O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI
UNIVERSITETI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
QIYOSIY
ADABIYOTSHUNOSLIK
Gulnoz Xalliyeva
Toshkent
«Akademnashr»
2020
3
Qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar keng qamrovli tahlilni
amalga oshirishni taqozo etadi. E’tiboringizga havola qilinayotgan qo‘llanmada
qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tush-
unchalar yoritilgan. Qo‘llanma filologiya yo‘nalishidagi barcha talaba, magistr
va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir:
B.Karimov – filologiya fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
A.Qosimov – filologiya fanlari doktori, professor
U.Jo‘raqulov – filologiya
fanlari doktori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2019-yil 27-dekabrdagi 1186-son buyrug‘i bilan 5120900 – O‘zbek-ingliz
tarjima naza riyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘l-
lanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
ISBN
© Gulnoz Xalliyeva
«Qiyosiy adabiyotshunoslik»
© «Akademnashr», 2020
UO‘K:
KBK:
KIRISH
Fanning maqsad va vazifalari
Qiyosiy adabiyotshunoslik yoki adabiy komparativistika ikki
va undan ortiq adabiy hodisaning qiyoslanishiga asoslangan
fan yo‘nalishidir.
Xalqaro ijtimoiy, madaniy va adabiy aloqalar
kundan kunga rivojlanayotgan zamonamizda qiyosiy adabiyot
shunoslik kelajagi yorug‘ fan yo‘nalishlaridan biridir.
Har qanday qiyosiy tadqiqotda adabiy hodisalarning mush
tarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bu esa adabiyotlararo
umu miy nazariy qonuniyatlarning yuzaga kelishida asos bo‘ lib
xizmat qiladi.
Fanning maqsadi talaba, magistr va barcha tadqiqotchilar
ga komparativistika, qiyosiy adabiyotshunoslik
metodolo giyasi
haqida nazariy ma’lumotlarni yetkazish, badiiy asarlarni qiyosiy
tadqiq qilish usullarini tushuntirish, bu boradagi bilimlarini
takomillashtirishdir.
Shuningdek, «…adabiy hodisalar (tasviriy
vositalar, badiiy asar, yozuvchilarning adabiy merosi,
adabiy
maktablar, janrlar va h.k.)ning tipologik va genetik mohiyatini
aniqlash, tarixiy fenomen yoki konkret-tarixiy shartlanganligini
hisobga olmasdan, adabiy fakt sifatida adabiy hodisaga tegishli
bo‘lgan ichki qonuniyatlarini namoyon qilishdan iborat»
1
.