Musiqa madaniyаti ta’limida darsdan tashqari ishlarni tashkil etish



Yüklə 200,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.03.2023
ölçüsü200,91 Kb.
#90893
  1   2   3   4   5
1ixcaC75Wqe0q5FelyVY1ioO9PV1Yt5uYsklFe0s




A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“MUSIQA MADANIYATI FANIDAN YANGILIKLAR” 
 
o‘quv kursining
“Musiqa madaniyаti ta’limida darsdan tashqari ishlarni tashkil etish” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Yuldoshev Umidjon Yuldoshevich 
Dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Toshkent 2022 



Musiqa madaniyаti ta’limida darsdan tashqari ishlarni tashkil etish 
Reja: 
1. Musiqa madaniyati fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni 
shakllantirish
2. To‘garak mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish
3. Sinfdan tashqari mustaqil ishlarning turlari va mashg‘ulotlar maqsadi 
 
Musiqa madaniyati fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni shakllantirish
Musiqa madaniyati fani bo‘yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham 
ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zlaydi. Uning ta’limiy ahamiyati 
shundaki, o‘quvchi bu jarayonda qo‘shimcha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega 
bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa bolalarda fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, 
bilimga tashnalik, musiqiy idrok va musiqiy ijodiy qobiliyat singari fazilatlarni 
shakllantirishda o‘z ifodasini topadi. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqqiyatidan 
uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi. Atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi. 
O‘qishdagi muvaffaqiyat – bolani ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan yuqori darajaga 
ko‘taradi. 
Musiqa fanidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga 
ajratgan holatda tashkil etish mumkin.
Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti 
bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning 
doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo 
uning mashg‘ulotlarida ishtirok etish majburiydir.
Musiqa to‘garagining a’zolari 8-20 o‘quvchidan oshmasligi lozim, ular 
parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish 
imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak 
a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi ham mumkin.



To‘garak har xil nomlar bilan nomlanishi mumkin. Masalan: Dilnavo, 
Boychechak, Musiqiy guldascha, Xor to‘garagi, VCHA tugaraklari v.h.
O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi bilan 
tanishtirilishi lozim. Mashg‘ulotlar haftasiga bir marta o‘tkazilgani ma’qul, 
to‘garak ishini rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olish yaxshi 
natija beradi. 

Yüklə 200,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin