1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Ayon ul (hur) zahr chashm aylab,
nihon bu (pari) no‘shxand etmas.
Yoki:
Ayon ul (pari) zahr chashm aylab,
nihon bu (hur) no‘shxand etmas.
Ayni paytda «qatlim yo hayotimg‘a»ning hurga ham, pariga ham bir xil darajada aloqadorligini e’tirof etish joiz.Jam’u taqsim san’ati navbatdagi bayt uchun ham xosdir.Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.Bu yerda istiora, jam’u taqsim, ta’did va takroriy so‘zlar shoir ko‘zda tutgan ma’nolarning yuzaga chiqishida asosiy vosita vazifasini ado etmoqda.
Demak, hozirgacha mavjud sharoit va shaxslar orasida munosib do‘st topilmadi. Yoki bunday do‘stning o‘zi yo‘qmi? Bunday emas, bunday shaxs bor. U – yordir. Ammo u ham ancha-muncha «xislatlarga» ega. Xususan, u qotilvash, majnunshior, shuning uchun ham uning joyi lirik qahramonning «buzug‘ ko‘ngli»dir: