Adabiyotshunoslik


Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Fan tarixidan ma’lumki, qiyosiy adabiyotshunoslik haqida­
gi dastlabki nazariy qarashlar adabiy jarayonlarning o‘xshash 
va farqli tomonlarini izohlash ehtiyoji tufayli XIX asrning 
boshlarida Yevropada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya­
da shakllangan
1
.
Qiyosiy tadqiqotlar dastlab tilshunoslik yo‘nalishida olib 
borilgan va keyinchalik adabiyotshunoslikka ham o‘z ta’sirini 
o‘tkazgan. «Qiyosiy-tarixiy metod rivojida Frans Bopp, Ras­
mus Rask, Yakob Grimm kabi Yevropa tilshunoslarining alohi­
da hissasi bo‘lib, ular novator tilshunoslar sifatida maydonga 
chiqdilar»
2
.
Ilk nazariy komparativistik qarashlar Germaniyada shakl-
langan. Nemis tarixchisi I.G.Gerder (1744-1803) va buyuk 
adib I.V.Gyote (1749-1832) tadqiqotlari, ayrim asarlari aynan 
qiyosiy yo‘nalishda yaratilgan. I.G.Gerder birinchilardan bo‘lib 
e’tiborini Yevropa xalqlari madaniy hayotidagi umumiy jihat­
larga qaratadi. Uning g‘oyalarini davom ettirgan buyuk adib 
I.V.Gyote esa fanga «jahon adabiyoti» tushunchasini olib kira­
di. O‘zining «G‘arb-u Sharq devoni»da Sharq va G‘arb madani­
yatiga xos mushtarak jihatlarni yoritadi.
Rus sharqshunosligida qiyosiy-tarixiy metod rus tarixchisi 
va nazariyotchisi A.N.Veselovskiy (1838–1906) nomi bilan 
bog‘liq. Olim mazkur atamani birinchi bo‘lib fanda muoma-
laga kiritgan. «Qiyosiy-tarixiy metod umumjahon adabiy jara-
yonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning rivojla-
nish qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har bir 
geografik mintaqa doirasida o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgani 

Batafsil qarang: Академические школы в литературоведении. – М., 1975.

Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.81.


12
13
holda, bir qator umumiy qonuniyatlarga ham egaki, aynan shu 
qonuniyatlardan kelib chiqib, turli xalqlar adabiyotlarini qi­
yosiy aspektda o‘rganish mumkin»
1
Shuning uchun, dastlabki 
tadqiqotlaridayoq A.N.Veselovskiy masalaga tarixiylik prinsipi 
asosida yondashgan. Masalan, nemis olimi G.Flotoning «Ilo-
hiy komediya» haqidagi maqolasiga(1859) taqrizida, yozuv-
chini zamondan ayri holda tasavvur qilish qiyinligi, Dante 
ijodiy merosi faqat Danteniki emas, bunda davrning ham ro­
lini anglash joizligi haqida fikr bildirib, G.Flotoning ayrim qa­
rashlarini tanqid qiladi.
2
Uning nazarida 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin