4
5
Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida talaba, magistr va tad-
qiqotchilar:
– qiyosiy tadqiq metodologiyasi va uning asosiy tushuncha
larini izohlay olishi;
– qiyosiy adabiyotshunoslikka oid asosiy adabiyotlarni va
ular ning qisqacha mazmunini bilishi;
– tarjima,
tarjima turlari, tarjima tanqidi haqida umumiy
tasavvurga, original va tarjimani qiyoslashga oid muayyan bi-
limga ega bo‘lishi;
– qiyoslash orqali adabiy hodisalarning umumiy va xos to
monlarini aniqlash, poetika, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir
ma salalarini tahlil qilish bo‘yicha malakalarni egallashi lozim.
Qiyosiy
adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni qiyosan o‘rganish
metodologiyasi va tamoyillari bo‘yicha Yevropa, Rossiyada juda
ko‘p darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Ular adabiy kom
parativistikaning turli xil masalalariga bag‘ishlangan. Ammo
o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada hanuz darslik yaratilma
gan. Shuningdek, qiyoslash metodining yaxlit nazariyasi, meto-
dologiyasi va metodikasi ishlab chiqilmagan. Qiyoslash usulining
tahlil, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolarga munosabati va
o‘zaro aloqasi borasida muayyan to‘xtamga kelinmagan. Nimani,
qachon, nima bilan, nima uchun qiyoslasa bo‘ladi, kabi savollarga
o‘zbek adabiyotshunosligining zamonaviy nazariyasi bizga to‘liq
va aniq javoblar bermagan.
D.Bahronovaning
ispan tilidagi, A.Qosimov, A.Hamroqulov,
S.Xo‘jayevlar birgalikda tayyorlagan o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llan
malarini bu boradagi dastlabki qadam sifatida baholash mumkin
1
.
Mazkur qo‘llanmalarda sohaning taraqqiyot bosqichlari, asosiy
adabiy aloqa turlari hamda qiyosiy tahlil masalalari yoritilgan.
1
Bakhronova D. Literatura comparada. – Tashkent: Turon, 2019; Qosimov A., Hamroqulov
A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2019.
O‘zbekistonda har yili «Qiyosiy adabiyotshunoslik, cho-
g‘ish tirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (10.00.06) ixtisos
ligi bo‘yicha o‘nlab ilmiy tadqiqotlar qilinayotganiga qaramay,
o‘quv-metodik manba yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoq
da. Natijada qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasini
yaxshi
o‘zlashtirmasdan
turib, ilmiy ishlar yuzaga kelmoqda. Bu esa
komparativistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarning umumiy savi
yasiga ta’sir qilmoqda.
Aynan shu ehtiyoj tufayli mazkur o‘quv qo‘llanma yaratildi va
asosiy e’tibor qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga qa
ratildi. Bundan tashqari, qiyosiy adabiyotshunoslik
mohiyatini
yorqin misollarda ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda amalga
oshirilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ulardan ayrim namunalar ham
berildi. Shuningdek, jahon adabiyotshunosligida tanilgan kom
parativist olimlar va ular yaratgan ilmiy asarlar haqida ham qis
qacha axborot berildi.
Albatta, o‘z fikrlarimizni yoritishda bizdan oldin bu borada
bildirilgan Yevropa, Rossiya, o‘zbek olimlarining nazariy qarash
lariga tayandik. Ayniqsa, N.Konrad, M.Jirmunskiy, A.Dyurishin,
I.Neupokoyeva, A.A.Kokorin kabi olimlarning
fikr mulohazalari
biz uchun metatekst vazifasini bajardi. Shuning uchun bizga
qadar qiyosiy adabiyotshunoslik nazariyasi va metodologiya-
sini shakllantirgan barcha olimlarga o‘z minnatdorchiligimizni
bildiramiz.