1. Qahramonlik dostonlari ("Alpomish").
2. Ishqiy-romanik dostonlar ("Ravshan", «Kuntug'mish» ).
3. Jangnoma dostonlari ("Yakka Ahmad").
4. Kitobiy dostonlar ( «Oshiq G’arib va Shohsanam»).
5. Tarixiy dostonlar («Oysuluv»).
Tasnif qilishning asosi dostonlarda tasvirlangan voqealarning bosh mohiyati bilan izohlanadi. Masalan, «Alpomish» dostonida ham ishq-muhabbat, jang lavhalari, tarixiy ma'lumotlar bor. Ammo ma'lum sabab bilan ajralib ketgan xalqni birlashtirish yo’lidagi mardlik va qahramonlik asarning markaziy g’oyasini tashkil etadi. Yoki «Ravshan» dostonida ham mardlik, qahramonlik belgilari uchraydi. Lekin doston mazmunidagi asosiy fikr Ravshanning Zulxumorga bo’lgan ishqini ifodalash maqsadidagi safarini bayon qilishga bag’ishlanadi.
Qahramonlik eposi xalq og’zaki ijodi tarixida alohida bosqich sifatida baholanadi. Uning mashhur namunasi yunonlarda «Odisseya» va «Iliada» asarlari hisoblanadi. Qirg’iz xalqining «Manas»i ham ana shunday bosqich namunasidir. Bunday asarlarda alohida qahramonlik va mardlik namunasini ko’rsatgan xalq farzandining yurt ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, o’zidan son va kuch jihatidan yuqori turgan dushman bilan olishuvlari aks etadi. Qahramonlik eposiga o’zbeklarda «Alpomish»dostoni misol bo’ladi. Unda yurtimizdagi milliy ao’analarning shakllanishi, tashqi dushmanlarga qarshi kurash, xalq birligini saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g’oyalari o’z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismini romantik dostonlar tashkil qiladi. «Roman» fransuz tilidan olingan bo’lib eposning bir turi mo’nosini anglatgan. Ammo keyinchalik badiiy adabiyotdagi roman janr sifatida alohida ajralib rivoj 1 anganidan so’ng sevgi-sarguzashtlarni to’qima tarzda aks ettiruvchi asarlar tushunchasini bera boshlagan. Romantik dostonlar deganda, xalq dostonlarining mazmunan sevgi - sarguzashtlarni tasvirlovchi turlari tasavvur qilinadi. Ularda voqea tuguni oshiqning mo’shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishq sarguzashtlariga Boy safarga otlanadi. Bu yo’lda turli qiziqarli, hayratomuz hayot lavhalari ro’y beradi. Dushmanlar bilan yakkama-yakka olishuvlar bo’ladi. Dostondagi voqealar rivoji shu tarzda taraqqiy etadi va oxir-pirovardida oshiq o’z orzusiga yetadi. «Ravshan», «Kuntug’mish» kabilarni ana shunday dostonlar qatoriga qo’shish mumkin.
Jangnoma-dostonlarni esa voqea rivoji asosan jang lavhalariga boy asarlar tashkil etgan. Baxshilar bunday dostonlarni nisbatan kam ijro etganlar. Bunday dostonlarda ko’proq qahramonning botirligini tasvirlashga e'tibor beriladi.
«Yusuf bilan Ahmad» , «АНЬек va Bolibek», «Qirq ming» kabi asarlar shular jumlasidandir.
Kitobiy dostonlar asosan tarixiy hayotimizning keyingi asrlarida paydo bo’ldi. Yozma adabiyotimiz vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan baxshilar ular asosida o’zlarining nusxa (variant)larini yaratganlar. Natijada kitobiy dostonlar yozma va og’zaki ijodning o’zaro aloqalari natijasi sifatida vujudga kelgan. Og’zaki ijoddagi «Sayyod va Натго» , «Oshiq G’arib va Shohsanam», «Vomiq va Uzro» kabi dostonlar ana shu turdagi asarlar namunasidir.
Tarixda bo’lib o’tgan muhim voqealar haqida hikoya qiluvchi dostonlar tarixiy dostonlar deb ataladi. Bunday asarlarda tarixiy voqealar tinglovchida shubha uyg’otmaydigan to’qimalar yordamida aks ettiriladi. Ammo ularda tarix qanday bo’lsa, shu tarzda, to’kis ravishda o’zgarishsiz bayon etilmaydi. o’tmishda shuhrat topgan «Oysuluv» ana shunday doston sanaladi.
Shunday qilib, dostonlar xalq og’zaki ijodidagi epik asarlar xazinasidagi o’ziga xos murakkab janrdir. Unda xalq tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari o’zining badiiy ifodasini topgan. Dostonlarni kuylayotgan baxshilarda kuchli xotira, asarni ijro etayotgan paytda vujudga kelgan vaziyatga to’g’ri baho bera olish, oddiy voqealarni o’ta qiziq tarzda hikoya qila bilish mahorati mujassam bo’lmog’i lozim. Asrlar davomida Bu janr namunalarining har bir hududda ijro etilishi mahalliy ao’analarni hatto, maktablarni yaratdi. o’zbek dostonlari son jihatdan shu qadar ko’p va badiiy qimmat jihatdan shunchalar yuqori-ki, ularni xalqimiz tomonidan dunyo madaniy, mo’naviy xazinasiga qo’shilgan munosib hissa sifatida baholasa arziydi.
Dostları ilə paylaş: |