Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Nazorat savollari:
1. Metodologiya nima va qanday ilmiy tadqiqot metodlarini bi­
lasiz? 
2. Qiyosiy-tarixiy metod chog‘ishtirish metodidan qanday farq 
qiladi?
3. Qiyoslash natijalarini baholashning qanday mezonlari mav­
jud?
4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari ni­
malardan iborat?
5. Qanday holatlarda adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni no-
xolis natijalar beradi?


30
31
4-mavzu:
TARJIMA – QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK 
OBYEKTI SIFATIDA
Reja:
4.1. Tarjima nazariyasi fan sifatida.
4.2. Tarjimashunoslikka oid muhim tushunchalar.
4.3. Tarjima adabiyotlararo kommunikatsiya vositasi. 
4.4 Tarjima – komparativistika obyekti. 
Tayanch so‘zlar: tarjima, dastlabki tarjimalar, komparativisti-
ka, leksik jihat, adekvatlik, transformatsion model, semantik model, 
situativ model, kommunikativ model, P.M.Topper, badiiy tarjima
tarjimon mahorati.
Tarjima tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning ildizlari 
eramizdan oldingi davrlarga borib taqaladi. Birinchi bo‘lib 
yozma tarjimani qadimgi Rim shoiri, dramaturgi va tarjimo­
ni Liviy Andronik (280–205) qilgan. U Homerning mashhur 
«Odisseya» asarini yunon tilidan lotin tiliga o‘girgan. 
Tarjima nazariyasi haqidagi dastlabki fikrlarni eramizga­
cha bo‘lgan birinchi asrda Tulliy Sitseron(106-43) asarlari­
da yozib qoldirgan. Uning fikricha, «tarjimada shaklni emas, 
mazmunni yetkazish kerak. So‘zma so‘z tarjima tarjimonning 
ojizligidan darak beradi»
1
.
O‘rta asrlardagi tarjimalar diniy asarlarni tarjima qilish eh­
tiyoji tufayli paydo bo‘lgan. Uyg‘onish davrida (XIII asr oxiri, 
XIV asr boshi Yevropada) nafaqat diniy va yana badiiy asarlar 
tarjima qilingan.

http://linguisticus.com/ru
XX asrlarga kelib tarjima nazariyasi fan sifatida to‘liq shakl­
lanadi va bir qancha nazariy asarlar yaratiladi. G‘.Salomovning 
«Tarjima nazariyasi asoslari» ilmiy asari o‘zbek adabiyot­
shunosligida tarjima nazariyasiga oid eng yaxshi asarlardan 
biridir
1
. Ushbu kitobda madaniy ilmiy hamkor lik va tarjima, 
adabiy aloqa va badiiy tarjima, tarjima tarixi saboqlari, badiiy 
tarjimada uslub, milliy koloritni ifodalashning mazmun va 
mundarijasi, milliy moslashtirish prinsiplari (o‘zga xalqning 
ijodiy mahsulini o‘z xalqining xarakteriga mos lashtirish
masalan, Navoiyning ruscha tarjimadagi she’rlari rus xalqining 
mulkiga aylanishi) she’riy tarjimada vazn transformatsiyasi 
kabi masalalar yoritilgan.
B. Ilyasovning ilmiy asarlari she’riy tarjima asoslari, tarji­
mon mahoratiga bag‘ishlanadi
2
.
Zamonaviy tarjima nazariyasiga oid ilmiy asarlarda ko‘proq 
tarjima usullari, tarjima tanqidi, tarjimaning madaniyatlararo 
muloqot va qiyosiy adabiyotshunoslikning obyekti sifatidagi 
o‘rniga ahamiyat qaratilgan
3
.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin