Ishchi dasturni o’quv jarayoniga qo’llash uchun tavsiya qilamiz.
Taqrizchi: NamDU filologiya fanlari nomzodi U. Qo’ziyev
ADABIYOT FANIDAN
O‘QUV DASTURI
(10 (1-kurs)-11(2-kurs)-sinfla)r
UQTIRISH XATI
Adabiyot fanining o‘quv dasturi 10-11-sinf (1-2 kurs) o‘quvchilari uchun davlat ta’lim standartlarining B1 darajasi talablari asosida tuzilgan. Davlat ta’lim standartining B1 darajasi 10-11- sinf (1-2kurs)lar uchun me’yor hisoblanadi. Mazkur sinflar bitiruvchilari davlat ta’lim standartining ushbu darajasi uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart. Shundan kelib chiqib, har bir sinf uchun ta’lim mazmuni uzviylik va uzluksizlik asosida taqsimlangan.
Adabiyot ta’limining asosiy maqsad hamda vazifalari o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va tafakkurini rivojlantirish, so‘z san’atiga, Vatanga, milliy an’ana va boy ma’naviyatimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdir.
Bosh maqsaddan kelib chiqqan holda adabiyot o‘quv fanining oldiga qo‘yilgan maqsad quyidagilardan iborat:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish;
milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borish.
Dostları ilə paylaş: |