1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi,
O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi.
Shoir yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag‘lub. Shuning uchun ham sochning o‘rni beldan pastda bo‘lishi kerak degan shoirona asos aytilmoqda. Vaholanki, uzun sochning tabiiy ravishda beldan pastda bo‘lishi hammaga yaxshi ma’lum. Ibodat chog‘ida boshni yerga qo‘yish odatdagi hol. Ammo shoir uni tamomila boshqacha izohlaydi.
TAJNIS. Tajnisni «jinos» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa «hamjins» degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashnianglatadi.