Uyga vazifa:
1.Dostonni yana bir bor o’qib kelish.
2.Doston asosida 25ta test tayyorlash.
3-MAVZU: DOSTON VA UNING TURLARI HAQIDA MA’LUMOT BERISH.
Reja:
O’zbek xalq dostonlarining o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbek xalq dostonlarining mazmun jihatdan turlari.
Dostonchilik an’analari va dostonchilik maktablari haqida.
4. Dostonning voqelar rivoji va tugallanmasi haqida.
Tayanch tushunchalar: doston, epik, baxshi, dostonchilik maktablari, jangnoma va tarixiy doston, roman, kitobiy doston, saj’, mubolog’a.
Dunyodagi ayrim xalqlarda o’zining tarixiga oid yirik hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz - o’zbeklarda Bu janr «doston» deb ataladi. «Doston» so’zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash mo’nolarini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og’zaki ijodida baxshilar tomonidan og’zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. «Alpomish», Go’ro’g’li turkumidagi «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Malikai Аууог», «Ravshan»; «Kuntug’mish», «Rustamxon» kabilar og’zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro’z», Navoiyning «Hayratul abrof», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asarlari esa yozma adabiyotdagi dostonlar bo’lib, ularni og’zakidan ajratish lozim bo’ladi.
Og’zaki joddagi doston bir qator tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Professor M. Saidov ularni she'riy va nasriy parchalardan iborat matndan, musiqadan, doston aytuvchining hofizlik sao’atidan va soz cherta bilishidan iborat, deb qayd etadi. Shu bilan birga, doston haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun baxshining bevosita tinglovchilar davrasida qaynab (ilhomga kirib) doston ijro etishiga guvoh bo’lish ham muhimdir. Demak, doston bo’lishi uchun baxshining tinglovchi bilan jonli muloqotini ham tarkibiy qismlardan biri sifatida baholash mumkin.
Dostonni baxshilar kuylaydilar. Qadimgi zamonlarda «baxshi» xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz ma'nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so’z asosan xalq dostonlarini kuylaydigan sao’atkorni bildiradi. Baxshi soz chertganda sozanda, she'riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir. Shuningdek, parchalarni bir zumda to’qib ketadigan shoir, dostondagi nasriy parchalarni yoddan o’qiyotganda badiiy so’z ustasi hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon dostonni bir xil, ya'ni o’zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi Zarifovning ta'kidlashlaricha, bulung’urlik Amin baxshi «Alpomish» dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda boshlangan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini tasavvur qilaylik. Bir fasl muddatda doston ijro etgan baxshi biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she'riy parchalarni qaerdan topgan? o’sha nusxadagi dostonning hajmi qanday bo’lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun naqadar yuksak mahorat egasi bo’lishi kerak o’sha baxshi? Bu savollarga beriladigan har bir javob o’zbek dostonchiligining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi, xolos. Baxshi doston aytar ekan, «Alpomish» dostonida Alpomish gapirganida, Alpomish mardligini, Barchin so’zlaganida go’zal qiznmg yuzini ko’z oldimizda gavdalantiradi. Shuning uchun doston kechalari har bir tinglovchi uchun katta bayram bo’lgan. Bu kechalarda odamlar o’rtasidagi hammagina xonliklar unutilgan, turmush tashvishlari chekingan. Yoshu kattalar, erkak-ayollaming butun xayoli dostondagi voqealar bilan band bo’lgan.
Dostonlar hajm jihatdan chegaralanmaydi. Doston ijrosi ham ba'zan soatlab, ba'zan kunlab davom etgan. Bunda doston mazmuni, baxshining mahorat darajasi muhim hisoblanagan. o’zbekistonda xalq dostonlari Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog’iston muxtor respuhiikasida ijro etiladi. Ijrochi baxshilar do’mbira, tor, dutor chertib, qo’biz tortib doston aytadilar. Ijro usuliga ko’ra o’zbeklarda Samarqand, Xorazm, Farg’ona (Namangan) dostonchilik ao’analari mavjud bo’lib, Samarqandda ichki bo’g’iz ovozda, Xorazmda ochiq qo’shiq aytish yo’li bilan, Namanganda ochiq, ammo, musiqa asbobiga mos holda kuylanadi.
Samarqand dostonchiligida hajm jihatidan katta dostonlar nasrdan va epik she'rlardan iborat bo’ladi. Xorazm dostonchiligida dostonlar nasriy parchalardan va lirik she'rlardan iborat bo’ladi. Bu dostonlarning hajmi katta bo’lmaydi. Namanganda ham dostonlarning hajmi kichik, ammo ularning matnlari Samarqand dostonchiligi kabi nasrdan va epik she'riy parchalardan tashkil topadi.
Samarqand dostonchiligi ao’anasiga mansub «Ravshan» dostonidan nasriy parcha keltiraylik:
«Oq qiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz. Oqqiz o’zi oq qiz, o’zi to’lgan sog’ qiz, o’rta bo’yli chog’ qiz, o’ynagani bog’ qiz, uyquchi emas, sog’ qiz, eri yo’q o’zi toq qiz, ko’p kalondimog’ qiz, yaxshi -tekis bo’z bolani ko’rsa, esi yo’q - ahmoq qiz, qora ko’z, bodomqovoq qiz, sinli-siyoq qiz, o’zi semiz - turishi yog’ qiz; o’yinga qulayroq qiz, to’g’ri ishga bo’layroq qiz, o’zi anqov olayroq qiz, tanasi to’sh qo’ygan keng qiz, sag’risi do’ng qiz, urushqoq emas - jo’n qiz, a'zosi bari teng qiz...».
Endi she'riy parchalarga diqqat qiling:
«Chu, deb otin uradi,
Oyog’ini tiradi.
Suvsiz cho Ida G 'irko 'k ot,
Irg’ib, sakrab boradi.
Suvsiz cho’lda mard Hasan,
Qattiq qistab boradi.
Obro' ber, deb yo 'llarda Hasan ketib boradi».
Shuningdek, Samarqand dostonchiligiga oid she'riy parchalarda lirik mazmundagi o’rinlar ham uchraydi:
Paydo bo 'Idim, ikki gavhar donadan, Parvoz qilib uchdim manzilxonadan, o’lim uchun g’am yemayman, bo’yingdan. Bir armonim, yolg’iz edim enamdan.
Ma'lum bo’ladiki, Samarqand dostonchiligida nasr badiiy jihatidan nazm bilan tenglasha oladi. SagTdan iborat Oqqiz ta'rifida o’nlab qofiyalangan so’zlar uchraydi. Ular orasida hazil, kulgili o’rinlar ham bor. Demak, nasrda badiiy mukammallikka erishilgan. She'riy parchalar esa ikki xil bo’lar ekan. Ko’pincha ularda voqea bayon etiladi: otda chopish, jang lavhalari, savol-javoblar, ziyofat tasviri va hokazolar. Ammo ichki his-tuyg’u ifodalangan o’rinlar ham uchraydi: ro’y bergan yoqeaga munosabat, ba'zan shodlik, ba'zan o’kinch tarzda ifodalanadi.
Xorazm dostonlarida holat boshqacharoq. Bu dostonlarda voqeaning bayoni, ro’y bergan hodisa tafsiloti faqat nasrda ifodalanadi. She'riy parchalarda esa lirik his-tuyg’ular aks etadi. «Oshiq G’arib va Shohsanam» dostoniga murojaat qilaylik:
«Shohsanam G’aribni birdan ko’radiyu, yana ko’zdan yo’qotib, qayerga ketganini bilmay qoladi:
Uchirdim shunqor qushimni,
Hech bir yerda qarori yo'q.
Vo hasrato, mahvoshimning,
To yetguncha qarori yo 'q».
«Ravshan» dostonidan olingan parcha bilan «Oshiq G’arib va Shohsanam»dan olinganini solishtirsak, nasr va she'rdagi farq aniq ko’rinadi. Endi Namangan dostonchiligi an'anasiga oid "Zamonbek"dan olingan bir parcha keltiraylik:
«Go’ro’g’li yigitlarining g’ayrati kelib, o’tday tutashib, Shodmon polvon degan yigit Mamaniyoz orqasidan quyib turgan joyi ekan:
«Ko’ring Shodmon polvon ishini, Uni-buni deganiga qo’ymaydi, Bora qolib turvayidan ushlaydi, Taqimini bir ko’tarib tashlaydi».
Namunaning shakli va mazmunidan malum bo’ladiki, nasrda ham, nazmda ham qahramonlar harakatining bayoni o’z ifodasini bir xil topgan. Bu jihatdan Farg’ona dostonchiligi Samarqand ao’anasiga o’xshashdir.
Yuqorida qayd etilgan dostonchilik ao’analaridan tashqari, ularning tarkibida dostonchilik maktablari ham mavjud. Bir ao’ana doirasida doston mazmunidagi mohiyat saqlangan holda qahramonlar xatti-harakati, ruhiy kechinmalari yo’nalishini farqli tarzda namoyon qilish dostonchilik maktablari tushunchasini izohlaydi. Dostonchilik maktablari haqida tasavvur hosil qilish uchun quyidagi maTumotni keltirish o’rinlidir. Atoqli olimlarimizning ma'lumotlariga qaraganda, Fozil Yo’ldosh o’g’li Ergash Jumanbulbulning muhabbat mavzuidagi dostonlarini, xususan, «Ravshan»ni yaxshi aytishini tan olgan.
Ergash shoir esa Fozil Yo’ldosh o’g’lining «Alpomish» dostonini aytishiga, ayniqsa, qahramonlik lavhalarining jo’shqin talqiniga qoyil qolgan ekan. Ayni choqda, Fozil Yo’ldosh Ergash shoirning «Alpomish» qahramonlik dostonini muhabbatli qilib aytishini ta'kidlagan ekan. Shuning o’zidan ma'lum bo’ladiki, Bulung’ur maktabiga mansub Fozil Yo’ldosh o’g’li ko’proq qahramonlik dostonlarini yoki dostonlardagi qahramonlik lavhalarini ijro etishga moyil bo’lgan. Demak, Bulung’ur maktabining o’ziga xosligini ham ana shu belgi bilan izohlash mumkin. Ergash Jumanbulbul o’g’li yaqin bo’lgan Nurota (Qo’rg’on) maktabi namoyandalari esa ko’proq muhabbat mazmunidagi dostonlarni ijro etganlar. Demak, Nurota maktabida muhabbat lavhalarini, ruhiy holatlarni, his-tuyg’ularni nodalashga ko’proq e'tibor berilgan. Dostonchilik maktablari haqidagi tasavvurga ana shunday belgilar vositasida aniqlik kiritiladi. Aslini olganda, keyinchalik alohida-alohida maktab sifatida shakllangan hududdan mohir baxshi yetishib chiqqan. Keyingi shogirdlar ana shu baxshi tajribasidan va ijro usulidan bahramand bo’lganlar. Natijada, bir mahalliy sharoitda aytilgan doston ikkinchisidan farqlanib borgan va maktab sifatida shakllangan.
Xalq baxshilari ijodini o’rganish ular ijro etgan dostonlar orasida diniy mavzudagi asarlar ham mavjudligini tasdiqlaydi. Bunday baxshilar mustaqillik yillarimizgacha yashirin tarzda doston aytishga majbur bo’lganlar. Mustabid tuzumdagi turli tazyiqlar baxshilar sonining nisbatan kamayib ketishiga olib keldi. Ular doston aytishdan tashqari duoxonlik bilan ham shug,ullanganlar.
Shunday qilib, xalq dostonlari alohida mahorat bilan kuylangan markazlar shu hudud nomi bilan maktab sifatida atalgan. «Hozirgi kunda o’zbek folklorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari - baxshilik san'atining ajoyib markazlari aniqlangan».
Shulardan Fozil Yo’ldosh o’g’li mansub bo’lgan Bulung’ur dostonchilik maktabida ko’proq qahramonlik dostonlari badiiy jihatdan mukammal tarzda kuylangan. Bir necha versiya, o’nlab variantlari yaratilgan «Alpomish» qahramonlik dostonining Qo’ng’irot versiyasi sifatida eng oliy va badiiy barkamol namuna - Fozil Yo’ldosh o’g’li variantining qabul qilinishi bejiz emas. Professor Hodi Zarifov qayd etgan Amin baxshi ham shu maktab takitlaydi. Bu maktab shuhratiga qadimda Muhammad shoir, Sultonmurod Suyar, Rahimbulbul kabi baxshilar o’z ijodlari va ijrolari bilan munosib hissa qo’shganlar. Ular «Alpomish», «Oysuluv», «Hasanxon», «Chambil qamali» kabi dostonlarni alohida mahorat bilan ijro etganlar.
Samarqand dostonchiligida nom taratgan yana bir maktab Qo’rg’on dostonchiligi deb ataladi. Ergash shoirlarning ajdod va avlodlari shu maktab vakillari hisoblanadi. Avvalgi sahifalarda qayd etilganidek, bu maktab sohiblari dostonlarni muhabbatli qilib aytganlar. Qo’rg’on maktabida boshqalardan farqli o’laroq Sulton kampir, Mulla kampir ismli ayollar ham baxshilik sao’atini egallaganlar. Ulardan tashqari, Yodgor, Bo’ron baxshi, Jassoq baxshi, Po’lkan shoirlar ijodi shu maktabda shakllangan usul bilan rivojlangan. «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Ravshan», «Kuntug’mish», «Dalli» dostonlarini ijro etish aynan shu maktab vakillariga xos edi.
Уапа bir maktab Shahrisabz nomi bilan yuritiladi. Bu maktabda Xidir shoir, Ernazar shoir, Abdulla shoir kabi ijodkor baxshilar yetishib chiqqan. Bu maktabda Go’ro’g’li turkumiga oid dostonlar, ayniqsa, «Malikai Аууог» dostoni keng tarqalgan edi.
Narpay dostonchiligi maktabi ham bir qator baxshilari va dostonlari bilan o’zbek eposi rivojiga hissa qo’shgan. Narpay dostonchiligida Rajab shoirning tarbiyasida bo’lgan Islom shoir, Nurmon Abduvoy o’g’li nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi. Islom shoir o’z ijodida Qo’rg’on va Shahrisabz maktahiari ao’analarini uyg’unlashtira oldi.
Bu maktab vakllari ko’proq «Orzigul», «Sohibqiron», «Gulixiromon» kabi dostonlarni ijro etishgan.
Shemazar Beknazar o’g’li, Umir Safar o’g’li, Ahmad baxshi kabi ijodkorlar esa Sherobod dostonchilik maktabiga mansub sao’atkor edilar. Ular ijodida ham Go’ro’g’li turkumi dostonlari alohida o’rin tutadi. Bu maktab vakillari ayniqsa, «Malla savdogar», «011onazar 01chinbek» dostonlarini badiiy jihatdan mukammal ijro etganlar.
Janubiy Tojikistonda yashovchi Haybat Shamol o’g’li, Qunduz soqi kabilarning nomlari o’zbek baxshilari orasida hurmat bilan tilga olingan. Bu baxshilar ham Go’ro’g’li turkumi dostonlarini o’ziga xos usulda ijro etganlar.
Xorazm dostonchiligi musiqiyligi, dostonni jo’r ovoz bo’lib ijro etilishi, doston ijrosida bir necha musiqa asboblarida jo’r bo’lishi bilan ajralib turadi. Qadimgi sayillarda, to’ylarda 3-4 baxshi chaqirilgan va har bir baxshiga alohida-alohida davra berilgan. Sayil yakunida mohir baxshi atrofidagi odamlar ko’payib, saviyasi past baxshi atrofida hech kim qolmagan. Bu odat sao’atkorning o’z ustida muttaqil ish olib borishga va ijro sao’atini egallashga majbur qilgan. Undan tashqari, Xorazmda 40 yildan ortiq xonlik qilgan Muhammad Rahimxon (Feruz) har yili baxshi va xonandalarning ko’rigini o’tkazib, shaxsan o’zi ularga doston aytish huquqini bergan. Ijro darajasi zaif baxshini omma o’rtasida doston aytish huquqidan mahrum qilgan. Dostonchilikka bu qadar mas'uliyat. bilan yondashish Xorazm dostonchiligi rivojini ta'minlagan. Bu maktabda Amat baxshi, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Boltavoy baxshi, Qodir sozchi, Murod baxshi, Ro’zirnbek baxshi, Otaxon baxshilar ijod qilishgan va «Bozirgon», «Oshiq G’arib va Shohsanam», «Qirq ming», «Oshiq Mahmud» kabi dostonlarni katta konsert dasturini eslatadigan tomosha tarzida ijro etishgan.
Xalq dostonlari yurtirnizning turli hududlarida turlicha ijro etilishiga, ijro usullariga, voqealar sharhiga ko’ra, hatto, bir viloyatning o’zida ayrim-ayrim maktahiarga ega bo’lishidan tashqari mazmuniga ko’ra ham bir necha turlarda tasniflanadi. Taniqli olimlardan У. M. Jirmunskiy, H. M. Zarifov, M. Saidov, T.Mirzaev, B. Sarimsoqovlarning kuzatishiaricha, xalq dostonlarini turlarga bo’lishda ko’proq ularning mazmuniga, qahramonlarning fe'1-atvoriga e'tibor qilish ma'qul. Ammo nomlari tilga olingap olimlarning har biri amalga oshirgan tasnif ma'lum darajada bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularni quyidagicha nomlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |