Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.(Xorazmiy)
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan olingan ushbu baytmisralaridagi oxirgi so‘zlar shaklan bir xil. Ammo ular har ikki misrada boshqa-boshqa ma’noni anglatmoqda. Dastlabki «qil» – «ingichka, nozik» ma’nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe’lini anglatadi.
Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob,
Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
Bu yerda «tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehrsizlikni ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma’nosida kelmoqda.
TA’DID Ta’did to‘g‘risidagi ma’lumotlarni klassik poetika haqidagi manbalarning ko‘plarida uchratish mumkin. Bu ma’lumotlarda u turli nomlar bilan yuritilgan. Masalan, siyoqat-ul a’dod («Aruzi Humoyun», «Badoye’ us-sanoe’», «Latoyif at-tavoif», «Jamoi muxtasar», «Rahnamoyi adabiyoti forsiy»), ta’zil («Badoye’ us-sanoe’»), shumur («San’athoyi bade’yi dar she’ri tojikiy»), e’dod, ta’did, te’dod («Ilmi bade’ dar zaboni forsiy») shular jumlasidandir.
Bu usulning go‘zal namunalarini so‘z ustalarining deyarli barchasida uchratish mumkin. Jumladan, Ahmad Yassaviy o‘zining badiiy niyatini alohida ta’kidlash uchun shu san’atdan foydalanadi: