Jahon adabiyoti (5 soat, B1+:4 soat)
35-36-mavzu. A.P.Chexov. “Hikoyalar” (2 soat, B1+:2 soat)
A.P.Chexov rus adabiyotining taniqli vakili. Uning hikoyalarida inson tabiatining xilma-xil qirralarining tasvirlanishi. Yozuvchining “Xameleon”, “G`ilof bandasi” hikoyalari talqini va undagi yetakchi qahramonlar tavsifi. A.P.Chexovning hikoyachilikdagi o`ziga xos mahorati.
37-39-mavzu. Rishod Nuri Guntekin. “Choliqushi”romani(3 soat, B1+:2 soat)
Rishod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi. “Choliqushi” romanida tasvirlangan muhit. Feride obraziga xos bolgan insoniy fazilatlar. Adibning tasvirlash mahorati.
Xulosa
XX asr o‘zbek adabiyotining estetik saboqlari, erishgan yutuqlar va nuqsonli jihatlar. Ikki ming yillik o‘zbek adabiyotining XX asrda jahon adabiy jarayonining tarkibiy bir qismiga aylanganligi va o‘zga xalqlar badiiy tajribalari bilan aloqadorlikda taraqqiy etishi. Asr so‘ngida istiqlol davri adabiyotning vujudga kelishi va uning tarixiy-estetik ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |