Ikkinchi vaziyat. Bir makon, lekin har xil zamondagi
adabiy hodisalarning qiyosidan tashkil topadi. Ma’lum bir
sharoitda, bir muhitda, bir makonda, ammo turli vaqtda mav
jud, mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan
adabiy hodisa larni qiyoslash kerak bo‘lganda, ikkinchi vazi
yat yuzaga keladi. Shu bilan birga, turli vaqtda, ammo juda
o‘xshash vaziyatlarda mavjud bo‘lgan hodisalarni qiyoslash
– qiyin vazifa. Odatda, bu yerda muayyan muammolar, qiyin
chiliklar, jumboqlar yuzaga keladi.
Ko‘pincha xuddi o‘sha bir makon, masalan, bir mamla kat
sharoitlarida mavjud bo‘lgan hodisalarni vaqt omilini in kor
etgan holda qiyoslashga harakat qilishadi. Bu noto‘g‘ri. Ma-
salan, bir makonda, ammo har xil zamonda yashab ijod qil
gan shoirlar: Muqimiy bilan Muhammad Yusufning yoshlar
yoki yoshlik haqidagi qarashlariga, albatta, vaqt o‘z hukmini
o‘tkazadi. Boshqacha aytganda, agar qiyoslanuvchi obyektlar
aynan bir muhitda mavjud bo‘lsa ham, o‘z taraqqiyotining
turli davrlarida vaqt masalaning mohiyatiga turlicha ta’sir
ko‘rsatishini hisobga olish lozim. Hatto agar hodisalar mavjud
bo‘lgan sharoitlar (mamlakat, qandaydir bir makon) tubdan
o‘zgarmagan bo‘lsa-da, bu vaqt ichida qiyoslash obyektlari-
ning o‘zi o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Uchinchi vaziyat. Bir zamon, lekin har xil makonda mavjud
bo‘lgan obyektlarni qiyoslash. Masalan, bugungi kunda bir zam
onda, ammo har xil makonda yashab ijod qilayotgan o‘zbekis
tonlik yozuvchi Nosir Zohid bilan amerikalik yozuvchi Viktoriya
Shvabning bir xil nomdagi «Qasos» romani mavjud. Har ikkala
romandagi qasos motivini taqqoslashda, albatta, muhitning
qiyoslash obyektlariga ta’sirini hisobga olish juda muhim. Bu
jarayon tadqiqotchidan alohida e’tiborni talab qiladi. Chunki
qiyosiy tahlil jarayonida sharoit va sabablarning qiyoslanuvchi
obyektlarga ta’sirini hisobga olish kerak bo‘ladi.