Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Ikkinchi vaziyat. Bir makon, lekin har xil zamondagi 
adabiy hodisalarning qiyosidan tashkil topadi. Ma’lum bir 
sharoitda, bir muhitda, bir makonda, ammo turli vaqtda mav­
jud, mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
adabiy hodisa larni qiyoslash kerak bo‘lganda, ikkinchi vazi­
yat yuzaga keladi. Shu bilan birga, turli vaqtda, ammo juda 
o‘xshash vaziyatlarda mavjud bo‘lgan hodisalarni qiyoslash 
– qiyin vazifa. Odatda, bu yerda muayyan muammolar, qiyin­
chiliklar, jumboqlar yuzaga keladi.
Ko‘pincha xuddi o‘sha bir makon, masalan, bir mamla kat 
sharoitlarida mavjud bo‘lgan hodisalarni vaqt omilini in kor 
etgan holda qiyoslashga harakat qilishadi. Bu noto‘g‘ri. Ma-
salan, bir makonda, ammo har xil zamonda yashab ijod qil­
gan shoirlar: Muqimiy bilan Muhammad Yusufning yoshlar 
yoki yoshlik haqidagi qarashlariga, albatta, vaqt o‘z hukmini 
o‘tkazadi. Boshqacha aytganda, agar qiyoslanuvchi obyektlar 
aynan bir muhitda mavjud bo‘lsa ham, o‘z taraqqiyotining 
turli davrlarida vaqt masalaning mohiyatiga turlicha ta’sir 
ko‘rsatishini hisobga olish lozim. Hatto agar hodisalar mavjud 
bo‘lgan sharoitlar (mamlakat, qandaydir bir makon) tubdan 
o‘zgarmagan bo‘lsa-da, bu vaqt ichida qiyoslash obyektlari-
ning o‘zi o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Uchinchi vaziyat. Bir zamon, lekin har xil makonda mavjud 
bo‘lgan obyektlarni qiyoslash. Masalan, bugungi kunda bir zam­
onda, ammo har xil makonda yashab ijod qilayotgan o‘zbekis­
tonlik yozuvchi Nosir Zohid bilan amerikalik yozuvchi Viktoriya 
Shvabning bir xil nomdagi «Qasos» romani mavjud. Har ikkala 
romandagi qasos motivini taqqoslashda, albatta, muhitning 
qiyoslash obyektlariga ta’sirini hisobga olish juda muhim. Bu 
jarayon tadqiqotchidan alohida e’tiborni talab qiladi. Chunki 
qiyosiy tahlil jarayonida sharoit va sabablarning qiyoslanuvchi 
obyektlarga ta’sirini hisobga olish kerak bo‘ladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin