rang-baranglanishi.