Adabiyotshunoslik nazariyasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#42964
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7
hikoya qissa esse shukur xolmirzayev ijodi misolida.

Tragediya  (yunoncha tragos – echki, taka, odo – qo`shiq; tragoidia-taka haqida 

qo`shiq)  –qahramonlarning  ruhiy  kolliziyasiga  asoslanadigan,  g`oyatda  jo`shqin, 

ehtirosli, ta`sirli va oqibati fojia bilan tugaydigan dramatik janr.  



 

Komediya  (yunoncha  somodia;  somos-  xushchaqchaq  olomon  va  oide  - 

qo`shiq)  –  ijtimoiy  hayotning  ayrim  jihatlarini  va  kishilar  hayotidagi,  xarakteridagi 

nuqsonlarni,  eskilik  sarqitlari,  qoloqlik  va  boshqalarni  masxara  qilish,  ular  ustidan 

xushchaqchaq kulish ruhi bilan  yo`g`rilgan pesa.  

Drama  (yunoncha  drama  –  amaliyot,  harakat)  –  inson  xarakteri  va  taqdiri 

dramatik  vaziyatda  ko`rsatuvchi,  hayotning  murakkab  damlarini  qahramonlarning 

amaliyoti – harakatlari  vositasida ifodalovchi sahna asari.  

      Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo voqeabandlikni 

tilga  olinadi.  Darhaqiqat,  epik  asarda  makon  va  zamonda  kechuvchi  voqea-hodisalar 

tasvirlanadi, so`z vositasida o`quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana 

oladigan  to`laqonli  badiiy  voqelik  yaratiladi.  Tasavvurda  reallikdagiga  monand, 

o`zining  tashqi  shakli  bilan  jonlangani  uchun  ham  epik  asardagi  badiiy  voqelikni 

"plastik"  tasvirlangan  deb  aytiladi.  Epik  asarda  plastik  elementlar  bilan  bir  qatorda 

noplastik  elementlar  ham  mavjud  bo`lib,  bu  elementlar  muallif  obrazini  tasavvur 

qilishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Epik  asarning  noplastik  elementlari  deyilganda 

muallifning  mushohadalari,  fikrlari,  tasvir  predmetiga  hissiy  munosabati  kabilar 

tushuniladi.Tabiiyki,  noplastik  unsurlar,  plastik  unsurlardan  farqli  o`laroq,  asarni 

o`qish davomida o`quvchi tasavvurda jonlanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv 

ibtidolarning  uyg`un birikishi  kuzatiladi:  asardagi  badiiy  voqelikni biz shartli  ravihda 

obyektiv  ibtido  deb  olsak,  asar  to`qimasining  har  bir  nuqtasiga  singdirib  yuborilgan 

muallif  shaxsini  biz  subyektiv  ibtido  deb  yuritamiz.  Badiiy  voqelikni  shartli 

ravishdagina  "obyektiv"  ibtido  deyishimizga  sabab,  u  reallikdan  olingan  oddiygina 

nusxa  emas,  balki  voqelikning  ijodkor  ko`zi  bilan  ko`rilgan,  ideal  asosida  idrok 

etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif 

obrazi hatto "obyektiv tasvir" yo`lidan borilib, muallif imkon qadar o`zini chetga olgan 

asarlarda ham mavjud bo`lishi tabiiydir. Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir 

qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir. 



 

         Epik  turga  mansub  asarlar  asosan  nasriy  yo`lda  yozilishi,  shuningdek,  nasriy 



yo`lda  lirik  asarlar  ham  yaratilishi  mumkinligini  ilgari  aytildi.Demak,  nasriy  yo`lda 

yozilganligining  o`zigina  asarni  epik  deyishimizga  asos  bermaydi,  "nasriy  asar"  va 

"epik asar" tushunchalari bitta ma`noni anglatmaydi. 

       Voqeabandlik  epik  turning  eng  muhim  xususiyati  hisoblanadi.  Epik  asarda, 

odatda,  makon  va  zamonda  kechuvchi  voqealar  tasvirlanadi,  muallif  yoki  hikoyachi-

personaj  tomonidan  hikoya  qilinadi.  Bu  esa  epik  asarlarda  rivoya,  tavsif,  dialogning 

qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning bari birlikda o`quvchi tasavvurida 

badiiy  voqelikni  plastik  jonlantirishga  xizmat  qiladi.  Shu  bilan  birga,  eposda  rivoya 

an`anaviy  ravishda  yetakchi  o`rinni  egallaydi,  uning  vositasida  asarga  dialog  hamda 

tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning 

barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. 

      Epik  turning  takomili  jarayonida  undagi  rivoyaning  salmog`i  kamayib  borishi 

kuzatiladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning 

salmog`i katta bo`lgani holda, dialogning salmog`i unchalik katta emas, tafsilotlar esa 

badiiy  voqelikni  to`laqonli  tasvirlashga  ko`pincha  yetarli  bo`lmaydi.  Rivojlanish 

jarayonida  eposda  keyingi  ikkisining  salmog`i  va  ahamiyati  ortib  boradi.  Bu  narsa 

badiiy  adabiyotning boshqa  san`at turlari bilan  aloqasi, ularga xos usul va vositalarni 

o`ziga  singdirishi  natijasidagi  tasvir  va  ifoda  imkoniyatlarining  kengayishi  sifatida 

tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlanishi natijasida inson 

xarakterini  yaratishning  dramaturgik  usullari  ishlab  chiqildi,  sayqallandi;  teatr 

san`atining  rivoji  o`quvchi  ommani  dramaturgik  usulda  yaratilgan  inson  xarakterini 

anglashga,  dialoglar  vositasida  yaratilayotgan  badiiy  voqelikning  mohiyatini 

tushunishga  tayyorladi,  ya`ni,  badiiy  didni  rivojlantirdi.  Shu  asosda  eposga  dramatik 

unsurlar  kirib  keldi.Epik  asardagi  dialog  dramatik  asardagi  dialogdan  o`zining 

hayotiyligi,  ma`no  ko`lamining  kengligi  bilan  ajralib  turadi.Buning  asosi  shundaki, 

epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan 

personajlarning  ruhiy  holati,  xarakter  xususiyatlari  haqida  kengroq  tasavvur  berish 



 

imkoniyatlari  mavjud.  YA`ni,  personajning  dialogda  aytilayotgan  har  bir  gapi  butun 



asar kontekstida tushunilishi mumkin. 

          Epik  asarda  voqea-hodisalarni  hikoya  qilib  berayotgan  shaxs  roviy  yoki 

hikoyachi  deb  yuritiladi.  Yuqorida  aytganimizdek,  epik  asarda  rivoya  ko`pincha 

muallif  tilidan,  ba`zan  esa  personajlardan  biri  tilidan  olib  boriladi.  Masalan,  g`afur 

g`ulomning  "Shum  bola",  "Yodgor",  X.To`xtaboyevning  "Sariq  devni  minib", 

E.A`zamovning "Otoyining tug`ilgan yili" kabi qissalarida rivoya personaj tilidan olib 

boriladi.  Shuningdek,  rivoya  asosan  muallif  tilidan  olib  borilgan  asarlarda  ba`zan 

epizodik ravishda roviy-personajning paydo bo`lishi ham kuzatiladi.  Masalan, "O`tgan 

kunlar"da  rivoya  muallif  tilidan  olib  boriladi,  romanga  kiritilgan  "Usta  olim 

hikoyasi"da  esa  rivoya  personaj  tilidan  olib  boriladi.Roviyning  o`zgarishi,  tabiiyki, 

muayyan  badiiy-estetik  maqsadlarga  xizmat  qiladi.  Buni  yuqorida  eslatganimiz 

"O`tgan  kunlar"da  roviyning  o`zgarishini  yuzakigina  mushohada  qilinsayoq  ko`rish 

mumkin  bo`ladi.  Hikoyaning  usta  Olim  tilidan  berilgani,  avvalo,  tabiiylikni 

ta`minlaydi:  o`z  xonadoniga  kutilmagan  mehmon  sifatida  kirib  kelgan  va  bir 

ko`rishdayoq  ko`ngliga  o`tirishgan  Otabekning  kayfiyatini  ko`tarish,  nima  bilandir 

mashg`ul  qilish  istagi  usta  Olimni  o`zining  kechmishi  haqida  hikoya  qilishga,  shu 

bahona ko`nglini bo`shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz berishi 

mumkinligi tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Olim hikoyasining kiritilishi bu ikkisining 

bir-birlari  bilan  samimiy  do`st  bo`lib  qolishlarini,  Otabekning  keyingi  Marg`ilon 

kelishlarida  ham  shu  xonadonda  qo`nib  yurishi,  nihoyat,  chor  qo`shinlariga  qarshi 

jangda  ikkisining  bir  safda  bo`lishini  asoslaydi.  Yoki  "Shum  bola"  qissasida 

rivoyaning  personaj  tilidan  hikoya  qilinishi  ham  o`ziga  xos  badiiy  samara  bergani 

shubhasiz.  Deylik,  mabodo  qissada  rivoya  yozuvchi  tilidan  olib  borilganda,  undagi 

ayrim  epizodlar  o`quvchida  shubha  uyg`otishi,  ishonchsizlik  qo`zg`ashi  mumkin 

bo`lardi.  Qorajon  tilidan  olib  borilganda  esa  biroz  orttirilgandek  ko`ringan  o`rinlar 

hikoyachining  fe`liga  yo`yiladi,  boz  ustiga,  uning  xarakter  xususiyatlarini  yorqinroq 

ko`rsatishga ham xizmat qiladi. 



 

          Ba`zan  epik  asar  muallifi  rivoyani  u  yoki  bu  yo`l  bilan  badiiy  asoslashga 



harakat  qiladi  va  bunda  turli  usullardan  foydalanadi.  Rivoyaning  asoslanishi 

(motivatsiya) o`quvchida "asar voqealari o`ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bergan" 

degan  tasavvurni  uyg`otadi.  Masalan,  A.Qodiriy  har  ikki  romanida  ham  rivoyani 

asoslash uchun ularni go`yo bobosidan eshitgandek, endi esa ularni o`quvchiga qayta 

so`zlab  berayotgandek  bo`ladi.  Shunga  o`xshash,  epik  asarlarda  voqealar  ba`zan 

tasodifan  yozuvchi  qo`liga  tushib  qolgan  birovning  xati,  kundalik  daftari  yoki 

qo`lyozmasi,  tasodifan  uchrashib  qolgan  kishi  hikoyasi  yoki  o`zi  tasodifan  shohidi 

bo`lib qolgan voqea va h. tarzida berilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda 

qo`llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim degan fikrga bormaslik kerak. 

Aksincha,  bu  xil  usullar  zamonaviy  nasrchilikda  nisbatan  qo`llanadi,  aksariyat  epik 

asarlarda  "obyektiv  tasvir"  yo`lidan  boriladi,  ya`ni,  yozuvchi  xolis  kuzatuvchi 

mavqeida  turadi  va  o`zining  bosh  vazifasi  deb  o`z-o`zicha  sodir  bo`layotgan 

voqealarni tasvirlab berishni tushunadi. 

           Epik  asarlar  tahlilida  e`tibor  qaratish  muhim  bo`lgan  unsurlar  sirasida 

obrazlar  sistemasini  ajratish  zarur  bo`ladi.  Obrazlarning  bir-biri  bilan  mazmuniy 

munosabati  asosida  asarning  mazmuni  ochiladi.  Obrazlar  sistemasi  kompozitsiyaning 

muhim  elementi  bo`lib,  u  muallifning  ijodiy  niyatiga  muvofiq  tarkiblanadi.  Obrazlar 

sistemasi deyilganda, xususan, yirik epik asarlar haqida gap borganda ko`proq undagi 

personajlarning  jami  tushuniladi  (biroq  obrazlar  sistemasi  asardagi  boshqa  obrazlar 

narsa  buyumlar,  tabiat,  jonivorlar  va  h.larni  ham  o`z  ichiga  olishini  har  vaqt  yodda 

tutish zarur). Epik asardagi obrazlar asar voqeligida egallagan mavqei, syujet rivojida 

o`ynagan  roli,  muallif  badiiy  konsepsiyasini  ifodalashdagi  ahamiyati  kabi  jihatlardan 

bir-biridan  farqlanadi.  Shunga  ko`ra  odatda  qahramon,  ikkinchi  darajali  personaj  va 

yordamchi  personajlar  obrazlari  ajratiladi.  Qahramon  deganda  asar  syujetida,  muallif 

badiiy  konsepsiyasini  ifodalashda  yetakchi  ahamiyat  kasb  etuvchi  personajlar 

tushuniladi.  Ikkinchi  darajali  personajlar  asar  qahramonlari  tegrasida  harakatlanib, 

syujet  rivoji  va  badiiy  konsepsiyaning  ifodalanishida  ma`lum  rol  o`ynagani  holda, 

asosan qahramon xarakterini ochishga, u harakatlanayotgan muhitning xususiyatlarini, 




10 

 

uning  taqdirini  ko`rsatishga  xizmat  qiluvchi  vosita  sifatida  namoyon  bo`ladi. 



Yordamchi  personajlar  yuqoridagilarning  har  ikkisiga  nisbatan  yordamchilik 

funksiyasida  bo`lib,  ular  mavqei  jihatidan  badiiy  detalga  yaqin  turadi.  Masalan, 

"O`tgan kunlar" romanining qahramonlari sifatida Otabek (bosh qahramon), Yusufbek 

hoji  va  Kumushbibi  (oxirgisi  badiiy  konsepsiyani  ifodalashda  tutgan  o`rni  nuqtai 

nazaridan quyiroq mavqe egallaydi), ikkinchi darajali personajlari sifatida  - Hasanali, 

O`zbek  oyim,  Oftob  oyim,  usta  Olim,  Zaynab,  Homid  obrazlari,  boshqa 

personajlarning bari yordamchi personajlar sifatida ko`rsatilishi mumkin. 

               Epik  asarlarni  janrga  ajratish  prinsiplari  masalasida  adabiyotshunoslikda 

turlichalik  mavjud.  Bunda  bir  qator  xususiyatlarni  e`tiborga  olish  zarur  bo`ladi. 

Avvalo,  epik  asarlardagi  hayotni  badiiy  qamrov  ko`lami  turlicha  bo`lishidan  kelib 

chiqiladi. Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizodni (hikoya), butun bir 

etapni  (qissa)  yoxud  qahramon  hayotining  katta  bir  davrini  (roman)  qalamga  oladi. 

Shunga ko`ra, adabiyotshunoslikda katta, o`rta va kichik  epik  janrlar  ajratiladi. Biroq 

badiiy adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida, eposga dramaning kirib kelishi va 

syujet  vaqtining  qisqara  borishi  barobari  bu  xil  tamoyilning  ojizligi  ayon  bo`lib 

qolayotir.  Negaki,  zamonviy  nasrchilikda,  masalan,  qahramon  hayotidan  katta  bir 

davrni  emas,  atigi  bir  etapnigina  qalamga  olingan  romanlar  ham  yaratilmoqda  (mas., 

"Kecha  va  kunduz",  "Ulug`bek  hazinasi").  Tabiiyki,  bunday  holatda  epik  asarlarni 

janrlarga  ajratishda  ularning  boshqa  jihatlariga  ham  e`tibor  qilish  zarur  bo`ladi. 

Jumladan, asarda qo`yilgan muammolar ko`lami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur 

sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan katta epik shakl bo`lmish roman dunyoyu davrni 

bilish maqsadiga qaratilgan bo`lsa, qissa markazida qahramon xarakteri, hikoyada esa 

konkret hayotiy voqea turadi. Ko`ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar 

qahramonlari  asarda  tutgan  mavqei,  ahamiyati,  vazifasi  jihatidan  farqlanadi.  Roman 

muallifi  uchun  qahramon  vosita,  —  dunyoni  anglash  (bunisi  maqsad)  vositasi, 

qissanavis  uchun  qahramonning  o`zi  maqsad  (voqea-hodisalar  vosita),  hikoyanavis 

uchun voqeaning o`zi maqsad bo`lib qoladi. 



11 

 

           Epik  asarlarni  janrlarga  ajratishda,  tabiiyki,  hajm  mezon  bo`lolmaydi.  Zero, 



ayrim  hikoya  yoki  romanlar  hajman  qissalarga  yaqin  bo`lishi  va  aksincha  holatlar 

kuzatilishi mumkin. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga 

mos tarzda kattarib borishi ham inkor qilib bo`lmaydigan haqiqatdir. 

          Epik  janrlar  bir-biridan  badiiy  shakl  xususiyatlari  bilan  ham  farqlanadi. 

Masalan, syujet nuqtai nazaridan olinsa, roman ko`p planli murakkab syujetga egaligi, 

qissa  syujeti  asosan  bosh  qahramon  tevaragida  uyushishi,  hikoya  syujeti  odatda  bitta 

yoki bir-biriga uzviy bog`liq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi. 

          Hikoya,  qissa  va  roman  eposning  asosiy  janrlari  sanaladi.  Shu  bilan  birga, 

epik  turning  asosiy  bo`lmagan  qator  janrlari  ham  mavjud.  Ularni  hayotni  badiiy 

qamrash ko`lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin: 

1)  kichik  epik  shakllar:  latifa,  masal,  hikoyat,  rivoyat,  ertak,  afsona,  badia,  etyud, 

ocherk, esse; 

2) o`rta epik shakllar: qissa (povest) 

3) epos, epik doston, roman, epopeya 

     

                 



Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda 

etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya  qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda  

hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr 

sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida  hikoyachilikning 

rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa 

qoʻshgan. Asarda  7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi 

berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), O.Tenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, 

Choʻlpon (oʻzbek) hikoya  janrining asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida 

hikoya novella deb ham ataladi. 



12 

 

               Oʻzbek adabiyotida  hikoya  juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy 



yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar 

ishtirok  etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻuziyning "Qisasi 

Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi  hikoyaning yaxshi namunalari bor. 

Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoyati", 

20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir  hikoya- 

lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning 

"Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek  hikoyachiligining rivojlanishiga asos 

boʻlgan. 

                Oʻzbek adabiyotida realistik  hikoya  janri 20-asr  boshlarida shakllandi 

(Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor‖, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 

1915 va b.).    20-yilllarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va  boshqalar  bu janrda 

barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor  hikoya  ustasi sifatida tanildi. 50—60-

yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr 

taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshdilar. 

                "Hikoya" atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham 

anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday  voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan 

qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr 

maʼnosida tushunilmaydi. Masalan,  Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani          

9  personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini 

"romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi  oʻzbek  hikoyachiligi O.Muxtor, 

N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqulov, Sh. 

Boʻtayev va boshqa  yozuvchilar bilan boyidi. 

                 Hikoya  inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga 

moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar personaj hayotida nima boʻlgan, qanday  roʻy 

bergan, kim bilan — bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, 

ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Masalan, A.Qahhorning "Oʻgʻri" hikoya 

sida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-



13 

 

furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida 



"Bu shart kuzda maʼlum boʻladi", deb xabar beradi, xolos. Gʻ.Gʻulom esa "Mening 

oʻgʻrigina bolam" hikoyasidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-

radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa 

maʼlumot bermaydi. 

                 Ixchamlik  hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan birgina 

lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha 

odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib 

turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir 

siqiq tarzda beriladi. 

                    Hikoya mazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, 

satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin 

voqeiy  hikoyalar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham boʻladi. Oʻzbek 

adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha yozuvchi 

tomonidan yozilgan "hashar  hikoyalar" ham uchraydi. 

                     Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va 

Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi  qissa  tushunchasi yoʻq, nasrning romandan 

boshqa barcha janrlari "novella" termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek 

adabiyotlarida  qissaning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Masalan, 

qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest  qissa  deb atalgan. Oʻzbek 

adabiyoti tarixida  rivoyat  usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar 

qissa  

deb yuritilgan.

 Masalan, "Qissai Sayfulmuluk", "Qisasi Rabgʻuziy" va boshqa  

hozirgi  maʼnodagi oʻzbek qissasi rus adabiyotidagi "povest" terminiga toʻgʻri keladi 

va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi. 

Qissa odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib 

olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan 

romandan farq qiladi. Qissa 

hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan 

kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi




14 

 

Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. 



Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin. 

Roman kabi qissaning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy 

(Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va b.), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va 

b.) turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh 

yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar. 

                   Darhaqiqat,  yuqorida  tilga  olingan  janrlar  xususida  fikr  yuritar  ekanmiz, 

taniqli  hikoyanavis,  o’tkir  qalam  egasi 

Shukur  Xolmirzayevni  nazardan  chetda 

qoldirolmaymiz.     

 

Shukur  Xolmirzayev  ijodi  hozirgi  zamon  o`zbek    tilga 



adabiyotining  yorqin  va  mazmundor  sahifalaridan  birini  tashkil  etadi.  Ko`p  qirrali 

iste`dod  sohibi  Shukur  Xolmirzayev  adabiyotning  turli  janrlarida  rang-barang  badiiy 

asarlar  yaratib,  o`zbek  adabiyoti  xazinasini  boyitgan.  Adib  o`zining  rang-barang 

hikoyalari,  publitsistik  maqolalari,  tarixiy  esselari,  realistik  qissalari-yu  ajoyib 

romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o`rin egallaydi.

 

SH.Xolmirzayev  1940  -yilda  Surxondaryo  viloyatining  Boysun  tumanida 



tug`ildi.  Maktabni  a`lo  baholar  bilan  bitirib,  u  1956  yilda  Toshkent  Davlat 

Universitetiga o`qishga kirdi. Shukur Xolmirzayev eslashicha, maktabda o`qib yurgan 

chog`laridayoq  unda  adabiyotga  havas  uyg`onadi.  Toshkent  Davlat  Universitetining 

filologiya  fakultetida  bu  havas  yanada  ortadi.  Xuddi  shu  yillari  Shukur  Xolmirzayev 

badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo`yadi. Uning dadil ijod yo`liga kirishida 

fakultetdagi  tanqidchi  M.Qo`shjonov  boshchilik  qilgan  adabiy  to`garak  katta 

maktablik  vazifasini  o`taydi.  Dorilfununda  Sh.Xolmirzayev  jahon  adabiyotining  eng 

yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi. 

Iqtidorli  yozuvchi  Shukur  Xolmirzayev  hozirgi  o`zbek  adabiyotida  o`z 

ovoziga,  uslubiga  ega  bo`lgan  ijodkorlardan  hisoblanadi.  U  adabiyotimizga  1962-yil 

―Oq  otli‖  povesti  bilan  kirib  keldi.  Povest  bolalar  uchun  yozilgan  bo`lib,  unda 

yoshlarning o`ziga xos orzu o`ylari va hayotga qarashlari aks etgan. 




15 

 

SH.Xolmirzayev  mazkur  povestini  e`lon  qildirgandan  so`ng  o`tgan  o`ttiz 



yildan  ziyodroq  davr  ichida  juda  ko`plab  hikoyalar,  bir  qancha  qissa  va  romanlar 

yozdi. 


Yozuvchi  Sh.Xolmirzayev  hikoyanavis  sifatida  qaysi  mavzuni  qalamga 

olmasin,  qandaydir  muhim,  salmoqdor  ijtimoiy  fikrni    ifodalashga  intiladi.  Uning  bu 

xususiyatlari,  ayniqsa,  keyingi  yillarda  yaratilgan  ―Shudring  tushgan  bedazor‖, 

―Cho`loq  turna‖,  ―Podachi‖,  ―Ko`k  dengiz‖,  ―Xorun  ar-Rashid‖,  ―Qadimda  bo`lgan 

ekan‖,  ―Tabassum‖,  ―Ustoz‖,  ―Farzand‖  kabi  hikoyalarida  yaqqol  namoyon  bo`lgan. 

Sh.Xolmirzayev hikoyalarida, asosan, Surxon vohasining kaloriti yorqin sezilib turadi. 

Yozuvchining  hikoyalarida  surxondaryoliklarning  o`ziga  xosligi,  yorqin  va  katta 

xarakterlari, yashash tarzi yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Uning ―Arpali qishlog`ida‖, 

―Olis yulduz ostida‖, ―Miltiq otildi‖, ―Kimsasiz hovli‖, ―Ov‖ kabi hikoyalari, ―So`nggi 

bekat‖,  ―Qil  ko`prik‖,  ―Olabo`ji‖  romanlarida  bu  koloritni  aniq    sezish  mumkin.       

To`g`ri,  yozuvchi  Shukur  Xolmirzayev  dastlabki  ijodiy  qadamlaridanoq  ―o`zligini‖, 

o`z  uslubini  topib  olgani  yo`q.  U  tinimsiz  izlanishlar,  ijodiy  tajribani  o`zlashtirish 

jarayonida  shunga  erishdi.  ―Mana,  o`tmishu  hozirgi  zamon  adabiyoti  yozish 

usullaridan ozmi-ko`pmi o`rganib, o`z yo`limni topish ustida ko`p o`ylandim,  - degan 

edi  yozuvchi,  -  bu  izlanish  hatto  nuqta,  vergulni  qayerga  qo`yish  borasida  ham 

bo`ladi‖. 

Bu uning, xususan, so`nggi yillarda yaratayotgan asarlarida o`zining yorqin 

ifodasini topmoqda. Yozuvchining ―Hayot abadiy‖, ―Kulgan bilan kuldirgan‖, ―Og`ir 

tosh  ko`chsa‖,  ―Boychechak  ochildi‖,  ―Cho`loq  turna‖,  ―Qariya‖,  ―Ot  egasi‖  kabi 

hikoyalarida katta ijtimoiy ma`nolar o`z ifodasini topgan. Ular zamondoshlarimizning 

o`zaro munosabatlari orqali ochib beriladi. 

―So`nggi  bekat‖  Sh.Xolmirzayevning  jiddiy  yutug`i  hisoblanadi. 

Yozuvchining  o`zi  ham:  ―ijodda,  izlanishda  o`zimning  ham  kelib  to`xtagan  so`nggi 

bekatim  bu‖,  -  deb  yozadi  romandagi  so`zboshida.  Romanning  ―So`nggi  bekat‖  deb 

atalishida  ma`lum ramziy ma`no mavjud. Asar qahramonlari hayotidagi muhim nuqta 



16 

 

–  so`nggi  bekati  tasvirlanadi.  Romanda  Bekat  qishlog`i,  u  yerda  yashayotgan 



zamondoshlarimizning  amalga  oshirayotgan  ishlari  haqida  hikoya  qilinadi.  Asar 

qahramonlari  so`nggi  bekatga  yetib  kelishgach,  bosib  o`tgan  yo`llari  haqida 

o`ylaydilar.  So`nggi  bekat  ular  hayotida  muayyan  darajada  burilish  nuqtasi  bo`ladi. 

Ular  yo`l  qo`ygan  xatolarini  anglab  yetishadi  va  uni  tuzatishadi.  Masalan,  O`ktam, 

Nasiba bilan aloqasini uzadi. Nasiba ham O`ktam bilan baxtli bo`la olmasligini bilib, 

qishloqdan ketadi. Quvvatbekov esa shaharga ketmay, qishloqda qolishga qaror qiladi.  

Ishoq  chol  esa  o`zining  kim  ekanligini  anglab  yetadi,  Shamsuddinov  ham  o`zidagi 

kamchiliklarni tuzatishga kirishadi.   

Yozuvchi  Sh.Xolmirzayev  ijodi  kitobxonlar  diqqatini  jalb  etib  kelmoqda. 

Uning ―To`lqinlar‖ povesti haqida S.Mirvaliyev, A.Rasulov, M.Olimov, A.Quljonov, 

N.Shukurov,  S.Mirzayev,  A.Aliyev  kabi  tanqidchilar  bahslashgandilar.  Uning 

―So`nggi  bekat‖  romani  bo`yicha  professorlar  U.Normatov  va  Ochil  Tog`ayevlar 

munozara  qilishgan.  Sh.Xolmirzayevning  boshqa  asarlari  ham  fikr  olishuvlarga 

sababchi bo`lgan. Demak, u zamondoshlarimizni to`lqinlantiradigan, salmoqli ijtimoiy 

fikrga  molik  asarlar  ijod  qilayotgan  yozuvchidir. Uning  shunday  asarlaridan  biri    80-

yillarning o`rtalarida e`lon qilingan bo`lib, u roman ―Qil ko`prik‖ deb ataladi. 

Katta  epik  asarlar  yaratish  sohasida  muayyan  tajriba  to`plagan  Shukur 

Xolmirzayev  80-yillarning  ikkinchi  yarmida  yana  zamonaviy  mavzuda  roman 

yaratishga  kirishadi.  Natijada  uning  ―Yo`lovchi‖  romani  maydonga  keladi.  Muallif 

unda  qayta  qurish  yillarining  manzaralarini  gavdalantirishni  o`z  oldiga  maqsad  qilib 

qo`ygan  edi.  Asarda  yozuvchi  asosiy  qahramonini  yo`lga  tushirib,  sovxozdan 

sovxozga,  qurilishdan  qurilishga  o`tkazadi.  U  atrofda  sodir  bo`layotgan  voqealarga 

qahramon ko`zi bilan qarab, ularni tushunishga, tahlil  qilishga va baholashga intiladi. 

Qahramon  ko`zidan  qishloqlardagi    dahshatli  mehnat  ham,  axloqiy  tubanliklar  ham, 

nopok  kishilaru  ishbilarmon  rahbarlar  ham,  hatto  uzoq  Kubadagi  qiyinchiliklar  ham 

qochib  qutilmaydi.  Yozuvchi  qahramonni  yo`lga  chiqarib,  uni  obyektdan-obyektga 

o`tkazaversa,  safari  hech  qachon  tugamasligini  payqab  qoladi.  Buning  ustiga  u 



17 

 

kitobdagi ko`p voqealar juda sun`iy va mantiqsiz chiqqanligini sezadi. Shuning uchun 



ham  Sh.Xolmirzayev  boshda  ikki  kitob  sifatida  o`ylangan  bu  romanni  davom 

ettirmaslikka  qaror  qiladi.  ―Yo`lovchi‖  romani  shu  tariqa  yozuvchi  ijodida  bir  tajriba 

bo`lib qoladi. 

Shunga  o`xshash  tajribani  yoki  izlanishni  Sh.Xolmirzayevning  keyingi 

yirik asari ―Ola bo`ji‖ deb atalgan ―Romandan katta hikoya‖sida ham ko`rish mumkin.  

Shunga  qaramay  Shukur  Xolmirzayev  o`zbek  nasri  taraqqiyotiga  sezilarli 

hissa qo`shgan yozuvchi hisoblanadi. Uning ko`p jihatdan mukammal hikoyalari, ―O`n 

sakkizga  kirmagan  kim  bor?‖  qissasi,  ―So`nggi  bekat‖  va  ―Qil  ko`prik‖  romanlari 

xuddi shundan guvohlik beruvchi asarlar hisoblanadi. 

O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan davrda Shukur Xolmirzayev 

ijodining yetuklik bosqichi boshlandi. Bu davrda yozuvchi ―Bulut to`sgan oy‖, ―Bandi 

burgut‖,  ―Ozodlik‖  kabi  hikoyalarini  va  ―Dinazavr‖  romanini  e`lon  qilib,  hozirgi 

hayotning  mohiyati,  murakkabliklari,  ziddiyatlari,  qiyinchiliklari  to`g`risidagi 

shafqatsiz  haqiqatni  ifodalashga  intildi.    Mazkur  asarlar  Shukur  Xolmirzayev  hozirgi 

o`zbek  adabiyotida  realistik  metodning  hayotbaxsh  an`analari,  tamoyillari  yangidan 

tantana  qilishi  va  ijobiy  samaralar  berishi  yo`lida  faol  kurashayotgan  yozuvchilardan 

biri darajasiga ko`tarilganligini yaqqol isbotlaydi

―O’zbek xarakteri‖,  ―Qadimda bo’lgan ekan...‖,   ―Hukumat‖,    ―Yig’i‖, 



―Xorazm,  jonginam‖,      ―Bahor‖,          ―Hayot  abadiy‖,          ―Ahad  Mirzo  yig’ladi‖,    

―Yosuman‖,          ―Kechagi  kun  kecha  ‖      hikoyalari  ham  adibning  naqadar  yuksak 

iste’dod  egasi  ekanligini    isbotlaydi.  Shuningdek,ushbu  asarlar  hayot  haqiqatiga 

yaqinligi bilan ham e’tiborga loyiq. 

              

Shu o’rinda Shukur Xolmirzayevning mohir essenavisligini ham e’tirof 

etish joizdir. Adibning ―Esse – erkin ijod‖ mavzusida Til va adabiyot institutining 

aspiranti Marhabo Qoʻchqorova bilan suhbatida shunday jumlalar qayd etilgan: ―Bizda 

bir keksa yozuvchi bor. Janrlarning bir-biridan farqini bilmagani bilan faxrlanib 



18 

 

yuradi. «Man bilmayman qanaqa janrda yozib qoʻydim. Kitobxonga yoqsa, bas», 



deydi. Va janrdan janrning farqini Sadriddin Ayniy ham bilmaganini roʻkach qiladi. 

Ha, endi bunday «bilmaslik»ning sabablari boʻlsa bordir, albatta... 

Ammo shofyor odam mashinaning mashinadan farqini, chavandoz yigit otning otdan 

farqini bilganidek adib degani ham adabiyot ilmidan baholi qudrat xabardor boʻlishi 

kerak. Bu — aksioma, singlim. Endi mening «esse»ga, oʻzingiz aytmish, uning 

«tabiati»ga doir mulohazalarimga kelsak, ma’lumingiz, asosan hikoyanavis sifatida 

gapni hikoyadan boshlasam. 

             Ruslarda «rasskaz» — «rasskazat»dan olingan deydilar. Ya’ni bir voqeani 

«aytib berish, hikoya qilish» demakdir. Boshda aksar rus adiblari haqiqatan ham 

«hikoya qilish, bayon etish» yoʻlidan borganlar. Hatto frantsuz, hatto hind adiblari 

ham avvalda shu yoʻsinda ijod qilganlar. Keyinchalik ijodning tadrijiy takomili 

taqozosida Chexov kabi novator yozuvchilar chiqib: «Yoʻq, voqeani bayon qilmaslik 

kerak, balki koʻrsatish lozim», deb shu yoʻrigʻda asarlar bitganlar. Illo, «koʻrsatish, 

xolis tasvirlash yoʻli» — asl adabiyotning yoʻli edi. 

                Demak, hikoyada ma’lum bir voqea (inson hayotining ma’lum bir boʻlagi) 

tasvirlanadi. Demak, xolis tasvirlanadi va aksar hollarda hikoyadan chiqariladigan 

xulosa oʻquvchiga havola etiladi... Eng yaxshi hikoyalar shu tariqa yoziladi. Shu 

oʻrinda aytib ketishni istar edimki, bugungi kunda — keyingi oʻn yilliklarda 

yozilayotgan hikoyalarning koʻpchiligida orqaga qaytishni, ya’ni oddiy bayon qilish, 

shunchaki aytib berishni koʻraman. Bu hol — oʻsha mualliflarning qandaydir ongli 

ravishda «ortga», aniqrogʻi, hikoya janrining ibtidoiy holatlariga qaytishidan dalolat 

bermaydi — aksincha: oʻsha mualliflarning hikoya janri xususiyatlaridan, hikoyaning 

janr sifatidagi takomilidan bexabar ekanligidan dalolat beradi. 

               Men bunday havaskor adiblarni yuqoridagi aytganim — «janrning janrdan 

farqini bilmaydigan» adiblarga oʻxshataman. Endi «ocherk» janrining oʻziga xos 

jihatlariga kelsak, bunda ham ma’lum bir voqea — inson qismatining bir boʻlagi 

qalamga olinadi-yu, ammo hikoyadan farqli oʻlaroq ocherkda mavjud — bor hayotiy 

odam qalamga olinadi. Shu bois muallifning oʻsha odamga — qahramonga munosabati 




19 

 

ochiq-oydin boʻrtib turadi. Shuning uchun hamdir men oʻqigan aksar ocherklarda 



ijobiy xislatli kishilar tasvirlanadi... Endi «Esse»ga kelsak, bu janr hikoya, ocherk 

janridan juda yosh boʻlishiga qaramay, yozuvchiga behad keng erkinliklar beradi: 

ya’ni esse yozguvchi adib tasvirlayotgan yoxud bayon etayotgan voqea-hodisaga — 

yana oʻsha gap: inson qismatining ma’lum davri boʻlagiga nisbatan oʻz munosabatini 

(ocherkdagi kabi) ochiq-oshkor bildirib turishi barobarida (bu yoʻrugʻda) oʻz koʻnglida 

tugʻilgan qandaydir his-hayajonini ham, hatto shaxsiy mulohazalarini ham bemalol 

yozish imkoniga egadir. Demak, aytish mumkinki, esse janri ocherk bilan hikoya 

oʻrtasidan oʻsib chiqqan janr — tasvir usulidirki, u maqola — maqola ilmiy boʻladimi, 

badiiyroq boʻladimi, baribir, — maqolaga xos unsurlardan ham foydalanadi, 

toʻgʻrirogʻi, ularni-da oʻziniki qilib oladi. 

              Esse ham shu tariqa paydo boʻlgan ekan. Darvoqe, uning paydo boʻlgan 

makoni   Fransiya hisoblanadi. Umuman, fransuz adabiy tafakkuri hamisha 

boshqalardan oldinroqda yurgan va zamonning talabu ehtiyojlarini boshqa dunyo 

adiblaridan ilgariroq his etgan. Qarangki, «roman» janri ham dastlab fransuzlarda 

paydo boʻldi va eng dunyoviy-milliy romanlar oʻshalarda yaratildi. Buyogʻi ham qiziq: 

taajjub qilasanki, «Antiroman» (Sartr asarlari) ham oʻshalarda paydo boʻldi‖. 

   ―Essega murojaat qilishimning boisi, - deydi adib, -  fe’limda boʻlsa kerak: 

bolalikdan erkinlikni sevardim. Esse — erkin janr, bundan tashqari, u agar ta’bir joiz 

boʻlsa, «razmersiz janr»ki, kiyim tanlaganda boʻyinggayu eningga oʻlchab oʻtirganday 

siqilmaysan‖. 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin