Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Ushbu g‘azal «Badoye’ ul-vasat» devoniga kiritilgan



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə175/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Ushbu g‘azal «Badoye’ ul-vasat» devoniga kiritilgan bo‘lib, Navoiyning falsafi-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadi. Olam turfa hodisotlarga boy. Shulardan biri kishi ko‘nglining nozikligi bilan bog‘liq. Jumladan, hammaga hamma har doim yoqavermaydi, ma’qul kelavermaydi.
Meni men istagan o‘z suhbatig‘a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas
.
Navoiy nihoyatda hayotiy muammoni, yechimi og‘ir, qiyin masalalarni kun tartibiga qo‘yar ekan, ularning poetik ifodasini juda sodda va yengil tarzda hal qiladi. Mazkur baytda biz so‘zlar takrori zimmasidagi vazifalarni ko‘rib turibmiz. Baytda «men» olmoshi uch marta, «istamoq» fe’li ikki marta, ot so‘z
turkumidagi «suhbat» ikki marta, «etmas» yordamchi fe’li ikki marta qo‘llangan. Ammo bu yerda so‘zlar takrori emas, balki ma’nolarning ajoyib tovlanishi kishini mahliyo etadi. So‘zlar takrori ma’nolar jilvasinig yuzaga chiqishi uchun imkon hozirlab beradi. A hamda i unlilarining faolligi, radifning ishtiroki bayt ohangdorligiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib turibdi.
Nega kishi o‘ziga ma’qul kishilar bilan hamsuhbat bo‘lish uchun ham ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishi kerak? Buning sabablari ko‘p. Shulardan biri, inson o‘ziga ma’naviy oziq berishi mumkin bo‘lganlarga intiladi. Ammo intiltiruvchining imkoniyatlari intiluvchi istagan darajada bo‘lmasligi mumkin:

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin