1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Majmu’i davoni dard qildi,
Dardingki, manga davo bo‘lubtur.
Bu yerda so‘zlarning o‘rni oddiygina tarzda almashib kelayotgani yo‘q. Bu almashishlar natijasida yangi so‘z o‘yinlari hosil bo‘lmoqda. Dastlabki misrada «davo» va «dard» so‘zlari shu ketma-ketlikda qo‘llangan edi. Dard qilmoq, qiyinchilikka ro‘para kelmoq, qiyinchilikni ro‘para qilmoq ma’nolarini beradi. Bunda muayyan qiyinchilikning kuchayishi nazarda tutiladi. «Dard ustiga dard bo‘ldi», «Dard ustiga chipqon»
singari iboralarni ham esga olish mumkin. Ularda shu ma’no yanada kuchaytirilgan holda namoyon bo‘ladi. Keyingi misrada ularning o‘rni almashgan holda kelmoqda. Garchi shaklan «dard» so‘zi o‘zgarishsiz qo‘llanayotgan bo‘lsa-da, bu yerda u ishq, o‘y, orzu singari ma’nolarni anglatib turibdi.