O‘qitish vositalari
|
Ma'ruza matni, texnika vositalari , ish varaqasi, matnlar, diagrammalar, proyektor, yozuv taxtasi, rangli qog’oz,
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov va o’zaro savol-javob.
Yozma so‘rov: test va boshq.
|
Darsning maqsadi
|
Ta’limiy: talabalarda Atoyining ijodi haqidagi bilimlarni shakllantirish;
|
Tarbiyaviy: o’quvchilarga to’g’riso’zlikni o’rgatish;
|
Rivojlantiruvchi:talabalarni qadriyatlarni qadrlashga o’rgatish,badiiy asar o’qishga qiziqtirish
|
“Tushunchalar tahlili” texnologiyasi.(takrorlash uchun)
Metodning maqsadi: mazkur metod talabalarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlardarajasini tashxis qilish maqsadida qo’llaniladi.
Jarayonni amalga oshirish bosqichlari:
-talabalar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
-talabalarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan so’zlartushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (yakka yoki guruhli tartibda);
-talabalar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo’llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
-belgilangan vaqt yakuniga yetgach, o’qituvchi berilgan tushunchalarning to’g’ri va to’liq izohini o’qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
-har bir ishtirokchi berilgan to’g’ri javoblar bilan o’zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o’z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Dostları ilə paylaş: |