Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur,
Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofitur.
Bu yerda «tirilmoq» va «o‘lmoq» so‘zlari o‘zaro zid qo‘yilgan.
Quyidagi baytdagi tazodlar «nasIya» bilan «naqd» so‘zlari tufayli hosil bo‘lgan:
Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar,
Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur?(Atoyi)
TALMEH. Talmeh arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash» demakdir. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida firni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Xorazmiyda shunday bayt mavjud: