TASHBEH (O‘XSHATISH)
Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o‘xshatish deb yuritiladi. U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim
xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.Adiblar tashbehdan o‘z g‘oyalari, fir va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi.
Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular o‘xshatilgan narsa (mushabbah) o‘xshagan narsa (mushabbahbihi),o‘xshatish sababi (vajhi shaboh) hamda o‘xshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat.
O‘xshatishlarning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday firning aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasavvur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘xshatishlarning yana bir xususiyatini ta’kidlash zarur. Bu
ma’lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘lla nishidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘z va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qo‘llanadi. Bo‘ri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, o‘limga ham nisbatan qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Lekin ularning hammasida ham bo‘ri o‘xshatishi aynan bir xil ma’noda kelmaydi. Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi yaratilgan:
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
Ko‘rinib turganidek, go‘zal yor (sanam) pariga o‘xshatilmoqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirg‘og‘ida, ariq bo‘yida) bo‘ladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda.
ISTIORA. Istiora arabcha so‘z bo‘lib, «qarz olish» ma’nosida keladi. Istiora ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi.Tashbehdan farqli ravishda, o‘xshatish vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |