Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə167/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

«FSMU» texnologiyasi.

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv seminari yakunida, yoki o’quv rejasi asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach, qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya o’quvchilarni o’z fikrini qimoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o’quvchilarning o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda o’quvchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.

Bu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrini aniq va qisqa qolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

Bu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:

1-bosqich:

-o’quvchi o’quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo’lgan muammoni, yoki o’rganilgan bilimni belgilab oladi;

- o’qituvchi o’quv mashg’ulotida avval har bir o’quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo’lib ishlanishi haqida o’quvchilarga ma’lumot beradi;

- mashg’ulot davomida har bir o’quvchi o’z fikrini erkin holda to’liq bayon etishi mumkinligini eslatib o’tadi.

2-bosqich:

- har bir o’quvchiga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi:

F – fikringizni bayon eting;

S – fikringizning bayoniga sabab ko’rsating;

M – ko’rsatilgan sababingizni isbotlab misol keltiring;

U – fikringizni umumlashtiring.

Har bir o’quvchi yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMUning to’rt bosqichida o’z fikrlarini yozma bayon etgan holda to’latadi.

3-bosqich:

- har bir o’quvchi o’z qog’ozlarini to’latib bo’lgach, o’qituvchi ularni kichik guruhlarga bo’linishlarini iltimos qiladi yoki o’zi turli guruhlarga bo’lish usullaridan foydalangan holda guruhni kichik guruhlarga ajratadi;

- o’qituvchi qar bir guruhga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlarini tarqatadi;

- o’qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda to’rt bosqich bo’yicha yozishlarini taklif etadi.

4-bosqich:

- kichik guruhlarda avval har bir o’quvchi o’zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib chiqadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o’rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin