Adabiyot fanidan savollar



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə4/4
tarix05.06.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#125138
1   2   3   4
Adabiyot fanidan savollar

Alisher Navoiy
1.Alisher Navoiyning otasining ismi?
a) G’iyosiddin Muhammad b) G’iyosiddin Mahmud d)G’iyosiddin Ismoiliy c) Shayx Sa’diy
2. Uni yana kim deyishardi?
a) Kuchli bahodir b) kichkina bahodir d) Katta bahodir c) barchasi tog’ri
3. A.Navoiy yoshligida kimlarni asarlarini sevib o’qigan?
a) F.Attor N.Ganjaviy X. Dehlaviy Sh.Sa’diy b) Shayx Muslihiddin F.Attor X.Dehlaviy d)N.Ganjaviy Shayx Muslihiddin c) barchasi tog’ri
4. Kimning kitobi Alisher Navoiyning hayolini o’g’irlab olgan edi?
a) F.Attorning ,,Lison ut-tayr” b) X.Dehlaviyning ,,Mantiq ut-tayr”
d) F.Attorning ,,Mantiq ut-tayr” c) Mavlono Lutfiyning ,,Mantiq ut-tayr”
5. F.attorning,,Mantiq ut –tayr “asari kimni hayolini o’g’irlab olgan?
a) Alisher Navoiy b) Mirzo Bobur d)Uvaysiy c) Nodirbegim
6.1452-57 – yillarda qayerlarda yashagan?
a) Sabzavor keyin Mashhadda b) Hirotda keyin Mashhadda d) Mashhardda keyin Hirotda
7. A.Navoiy qanday taxalluslar bilan ijod qilgan?
a) Navoiy b) Foniy d) Julqunboy c) a va b
8. ,,Navoiy” so’zining ma’nosi?
a) O’tkinchi b) Vaqtinchalik d) qo’shiq c) kuy
9.,,Foniy” so’zining ma’nosi?
a) vaqtincha b) kuy d) qo’shiq c) o’tkinchi
10. Bo’lajak shoir necha yoshlarida she’r yoza boshlagan?
a) 5-6 yoshlarida b) 7-8 yoshlarida d) 8 -9 yoshlarida c) 4-6 yoshlarida
11. Necha tilda ijod qilgan?
a) faqat forschada b) fors, arab, turkiy tillarda d) o’zbek, fors tillarida c) turkiy va fors tillarida
12. 12 yashar Alisherning she’rlarini tinglab qoyilgan shoir kim edi?
a) 90 yoshli Mavlono Lutfiy b) Husayn Boyqaro d) 90 yoshli F.Attor c) Xusrav Dehlaviy
13. Lutfiy uning qaysi matlali g’azaliga yuqori baho berdi?
a) Har kishi yolg’onni desa, lek kam,
Bo’lg’ay edi kosh bu davronda ham
b) Har kishikim, tuzluk erur peshasi,
Kajrav esa charx ne andeshasi
d) Orazin yopg’och sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh
c) Kimki bu davronda qilur rostliq
Yo’qtur ishi g’ayri kam-u ko’stliq

14. Orazin yopg’och sochilur har lahza yosh,


Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh
Ushbu g’azalni A.Navoiy necha yoshligida yozgan?
a) 8 yoshida b) 9 yoshida d) 12 yoshida c) 11 yoshida
15.A.Navoiy 1466 – 1469 yillarda qayerda yashadi?
a) Hirotda b) Samarqandda d) Buxoroda c) Astrobodda
16. Qaysi shahar shoir hayotida o’chmas iz qoldirdi?
a) Hirot b) Samarqand d) Buxoro c) Astrobod
17. Husayn Boyqaro nechanchi yilda taxtni egallaydi?
a) 1449- yilda b) 1466 –yilda d) 1469-yilda c) 1468– yilda
18. Husayn Boyqaro taxtga chiqqach A.Navoiyni qanday lavozimga tayinlaydi?
a) Muhrdor b) Hokim d) Vazir C) xazinabon
19. Shoir qachon vazir lavozimini egallaydi?
a) 1474- yilda b) 1482-yilda d) 1476 –yilda c) 1472-yilda
20. Nechanchi yillarda Astrabodda hokim vazifasida ishlaydi?
a) 1487 – 1489 yillarda b) 1478 – 1488 yillarda d) 1487 – 1488 yillarda c) 1488- 1489 yillarda
21. A.Navoiy umri davomida qanch devon tuzgan?
a) 6 ta she’riy devon b) 8 ta devon d) 5 ta she’riy va 7 ta nasriy c) 7 ta she’riy devon
22. A. Navoiy kimning qaysi asariga javoban o’zining ,, Xamsa “ asarini yaratadi?
a) N.Ganjaviy ,,Panj ganj” b) F. Attorning ,,Mantiq ut-tayr” d) Xusrav Dehlaviyning ,,Panj ganj”
23.Alisher Navoiy Astrobodda qanday vazifada ishlaydi?
a) Muhrdor b) Hokim d) Vazir C) xazinabon
24.,,Panj ganj” so’zining ma’nosi?
a) qush nutqi b) hayvonlar nutqi d) besh panja c) besh xazina
25. A.Navoiy o’zi ,, hayrat ul- abror” dostoniga kirgan 10-maqolotini nimaga bag’ishlaydi?
a)to’grilik va rostgo’ylik b) to’g’rilik va egrilikka d rostgo’ylik va yolg’onchilikka
26. Shu maqolotda shoir to’g’rilik sifatida nimalarni hayotiy misolar bilan dalillaydi?
a) to’g’ri yo’l b) yonib turgan shamni d) bir tekis yozilgan yozuvni c) barchasini
27. Shu maqolotda shoir egrilik sifatida nimalarni hayotiy misolar bilan ifodalaydi?
a) sunbul o’simligini b)shu’laga intilgan parvonani d)egri yozilgan xatni c) barchasini
28.Navoiyning ,,,Hayrat ul – abror” dostoni necha bobdan iborat?
a) 64 b) 63 d) 73 c) 20
29. Navoiyning ,,,Hayrat ul – abror” dostoni necha maqolotdan iborat?
a) 22 b)43 d) 73 c) 20
30. A.Navoiy yashagan zamonda o’g’ri odamlarni qanday jazolashgan?
a) barmoqlari kesilgan b) qo’li kesilgan d) o’ldirilgan c) barchasi qo’llanilgan

31. A. Navoiyning …………….. hikoyasida,,Nima desang ham rostini gapir”g’oyasi ilgari suriladi. Bu qaysi hikoya?


a),,o’ninchi maqolot” b) sher bilan Durroj c) ikkalasida ham bu g’oya ilgari surilgan
32. Asardagi qaysi obraz dastlab do’st bo’lishni taklif etdi?
a) sher b) durroj d) ikkalasi birgalikda kelishib oladi
33.,,Sher bilan Durroj “ hikoyasida Durroj nima sababdan tuzoqqa tushib qoladi?
a) doimiy yolg’onlari tufayli b) sherning aybi bilan
d)xudbinligi tufayli c) do’stiga xiyonati qilganligi uchun
34.A.Navoiyning ,,Sher bilan Durroj “ hikoyasida qanday g’oya ilgari suriladi?
a) iloji boricha yolg’on gapirmaslik b) rostgo’y va to’g’ri bo’lish c) a va b
35. Mantiq ut-tayr” so’zini ma’nosi?
a) Qush tili b) hayvon nutqi d) Qush nutqi c) jonzotlar nutqi
36. Buyuk shoir,So’z mulkining sultoni”Alisher Navoiy qachon va qayerda vafot etadi?
a) 1501 – yilda 3 – yanvarda Hirotda
b) 1501 – yilda 3 – dekabrda Hirotda
c) 1501 – yilda 5 – yavarda Hirotda
d) 1500 – yilda 5 – dekabrda Hirotda

Sa’diy Sheroziy


1.Shoir asl ismi kim edi?
a) Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy b) Shayx Musliddin Sa’diy Sheroziy
d) Shayx Muhammad Sa’diy Sheroziy c) Shayh Muslim Sa’diy Sheroziy
2. Shayx deb kimlarga aytilgan?
a) so’fiylar boshlig’iga b) din arboblariga
c) namoz jamoa bo’lib o’qilganda oldindagi boshlab boruvchiga d) a va b
3. Shoir nomi qayerlarda mashhur edi?
a) sharq va Janubda b) shimol va Janubda d) sharq va g’arbda c)Janub va g’arbda
4.Shoir nomi nima sababdan sharq va g’arbda mashhur edi?
a) u juda ajoyib romanlar yozdi va bu romanlar hikmatlarga boy edi.
b) u juda ajoyib qissalar yozdi va qissalar insonlarni to’g’rilikkka boshlardi.
d) u juda ajoyib g’azallar yozdi va bu g’azallar hikmatli fikrlarga boy edi.
c) barcha javob to’g’ri
5.Ey sarbon ohista ron oromi jonam meravad
Ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan?
a) Ey sarbon ohista yur oromijon ketmoqdadur
b) Ey sarbon ohista yur oromijon kelmoqdadur
d) to’g’ri javob yo’q
6.Yevropalik qaysi ijodkorlar Sa’diy Sheroziy she’rlariga murojaat qilgan?
a) Fransuz Gyote va nemis Volter
b) nemis Gyote va rus Lermontov
d) nemis Gyote va fransuz Volter
c) to’g’ri javob yo’q
7. Shoirning qaysi asari nomini dunyoga tanitgan?
a) Guliston
b) Bo’ston
d) Zarbulmasal
c) a va b
8. Sa’diy Sheroziy qachon va qayerda tug’ilgan?
a) 1189 – yilda Hirotda
b) 1184 – yilda Xuroson
d) 1203 – yilda Hirot
c) noma’lum
9. Shoirning tug’ilgan yillarini qaysi yillar bilan bog’laydilar?
a) 1184 1989 1200 1203
b) 1148 1189 1203 1208
d) 1184 1189 1203 1210
c) 1189 1198 1200 1220
10. Sa’diy Sheroziy qanday oilada tug’ilgan?
a) sherozlik davlat xizmatchisi oilasida
b) oddiy bog’bon oilasida
d) sherozlik tabib oilasida
c) noma’lum
11. Sa’diy o’z ijodini nimalar yozishdan boshlagan?
a) kichik – kichik hikoyalar yozishdan
b) chistonlar yozishdan
d) lirik she’rlar yozishdan
c) ruboiy yozishdan
12. ,,Daryo ko’rmagan qul ” hikoyatidagi qul bilan bog;liq muammoni kim hal qiladi ?
a) vazir
b) hakim
d) podshoh
c) to’g’ri javob yo’q
13. Shoirning ,,Hunar o’rganmoq “ haqidagi hikoyasidan qanday xulosa kelib chiqdi?
a) hunarli kishi xech qachon xor bo’lmasligi
b) boylikni tortib olishlari mumkin lekin hunarni sendan xech kim tortib ololmasligi
d) hunar o’rganish va uni yaxshi ishlarga sarflash
c) barcha javoblar to’g’ri
14. Daryo ko’rmagan qul hikoyatida qul nima uchun vahimaga tushgan edi?
a) noshukrligi tufayli
b) daryoni birinchi marta ko’rganligi uchun
d) kemani kattaligini ko’rib
c) b va d
15.Darvesh hikoyatidan qanday xulosa kelib chiqadi?
a) noshukr bo’lmaslik
b) hunar o’rganish
d) rostgo’y bo’lish
c) barcha javob to’g’ri
16.,,Tutqinlikdan qutqarilib yomon fe’lli xotinga yo’liqqan qul bilan bog’liq hikoyat” so’ngida qanday she’riy janr qo’llanilgan?
a) tanosub
b) tajnis
d) masnaviy
c) takrir
17. Qorning to’q esa, arpa non yaxshi ko’rinmas
Gar och ersang, oy qursi kabi xo’b erur va sof
A’rof behisht o’lg’usidur do’zax eliga
Jannat eliga bo’lg’usi do’zax va’le a’rof
Ushbu misralar qaysi hikoyatning so’ngida xulosa sifatida berilgan?
a) Xunar o’rganmoq
b) Daryo ko’rmagan qul
d) Darvesh hikoyati
c) b va d
18. ,,Xunar o’rganmoq’’ hikoyatinig so’ngida xulosa sifatida berilgan?
a) Boshqalar moliga ko’ngil qo’ymagil,
So’ngra ko’ngil uzmoq juda ham mushkul.
b) Chumoli yoz bo’yi yig’ar yemak – don,
Toki qishda uyi bo’lsin faravon.
d) Erta kun arpaga zor bo’lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug’day non yesang
c)Ota merosini gar istasang, o’tgan ota ilmin
Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tmom o’lg’ay
19. Alisher Navoiy qaysi asarlarini sevib o’qigan?
a) zarbulmasal
b) Bo’ston
d) Guliston
c) b va d
20.Navoiy bu asrlarni sevib o’qiganligini qaysi asarda ta’kidlaydi?
a) Mantiq ut-tayr
b) Lison ut--tayr
d) Hayrat ul - abror
c) Sabba’i sayyor
21.Asrlar davomida qaysi asar eski maktablarda darslik sifatida o’qitilgan?
a) Guliston
b) Bo’ston
d) Lison ut-tayr
c) a va b
22.Jadid allomalarimizdan kimning qaysi asari bevosita Sa’diy asarlari asosida yaratilgan?
a) A.Avloniyning ,,Turkiston yoxud axloq”
b) Firdavsiyning ,,Shohnoma”
d) Hamza ,, Yig’la Turkiston”
c) A.Qodiriy ,,Qizil Bayroq”
23. Ularning qaysi asari so’nggi 6-7 asr davomida o’zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan?
a) Bo’ston
b) Zarbulmasal
d) Turkiston yoxud axloq
c) Guliston
24. Uning “Bo’ston” asari qachon o’zbek tiliga o’girildi?
a) 1906 - yilda
b) 1960 - yilda
d) 1969 - yilda
c) 1909 - yilda
25. Uning “Bo’ston” asaridan olingan ,,Ayb qidirmaslik” haqidagi she’riy hikoyatda kimlar qoralangan?
a) hasadgo’ylar
b) yolg’onchilar
d) bir- birini ko’rolmaydiganlar
c) a va d
26. Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i she’riy hikoyatda qanday xulosa kelib chiqadi?
a) mehnatsiz rohatga erishib bo’lmasligi
b) noshukr bo’lmaslik
d) sho’xlikni ham meyordan ortig’i tashvish keltirishi mumkinn ekanligi
c) a va d
27. ,,Adolatli podshoh bilan bog’liq” hikoyatda nima sababdan podshoh zarbop to’nlar kiymasdan oddiy to’n kiyishni o’ziga afzal biladi?
a) dono bo’lganligi uchun
b) boyligini behuda narsalarga sarflashni yomon ko’rgan
d) xazinani askarlarga va yurtini rivojlantirish uchun sarflash kerak deb hisoblardi
c) barcha javob to’g’ri
28. ,,Suvsizlikdan chanqagan it “bilan bog’liq hikoyatdan qanday tarbiyaviy xulosa kelib chiqadi?
a) Xunar o’rganish kerakligi
b) bir oqibatli bo’lish
d) qo’lingdan kelganicha barchaga yaxshilik qilish kerakligi
c) barcha javob to’g’ri
29. Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston” asariga kirgan she’riy hikoyatlar qaysi she’riy janrda yaratilgan?
a) masnaviy
b) g’azal
d) tuyuq
c) fard
30.Shoir sayohatlarida o’tgan 20 yildan ortiq ko’rgan bilganlarini umumlashtirib qaysi asariga
ixcham hikoya qilib kiritgan?
a) Bo’ston
b) Guliston
d) Zarbulmasal
c) Lison ut-tayr
31. Bo’stonda keltirilgan bir hikoyatni,,o’sha man edim” deb tugatgan kishi kim edi?
a) muallif
b) hakim
d) podshoh
c) to’g’ri javob yo’q
32. Sa’diy Sheroziyning ,,Guliston” va ,,Bo’ston” asarlari qaysi adabiyotda didaktikyo’nalishni boshlab bergan?
a) g’arb adabiyotida
b) sharq adabiyotida
d) a va b javob to’g’ri
c) to’g’ri javob yo’q
33. ,,Guliston” asari necha bob dan iborat?
a) 6 bob
b) 9 bob
d) 8 bob
c) 10 bob
34. ,,Guliston” asari nimalarni o’zichiga olgan?
a) ta’lim-tarbiyaviy mazmundagi hikoyalarni
b) she’riy uslubda yozilgan hikmatlarni
d) diniy mazmundagi hikmatlarni
c) barcha javob to’g’ri
35. ,,Bo’ston” asari necha bobdan iborat?
a) 6 bob
b) 9 bob
d) 8 bob
c) 10 bob
36. ,,Guliston” va ,,Bo’ston” asarlari nechanchi yilda yozilgan?
a) 1257 – yilda ,,Guliston” 1258 - yilda ,,Bo’ston”
b) 1257 – yilda ,, Bo’ston” 1258 - yilda ,,Guliston”
d) 1259 - yilda ,,Guliston” 1260 – yilda ,,Bo’ston”
c) 1249 – yilda ,,Bo’ston “ 1257 – yilda ,, Guliston”

Abdulla Oripov


1. Abdulla Oripov qachon tug’ilgan?
a) 1841 – yilda
b) 1941 – yilda
d) 1944 – yilda
c) 1945 – yilda
2. Abdulla Oripov qayerda tug’ililgan?
a) Surxondaryo viloyatining Qorasuv qishlog’ida
b)Qashqadaryo viloyatining Neko’z qishlog’ida
d) Qashqadaryo viloyatining Qorako’z qishlog’ida
c) Surxondaryo viloyatining Karmana qishlog’ida
3. Otasining ismi kim?
a) Abror bobo
b) Asad bobo
d) Orif bobo
c) Odilbobo
4. Onasining ismi kim?
a)Turdi qizi
b) Turdi Karim qizi
d) Turdi Karvon qizi
c) Turdi Kamol qizi
5. Onasiga atalgan samimiy tuyg’ularini qaysi she’rlarida ifoda etadi?
a) Onajon
b) Ona
d) Munis zot
c) Mo’tabar inson
6.Uning 1-kitobi qachon nashr etilgan?
a) 1956 – yilda
b) 1965 – yilda
d) 1971 – yilda
c) 1969 – yilda
7.A.Oripovning 1- kitobining nomi?
a) Mitti yulduz
b) Qushcha
d) Onajon
c) Tilla baliqcha
8.Uning ijodiy salohiyatiga qaysi mashhur adib yuqori baho bergan?
a) Abdulla Qodiriy
b) Abdulla Avloniy
d) Abdulla Qahhor
c) to’g’ri javob yo’q
9. A.Oripovning qaysi asarlarni o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan?
a) X. Deryatevning ,,Qismat”
b) K.Fedinning ,,Ilk sevinchlar”
d) Tolstoyning ,,Kazaklar”
c) Dante Aligyerining ,,ILohiy komediy”
10.Shoirning Amir Temur haqida qanday mashhur asari mavjud?
a) Sohibqiron
b) Avlodlarga maktub
d) Fojia
c) Jannatga yo’l
11.Hukumatimiz Abdulla Oripovning adabiyot va san’at oldidagi xizmatlarini qanday baholadi?
a) O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni bilan taqdirladi
b) O’zbekiston Qahramoni degan muqaddas nomga loyiq ko’rdi.
d) Markaziy Osiyo xalqlarimadadiyati Assambleyasi raisi muovini lavozimiga tasdiqladi
c) barch javob to’g’ri
12.A.Oripovning ,,O’zbekiston” she’rining hajmi qancha?
a) 14 satrlik 10 banddan iborat
b) 10 satrlik 14 banddan iborat
d) 14 satrlik 12 banddan iborat
c) 10 satrlik 16 banddan iborat
13. ,,O’zbekiston” qasidasi qanday qofiyalangan?
a) Har bandning so’nggi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi.
b) xuddi g’azaldek qofiyalangan
d) a-a-a-a b-b-b-b tarzida qofiyalangan
c) a – a – a –b b – a – a – a tarzida
14.She’r nimaga bag’ishlangan?
a) sevgan yoriga
b) onasiga
d) odob - axloqqa
c) ona vataniga
15.She’rda Beruniyning qanday buyuk xizmati tilga olinadi?
a) globusni yaratgan birinchi olim sifatida
b) Xristofor Kolumbdan salkam 500 yil oldin Amerika qit’asini bashorot qilgan olim sifatida
d) Geografiya Geodeziya fanlariga asos slogan olim sifatida
c) barcha javob to’g’ri
16. Shoir she’rda yana qaysi tarixiy siymolarga to’xtab o’tishni lozim ko’rgan?
a) Amir Temur Ulug’bekAl-Xorazmiy
b) To’maris Nodirabegim Alisher Navoiy
d)Jaloliddin Manguberdi Amir Temur
c) barcha javob to’g’ri
17. Shabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida,
Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar,
Quyoshning erinchak yog’dularida,
Nafis yaltiraydi bargi xazonlar.
Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?
a) Maqsud Shayxzoda
b) Abdulla Oripov
d) Erkin Vohidov
c) Muhammad Yusuf
18. Abdulla Oripovning qalamiga mansub asarlar berilgan qatorni toping?
a) ,,Jannatga yo’l”, ,,Bahor” ,, Yurtim Shamoli” ,, Tilla Baliqcha “
b) ,,Javob “,,Birinchi muhabbatim” ,,Sen bahorni sog’inmadingmi?” ,, Yuzma-yuz”
d) ,,Vatan” ,,Alvido” ,,Ozodlik bayrami” ,,Haj daftari “,,Muslimalar”
c) a va b javoblar
19.<>
Ushbu parcha A.Oripovning qaysi asridan olingan?
a) ,,Ilg’or ishchi va chaqqon muxbir qissasi”dan
b) ,,Hakim va ajal” dostonidan
d) ,,Jannatga yo’l” dostonidan
c) ,,Sohibqiron” dramasidan
20. Abdulla Oripovning 1-she’rining nomi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan?
a) Mitti yulduz
b) Qushcha
d) Yulduzcha
c) Ona

21. A.Oripov qaysi to’plami uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat Mukofotiga sazovor bo’ladi?


a) ,,Munojot”
b) ,,Hikmat sadolari”
d) ,,,, Haj daftari”
c) ,, Ishonch ko’priklari”
22. A.Oripov qachon O’zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo’ldi?
a) 1983 – yilda
b) 1990 - yilda
d) 1998 - yilda
c) 1981 – yilda

Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin