Adabiyotshunoslik


Qiyosiy tahlil obyektlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy ob-
yektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisa lar 
guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir bu­
tunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy 
adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi. 
Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay, 
ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyin­
gina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda, 
tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shug‘ullan­
gani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga 
o‘zlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning nati­
jasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili ma’lum darajada ij­
timoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar ta’sirisiz tabiat 
hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bo‘la olmaydi.
Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini 
ijtimoiy ho di-
salar tashkil etadi. Ularning qiyoslash metodi o‘z xususiyat lariga 
ega. Bunda tahlil maydoni kengayadi, qiyosiy tahlil ko‘r sat-
kichlari soni ortadi. Sababi, bu o‘rinda ijtimoiy taraqqiyot qo-
nunlari, ijtimoiy munosabatlarning barcha guruhlari: iqtiso diy, 
siyosiy, ma’naviy-g‘oyaviy, huquqiy, ilmiy-texnik, axborot, har-
biy, ekologiya va boshqa ko‘plab munosabatlar e’tiborga olinadi.
Ma’naviy-g‘oyaviy masalalar qiyosiy tahlil obyektlarining 
uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon ma’naviy-g‘oyaviy 
soha obyektlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bog‘liq.
Demak, badiiy adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va ma’-
naviy-g‘oyaviy hodisalar – qiyosiy tahlil obyektlaridir. Ammo 
bu obyektlar o‘ziga xos bo‘lib, ular o‘zining bir qator xususi­
yatlarini hisobga olishni talab qiladi.


16
17
Qiyosiy tahlilning vazifalari
Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gno­
seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi va­
zifalari mavjud
1
. Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni 
qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan o‘tamiz.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin