Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Chin olim yostug’in toshtin yaratdi



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə119/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Chin olim yostug’in toshtin yaratdi,

Nima uqti ani olamga aytdi.

«Munojotnoma» ikki qismdan iborat, uning birinchi qismida ilm-hikmat kuylansa, uning ikkinchi qismida Muhammad payg’ambar (571-632)ning tarjimai holi xususida ayrim lavhalar keltiriladi. «Hikoyati me’roj» esa uning davomi sifatida jaranglaydi. «Hikoyati me’roj» izidan kelgan, choriyorlar Abu Bakr, (582-644), Umar (582-644), Usmon (576-655) va Ali (556-661)ga bag’ishlangan madhiy g’azallar ancha e’tiborli, ularda pand-nasihat, o’git etakchi o’rinda turadi, ushbu g’azallar ham adlu insof, sharmu hayo tushunchalari bilan sug’orilgan. Keyingi bir she’rda Mansur Xalloj haqida so’zlanib, uning fojeali taqdiri she’rga solinadi. Yassaviy o’zining 13 baytli she’riyatda mullalar Mansur Xallojni o’ldirganini, o’ldirganda ham uni kofir deb o’ldirishga jazm etishganini hikoya qiladi. Ana shu xildagi she’rlardan yana biri «Behisht va do’zax munozarasi» chuqur lirizmga boyligi bilan ajralib turadi. 13 baytli bu she’rda o’tkir masalalar tevaragida bahsu munozaralar avji o’z bayonini topgan.

Tasavvuf ko’p tarmoqli murakkab ta’limot, unga diniy-falsafiy va adabiy ta’limot sifatida yondoshish lozim. Tasavvuf kelib chiqishi nuqtai-nazaridan, eng avvalo, islomgacha bo’lgan turli diniy-falsafiy va diniy-adabiy oqimlardan bahra olgan bo’lsa, undan so’ng Islom dini, Qur’on oyatlari va suralaridan oziqlandi. «Qur’oni karim» oyatlari, musulmon dini rivoyatlari Muhammad s.a.v. hadislari so’zsiz, Yassaviy asl manbai, manshasi va sarchashmasidir. Yassaviy-turkiy tasavvuf adabiyotining asoschisi, uning «hikmat»laridan maqsadi turkiy zebonlar uchun sodda tilda, ixcham va ravon tarzda, Qur’onning asosiy magazini turkiyda bayon qilishdan iboratdir. Turkiy tilda yozishni o’sha davr olimlari xushlamasalar ham, baribir Yassaviy ushbu til imkoniyatlari beqiyos darajada ulkan ekanligini g’urur bilan eslatadi:


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin