XX asr o`zbek adabiyotida o`ziga xos uslubga ega bo`lgan ijodkorlardan biri
Shukur Xolmirzayev sanaladi. Shukur Xolmirzayev o`zbek adabiyotiga 60-yillarda
kirib keldi. Ilk hikoyalari bilanoq o`quvchilar qalbini zabt etdi. U yaratgan hikoyalar
20
Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi obrazlarga alohida ahamiyat qaratdi. Ularni
samimiy va tabiiy qiyofada aks ettirishga intildi. U yaratgan hikoyalarda ayniqsa bola
obrazi alohida ahamiyat kasb etdi.
Shukur Xolmirzayev o`zbek hikoyachilik san`atining ustozi Abdulla Qahhordan
keyin yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa
va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag`ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan
ajralib turadi.
Shukur Xolmirzayev o`ndan ortiq hikoyalarida bola ruhiyatini yoritishga harakat
qildi. Bu obraz o`ndan ortiq hikoyalarda aks etgan bo`lsa-da, bir-birini
takrorlamaydigan xarakterlar galeriyasi bo`lib gavdalandi.
Shukur Xolmirzayev o`ziga xos shaxsiy badiiy uslub sohibi sifatida
taqlidchilikdan, biryoqlamalikdan, bayonchilikdan qochadi, so`zga xasis bo`lsada,
fikrini o`quvchiga to`la va yorqin etkazishga erishadi. Biroq ba`zan uning asarlari
tugallanmagandek taassurot uyg`otadi. O`quvchi asar davomini kutadi. Qahramonlar
portretini chizmaydi, asosiy e`tiborini xarakter yaratishga qaratgandek ko`rinadiki, bu
o`quvchini o`ylashga, chuqur mulohaza qilishga majbur qiladi. Asar qahramonlari
ustidan chiqarilgan hukm o`quvchi e`tiboriga havola etiladi. Har bir o`quvchi qanday
asar o`qimasin o`qigan asar qahramonlarining taqdirini o`zi xohlaganidek bo`lishini
istaydi.
Adibning ―Qorbobo keladi‖ hikoyasida bola obrazi ruhiyati ifoda etilgan. U bola
bo`lganda ham juda sodda, ishonuvchan, qalbi pok, orzu qilgan narsalarini o`zi
xohlaganday tasavvur qiladigan va shunga o`zi ham ishonadigan obraz sifatida
tasvirlangan.
Yozuvchining ―Bahor‖ hikoyasida esa tog`li hududlarda yashovchi, qalbida ilk
muhabbat kurtak otayotgan va bu ayni bahor faslida daraxtlar uyg`onib, barg
yozayotgan fasl tasvirlanib hikoyaga yanada joziba bergan.
21
“Jo’raboshi” hikoyasi o`zlarini ko`chaning ―xo`jayinlari‖ deb, biluvchi bir
guruh, har xil yoshdagi bolalarning hayotidan olingan haqqoniy lavhadir. ―Ko`cha
xo`jayinlari‖ ning boshlig`i Habibulla ismli bola bo`lib, u harbiy xizmatga ketish
arafasida o`z ―ishchilari‖ bilan xayrlashishi, ularga vazifalar tayinlashi arafasida
ulardagi ruhiyatning o`zgarishi orqali bolalar hayotini tasvirlaydi. Bolalik, o`smirlik,
o`spirinlik davri va ular bilan xayrlashuv sifatida ifoda etiladi.
Adibning “Nasib etsa” hikoyasida haqiqatgo`y bola to`g`risida gap boradi.
Elyor Bo`ritosh opasini juda yaxshi ko`radi. U ishdan kelgan zahoti bola uning atrofida
girdi kapalak bo`lib o`ynar, u bilan sihbatlashar edi.
Bo`ritoshni qishlog`idan Berdiyor yaqinda olib qochib kelganligi uchun Elyor
unga oilasi, qishlog`i to`g`risida o`zini qiziqtirgan savollarni beraveradi. Shu orqali
bola ruhiyati asta-sekinlik bilan ochila boradi. Adib bola ruhiyati orqali inson
hayotidagi o`zgarishlarning ta`sirini ushbu hikoyada tasvrlaydi va buni uddasidan
chiqadi.
Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola ruhiyatini ochar ekan ko`proq ularni
qiziqarli holatlarda aks ettirishga harakat qiladi. Bunday paytda yozuvchi bolalar
hayotida yuz berishi mumkin bo`lgan voqea – hodisalarga e`tiborini qaratadi. Masalan,
maktab tasvirini berish orqali unda bolalarning maktab yoshiga xos bo`lgan jihatlarini
ochishga harakat qiladi, qishloq hayotidan lavhalar keltirish orqali esa, tabiat va bola
ruhiyatidagi o`xshashliklar yoritiladi. Bolalar turmush tarzining ko`p qismini egallab
turadigan jarayon bu-o`yin. Yozuvchi hikoyalarida o`yin epizodidan foydalanar ekan,
keltirilgan o`yinning qanday o`ynalishi, o`ynalish qonun-qoidalari haqida ham gapirib
o`tadi. Bundan yozuvchining o`zbek milliy o`yinlari turkumiga kiruvchi o`yinlaridan
anchagina yaxshi xabardor ekanligini bilib olamiz.
Yozuvchi hikoyalarida murg’ak bolaning ko’nglidan o’tayotgan tuyg’ularni
mahorat bilan ochib bergan. Ko`ngil oynasi bir sinsa, yoki lat yesa qayta tuzatib
bo’lmaydigan, shisha misoli. Ko’ngil bir ozor yesa o’z holiga kelishi, avvalgiday
22
bo’lishi qiyin. Shukur Xolmirzayev bola obrazini yaratar ekan bu jihatlarni ham
yoddan chiqarmaydi va uni mahorat bilan ko`rsata oladi.
Xullas, Shukur Xolmirzayev o`ndan ortiq hikoyalarida bola obrazini yaratgan.
Bolalarga xos bo`lgan ruhiy kechinmlalar, hissiyotlar, ularni larzaga solgan hodisa va
voqealar bola tilidan ifoda etilgan.
ADABIYOTLAR RO`YXATI
Dostları ilə paylaş: