Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

 Amerika olimlari V.Fredrik (komparativistlarning 
xalqaro Amerika assotsiatsiyasi prezidenti) va Rene Uellek 
boshlab bergan an’analar davom ettirilib, dunyoning turli joy­
larida komparativistika ilmiy markazlari, maktablari tashkil­
lashtirilmoqda. Moskva komparativistika maktabi, Britaniya 
va Amerika qiyosiy adabiyotshunoslik assotsiatsiyalari 
1
shu­
lar jumlasidandir.
Hozirda qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha dunyoda bir 
qancha ilmiy jurnallar nashr qilinadi. Rossiyada chop etila­
digan «Imagologiya va komparativistika», «Tarixiy poetika», 
Fransiyadagi «Revue de litterature compare» ana shunday 
nufuzli jurnallardan bo‘lib, ularda komparativistikaga oid eng 
yaxshi maqolalar beriladi
2
.
Nazorat savollari:
1. Filologik komparativistika deganda nimani tushunasiz?
2. Lingvistik va adabiy komparativistikaning bir-biridan farqini 
izohlang.
3. Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida qachon shakllangan?
4. Qiyosiy-tarixiy metod asoschilaridan kimlarni bilasiz?
5. A.N.Veselovskiyning nazariy qarashlariga izoh bering?
6. Qiyosiy adabiyotshunoslik fanining bugungi kundagi istiqboli 
haqida qanday fikrdasiz? 

www.bcla.org/index.htm; www.agla.org

http://journals.tsu.ru; www.cairn-int.info/journal-revue-de-litterature-comparee.htm


14
15
2-mavzu:
QIYOSIY TAHLILNING ILMIY-NAZARIY 
ASOSLARI VA PRINSIPLARI 
Reja:
2.1. Qiyosiy tahlil obyektlari.
2.2. Qiyosiy tahlilning vazifalari.
2.3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar. 
2.4. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar.
Tayanch tushunchalar: obyekt, tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy, gno-
seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik vazifalar, qi-
yos lash bosqichlari, muhit, ichki xususiyatlar, tipik vaziyatlar
Qiyosiy tahlil oddiy tahlildan farq qiladi. An’anaviy tahlil 
obyektlardan, ular esa o‘z tashkil etuvchilaridan iborat. Tad­
qiqotchilar uchun shuni bilishning o‘zi kifoya. Qiyosiy tahlil 
esa aytib o‘tilgan harakatlardan tashqari, yana tahlil obyekt-
larining tashkil etuvchilarini ham bir-biri bilan qiyoslashga 
qaratiladi.
Qiyosiy tahlildan maqsad – qiyoslanuvchi obyektlarning 
o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, ular orasidagi umumiy 
qonuniyatlarni yuzaga chiqarishdan iborat.
Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning 
uchun ham qiyoslash metodologiyasi odamlarning hayotiy 
fao liyatida keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda 
qi yoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish ja­
rayoniga tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalari­
da qiyoslash metodologiyasidan foydalaniladi.
Qiyoslash metodologiyasining mazmuni, mohiyati va vazi­
falarini yanada chuqur anglash uchun muayyan ilmiy-amaliy 
asoslar mavjud. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin