Adabiyot insonlarni tarbiyalaydigan, ruhiyatini oziqlantiradigan, taʼbir joiz boʻlsa "koʻzlarini ochadigan" beqiyos kuch, inson aqliy va ruhiy omiling mahsulidir
Sharqadabiyotshunosligining o'ziga xos qirralari Adabiyot insonlarni tarbiyalaydigan, ruhiyatini oziqlantiradigan, taʼbir joiz boʻlsa "koʻzlarini ochadigan" beqiyos kuch, inson aqliy va ruhiy omiling mahsulidir. Buyuk maʼrifatparvar yozuvchi Abdulla Qahhor aytganidek, “Adabiyot atomdan kuchli…” Agar uning kuchi “oʻtin yorish”ga sarf qilinmasa, adabiyot pokiza va muqaddas ish boʻlib qolsa, hech shak-shubha yoʻqki, badiiy soʻzning kuch-quvvati ortib boradi. Soʻz insonni tarbiyalaydi. Uni fikr mushohadasiga yoʻnaltiradi. Jamiyatda inson ruhining muhandislari butun millat, kerak boʻlsa dunyo xalqlarining yuragidagi tugʻyonlarini uygʻoya oladi. Zero, badiiy soʻz qudrati katta. Bunga beeʼtibor davlat taqdiri tanazzulga yuz tutadi. Oʻzbek adabiyoti esa dunyo adabiyoti vallamatlaridan desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Odatda, Sharq adabiyoti deyilganda, koʻz oldimizda Navoiy, Lutfiy, Xorazmiy, Bobur, Jomiy kabi siymolar gavdalanadi. Bu bejiz emas. Darhaqiqat ular buyuk uygʻonish davrida nasr va nazmda samarali va sermahsul ijod qilishgan. Biroq, Sharq Movarounnahr yoki Xuroson yoxud Fors olami bilan cheklanib qolmaydi. Sharq adabiyotiga koreys, xitoy, turk, arab, yapon, hind kabi millatlarning maʼnaviy boyliklari ham kiradi. Ushbu xalqlar adabiyoti hamisha oʻzining gʻoyaviy klassik ahamiyati bilan ajralib turadi. Qadimgi sharq adabiyoti axloqiy-didaktik ruhi bilan sugʻorilganasarlarni jamlagan boʻlsa, gʻarbda hayotga muhabbat, insonlarni sevish, umrdan zavq olish kabi gʻoyalar ilgari suriladi. Qiyosiy olib qaraganda, Osiyoning axloqini tarbiyalagan Navoiy, Lutfiy, Bobur, Konfutsiy kabi ijodkorlar Sharq olamiga nasr va nazmning bir necha ming yillik tamal toshini qoʻyib ketdi. Ularning davomi sifatida bugun ham jamiyatga xos boʻlgan qarashlarni, muammolarni olib chiqadigan ijodkorlar tugʻilmoqda. Kitobxonga oʻz ruhiyatini singdirayotgan, axloqan tuzatish va tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan, millatning yaqqol fikrini ochiqlayotgan qalam sohiblari qatlami oʻz tasavvuri orqali davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari adabiyotning bir necha yoʻllarida ham Osiyo davlatlari odimlamoqda. Misol uchun buyuk yapon muallifi Yasunari Kavabata 1968-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston va arab adabiyotining oʻziga xosligi, yangi zamon arab adabiyoti. Oʻrta Osiyo adabiyoti, uning istiqboli va taraqqiyotiga Yaqin va Uzoq Osiyo soʻz sanʼati bevosita oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Islom dini Movarounnahrga kirib kelgach, koʻplab sohalar singari badiiy soʻz qudratida ham oʻzini namoyon qila boshladi. Aruz vazni va uning keng imkoniyatlari xalq lirikasiga singib, ijodkor bilan simfonik uygʻunlikni hosil qildi. Didaktik ruhdagi taʼlim asarlarga singdirildi. Ushbu davrda yaratilgan asarlar xalq maʼnaviyatining koʻzgusi boʻlib xizmat qildi. Arab adabiyotiga xos uslublarga yaqinlashish avvaldan mavjud boʻlgan qarashlarni yanada mukammallashtirdi. Ilohiylikka urgʻu berish orqali xalq shuurida tasavvuf va soʻfiylik darslari ildiz ota boshladi. boʻlib qoʻshildi.