Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Qiyoslash natijalarini 
baholashning mezonlari
Qiyoslash natijalarini baholash yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
qiyosiy tahlil vazifalarining qay darajada bajarilganiga ko‘p 
jihatdan bog‘liqdir.
 Ilmiy adabiyotlarda qiyoslash natijalarini 
xolisona baholashning tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, meto-
dologik, ma’naviy-g‘oyaviy va boshqa mezonlari mavjud. Ular-
ni aniqroq tasavvur qilish uchun, ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Tarixiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining tarix fakt-
lariga qanchalik mos kelishini baholashdir.
Gnoseologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarini ular-
ning bilish nazariyasi qonunlari va tamoyillariga mos kelishi 
nuqtayi nazaridan baho berishdir.

Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Б.263.


28
29
Mantiqiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining mantiq 
qonunlari talablariga mos kelishini baholashdir.
Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining qaysi 
metodlarga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi nuqtayi na zaridan 
baholashdir.
Ma’naviy-g‘oyaviy mezon – bu qiyosiy tahlil natijalari-
ning jamiyat ma’naviyati, g‘oyaviy maqsadlariga qay darajada 
mos kelishini e’tiborga olib, baho berishdir.
Xullas, yuqoridagi mezonlar qiyosiy tahlil natijalarini ba­
holash, komparativistik tadqiqotning ilmiy-nazariy jihatlarini 
aniqlash imkonini beradi.
Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini 
ta’minlash shartlari
Qiyosiy tahlilda haqqoniy, xolis natijaga erishish uchun 
qu yidagilarga diqqatni qaratish lozim:
Birinchidan, qiyosiy tahlilni yakuniga yetkazmoqchi bo‘l-
gan tadqiqotchi qiyosiy adabiyotshunoslikning 
nazariy, me-
todologik va metodik asoslarini bilishi kerak. Bu borada 
ular bilishning nazariy va empirik vositalari imkoniyatlaridan 
unumli foydalana olishi lozim. 
Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bo‘lgan, 
mavjud yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitning xu-
susiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, ilmiy 
izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo‘l-
gan barcha holatlarni tahlilga tortishi kerak.
Uchinchidan, qiyoslash faqat statistik ma’lumot yig‘ish 
va ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Qiyoslash 
obyektlari to‘xtovsiz o‘zgaradi, tadqiqotchilar ana shuni 
hisobga olishi kerak. O‘rganilayotgan obyektlarning statistik 
manzarasi ularning dinamik xususiyatlari bilan to‘ldirilishi, 
tadrijiy takomili ko‘rsatilishi kerak. Aks holda qiyosiy haqiqat 
to‘laqonli, xolis bo‘la olmaydi. Demak, olib borilgan statistika, 
dinamika bilan birga tahlil va talqin qilinishi lozim.
To‘rtinchidan, tahlilda subyektivizmga yo‘l qo‘ymaslik. 
Soxta qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mum­
kin, lekin fan rivojiga xizmat qilmaydi. Ba’zi tadqiqotchilar-
ning bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmaydigan filologik jihat­
larni qiyoslashi, ana shunday soxta qiyoslashga olib keladi. 
Natijada, qiyosiy tahlil mazmuni va natijalari buzib ko‘rsa­
tiladi, odamlarning ijtimoiy ongida noto‘g‘ri tushuncha pay­
do bo‘ladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» 
asaridagi Otabekning ishqiy sarguzashtlarini, Jorj Bayron­
ning Don-Juan obrazi ishqiy sarguzashtlari bilan qiyoslash 
kutilgan natijani bermaydi. 
Demak, qiyosiy tahlilning asosiy qoidalari, talablari bajaril­
masa, adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar 
beradi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin